Evoloyutsion paleontologiya. V.O.Kovalevskiy (1842-1883) paleontologiya fanning asoschisi hisoblanadi. U paleontologiyaga solishtirma anatomiya va tarixiy metodlarni birinchi bo‘lib qo‘lladi. U o‘zining 1872 yilda yozilgan “Anxiteriya va otlarning paleontologik tarixi to‘g‘risida” asarida bu metodlarni qo‘lladi.
Kovalevskiy tuyoqlilarning evolyutsion taraqqiyoti ham muhit bilan bog‘liqligini isbotladi. Muhitning turli xil o‘zgarishlar natijasida tuyoqlilar organizmida muhim o‘zgarishlar bo‘lgan. Yangi sharoitda ularning gavdasi kattalashgan, oyoqg‘idagi yon barmoqlari reduksiyalangan, tishlari jag‘lari va kalla suyaklari o‘zgargan. Ular cho‘l sharoitida tez chopishga, qattiq o‘tlarni chaynashga yordam bergan. Tuyoqli hayvonlarning barmoqlarini o‘zgarishi ikki yo‘nalishda borgan:
1. Toq tuyoqlilarda 3-chi barmoq reduksiyalangan.
2. Juft tuyoqlilarda 3-chi va 4-chi barmoq, reduksiyalangan.
Birinchi yo‘nalishda barmoqlar o‘zgarishi kaft usti suyagining o‘zgarishiga monand tushadi. Ikkinchi yo‘nalishda barmoq suyaklari o‘zgarsa ham kaft usti suyaklarining soni va satxi o‘zgarmagan.
Birinchi o‘zgarishni Kovalevskiy adaptiv o‘zgaruvchanlik, ikkinchisi esa inadaptiv o‘zgaruvchanlik deb atagan. Keyinchalik bu o‘zgaruvchanliklar Kovalevskiy qonuni deb ataladigan bo‘ldi. Kovalevskiy qazilma turlar bilan hozirgi turlar o‘rtasida oraliq formalar borligini isbotladi. Buni otlar misolida isbotlab berdi. Kovalevskiy tuyoqli hayvonlar paleontologiyasini o‘zganish tufayli ularning monofilegik kelib chiqqanligini, yangi formalar, belgilar ajrashish (diverensiya) asosida bir qancha tarmoqlarga bo‘linib ketishini, foydali belgilarni to‘planib borishi asosida yangi turlar kelib chiqishini isbotlab berdi.
Evolyutsion embriologiya.Evolyutsion nazariya tufayli XIX-asrning 60-yillarida embriologiyani A.O. Kovalevskiy va I.I.Mechnikovlar evolyutsion solishtirma embriologiya darajasiga ko‘tardilar. Kovalevskiy lensetnikning embriologik taraqqiyotini o‘rgandi. Ungacha lansentnikni Pallas mollyuskalarga, boshqa olimlar esa umurtqali hayvonlarga kiritar edi. 1865 yilda Kovalevskiy “Lansetnikning rivojlanish tarixi” nomli asarida uning ichaklarining taraqqiyoti umurtqasiz hayvonlarga, nerv sistemasining taraqqiyoti esa umurtqali hayvonlarga o‘xshashligini, voyaga yetganda segmentlar bo‘lishini, ayruv organlari, rangsiz qoni umurtqasizlarga, xorda, nerv, qon tomirlari, nafas olishi umurtqalilarga o‘xshashligini isbotladi. Demak, lansetnik umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning oraliq formasi ekanligi isbotlandi. Shundan keyin hayvonlar sistemasi qayta ko‘rib chiqishilishi talab etildi.
Gekkel’ Kovalevskiy ma’lumotlariga asoslanib xordalilar tipini alohida tip sifatida ajratdi. Bu tipning bosh suyaksizlar kenja tipiga lansetnikni kiritdi. U lansetnik bilan boshqa hayvonlarni aloqalarini isbotladi.
Assidiyani xorda, jabra, nerv sistemasi, o‘zi lansetnikka o‘xshashini ta’kidladi. Ammo regressiv o‘zgarishlar assidiyaning voyaga yetganda o‘troq hayot kechirishiga olib kelgan Assidiyaning lichinkalikdagi progressiv tuzilishi, voyaga yetganda esa soddalashadi.
Kovalevskiy ko‘pchilik hayvonlarni embrion taraqqiyotini o‘rganib, ular embrion taraqqiyotida umumiy o‘xshashliklar borligini isbotlaydi. X.Pander Berning embrion varaqalari to‘g‘risidagi nazariyasini Yangi mazmun bilan boyitdi. Mechnikov bulutlar va kovakichlilarni embrion taraqqiyotini o‘rganib “ko‘p hujayrali hayvonlarni kelib chiqishi to‘g‘risida ” “parenximulla” nazariyasini yaratdi. Turbellyariyalarni o‘rganib birnchi marta hujayra ichida ozuqa hazm bo‘lishini isbotladi. Fagotsitoz va lichinkalik davridagi prokressiv tuzilishi voyaga yetganda soddalashadi.
Fagotsitoz va pinotsitoz nazariyalarini yaratdi. Fagotsitoz mezodermali hayvonlarda ximoya funksiyasini bajarilishini isbotladi. Sodda hayvonlar misolida solishtirma va tarixiy metodlar yordamida oziq moddalarni hujayra ichida hazm bo‘lishini isbotladi. Sodda hayvonlarda fagotsitoz oziqlanish funksiyasini bajarsa, murakkab tuzilgan hayvonlarda (odamda) ximoya vazifasini bajaradi. Shunday qilib, Kovalevskiy va Mechnikov embriologik dalillar asosida hayvonot olamining o‘zaro qon-qarindoshligini isbotladilar va solishtirma evolyutsion embriologiyaga asos soldilar. Evolyutsion embriologiyaning rivojlanishida erishilgan yutuqlar asosida F.Myuller va E.Gekkel “Biogenetik qonunni” yaratdilar.
Bu qonun hayvonot olamining gruppalari (tip, sinf) o‘rtasidagi filogenetik aloqani aniqlash metodi sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘lib qoldi. Ammo keyinchalik bu qonun doirasiga sig‘maydigan embriologik dalillar paydo bo‘la boshladi. Shuning uchun ham embriologiyada tarixiy metodni qaytadan ko‘rib chiqish talab etilar edi. Bu ishni A.N.Seversov va uning shogirdlari amalga oshirishdi. U biologiyada evolyutsion – morfologik yo‘nalishini rivojlantirdi va filembriogenez nazariyasini yaratdi.
XIX asrning ikkinchi yarmida tirik organizmlarning filogenetik shajara daraxtini tuzish ustida intensiv ishlar olib borildi. Bunda E.Gekkelning “Uch tomonlama parallelizm” metodidan keng foydalanildi. Bu metod filogenetik muammoni yechishda tirik organizmga oid uch ma’lumotni xisobga olishga asoslangan:
1. Embriologik
2. Solishtirma anatomiya
3. Solishtirma paleontologiya
Ana shu dalillar hisobga olinib hayvon va o‘simliklarni o‘zaro qon-qarindoshligi aniqlandi.