Evolyutsiya nazariyasi


J. Kyuvyening solishtirma anatomiya va paleontologiya sohasidagi ishlari



Download 10,57 Mb.
bet26/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

J. Kyuvyening solishtirma anatomiya va paleontologiya sohasidagi ishlari
1789 yilda Fransiyada burjua revolyutsiyasi g‘alaba qo‘zonganidan keyin XVIII-asrda vujudga kelgan materialistik g‘oyalarga qarshi kurash boshlanadi. XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida kreatsionizm va teleologiya oqimining yirik namoyondasi Jorj Kyuvye (1769-1832) biologiya fanida katta mavqega ega edi. Uning xizmatlari:
1. Zoologiya, solishtirma anatomiya, paleontologiya sohasida katta ishlar qildi.
2. Bu fanlar yutuqlariga metafizik va idealistik sayqal bergan olimdir.
Kyuvye morfologiya fani organizmlarni faqat tuzilishini emas, balki uning qonuniyatlarini ham o‘rganishini aytdi. Anatomiyada solishtirma usulni qo‘llab solishtirma anatomiyani shakllanishini nihoyasiga yetkazdi. Shu metod asosida korrelyatsiya prinsiplarini, ya’ni har bir tirik mavjudot bir butun sistema bo‘lib, ularning tuzilishi va funksiyasi bir-biriga mosdir. Agar hayvon go‘shtni hazm qila olsa, uning jag‘i maydalaydigan, tirnoqlari ushlab turadigan va h.k. bo‘lish kerak, deydi. Organik korrelyatsiyasi evolyutsion protsess natijasi deb qaralganda, u to‘g‘ri bo‘lardi. Biroq Kyuvye korrelyatsiya prinsipini isbotlashda diniy oqimlarga asoslanadi. Ammo u olg‘a surgan korrelyatsiya prinsipi katta ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir.
Kyuvye qirilib ketgan hayvonlarni suyaklarini tiklashda ham korrelyatsiya prinsipini asos qilib oldi va dinazavr, ixtioxavr hamda boshqa hayvonlarning skeletini tikladi. Ana shularga asoslanib yerda hayot paydo bo‘lishining asosiy bosqichlarini aytib bergan. Bu dalillar turlarning o‘zgaruvchanligi, organik olamning taraqqiyotini isbotlaydi. Ammo Kyuvye bu dallilarni teleologiya bilan isbotlashga urindi. U “Yer yuzidagi keskin o‘zgarishlar to‘g‘risida” degan asarida halokatlar prinsipini asoslaydi, suv toshqinlari tufaydi yer yuzidagi hayvonlar qirilib ketishi, uni o‘rnini boshqa yerdan kelgan hayvonlar egallaydi, deb uqtirdi. Ammo u yangi turlar paydo bo‘lishini tushunmaydi. Uning shogirdlari Lui Agasens (Shvetsariyalik tabiatshunos) va fransuz geologi A.D.Orbinye halokatlar nazariyasini mantiqiy rivojlantirdilar. D.Orbinye yer yuzida 27 marta halokat yuz berganini 1-chi halokat silur, ikkinchisi devon davrida yuz bergan. Halokatlar davrida butun organik dunyo qirilib ketadi, yangisi yangidan hosil bo‘ladi, deb turlarni o‘zgarishini tan olmaydi.
Kyuvye “yashash sharoiti” prinsipini ham ilgari surdi. Organizm bilan muhit o‘rtasidagi bog‘lanishni Xudoga bog‘laydi.
Fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo o‘zining “Xo‘rlanganlar” romanida “Kyuvye bir ko‘zi bilan “borliq” kitobiga, ikkinchisi bilan esa tabiatga qarab, reaksion riyokorlarning ko‘nglini olishga intildi va qazilmalarni tavrot aqidalari bilan kelishtirishga urinib, Musoni maqtashga majbur qilmoqchi bo‘ldi” deb yozadi. Shunday qilib, Kyuvyeningfan sohasidagi yutuqlari evolyutsion g‘oya uchun katta ahamiyatga ega. Lekin u o‘zi to‘plagan juda boy materiallardan to‘g‘ri xulosa chiqara olmadi, kreatsionizmni himoya qildi, turlar o‘zgarishini, tranformizm va evolyutsionizmni tan olmadi.



Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish