5-sinf test
1. 1492-yil kim Hindistonga ekspeditsiya qilgan?
A) N.Xisrav B) Kolumb C) Magellan D) Beruniy
2.Safarnoma asari kimniki?
A) Kolumb B) Magellan C) Beruniy D) Xisrav
3. 1519-1522-yillarda kim ekspeditsiya qilgan?
A) Beruniy B) Kolumb C) Magellan D)Xisrav
4.Antarktidada nechanchi yil sayohat bo`lgan?
A)1890 yil B)1767 yil C)1885 yil D)1820yil
5.1498-yil kimlar Afrikani aylanib Hindistonga bordi?
A) Portugallar B) Ruslar C) Inglizlar D)Ispanlar
6.Nosir Xisrav yetti yil davom qilgan sayohatida qancha yo`l bosgan?
A)17000 km B)15000 km C)16000 km G)20000 km
7.Antarktidani kimlar kashf qilgan?
A) Ruslar B) Portugallar C)Inglizlar D)Ispanlar
8.O’rta Osiyolik Nosir Xisrav ………… sayohat qilib, ko’plab geografik ma’lumotlar to’plagan.
A) 4 B) 6 C) 5 D) 7
9.Yer yuzida qutblardan barobar uzoqlikda o`tkazilgan aylana chiziq … deyiladi.
A)Yerning qutblari B)Meridianlar C)parallel D)ekvator
10.Ekvator yerni ikkita yarim sharga …. va … ajratadi.
A)Shimoliy ,sharqiy B)shimoliy, g’arbiy C)shimoliy, janubiy
D) janubiy, sharqiy
11.Yer Quyosh atrofini qancha vaqtda bir marta to’liq aylanib chiqadi?
A) 365 sutka 6 soat B) 4 yilda C) 366 kunda D)1 yilda
12.Quyoshning qishki turish kuni qachon kuzatilgan?
A) 22- dekabr B) 23-sentabr C) 22-iyun D) 21- mart
13.Joydagi masofaning chizmada ,plan va xaritada tasvirlanganda necha marta kichraytirilganini ko’rsatuvchi kasr son?
A) Masshtab B)Azimut C)Sonli masshtab D)Oriyentirlash
14. 1:10000 masshtabli xaritaning, 2smda qancha masofa bor?
A) 20sm B)10sm C)20km D)10km
15. Sonli masshtab bu……………………
A). 1sm da 100m B)To’g’ri chiziq shaklda C)1:10000 deb yozilsa D) Egri chiziq shaklda
16. Agar maktabga 315 azimut bilan borilgan bo’lsa, ortga qanday azimut bilan qaytish lozim?
A)135 B)270 C)225 D)45
17.Sizdan ufqgacha bo’lgan doira shaklidagi tekis yer…………………………deyiladi?
A) Ufq tekisligi B) Ufq C) Azimut D) Masshtab
18.Joydagi ikki yo’nalish orasidagi hosil bo’lgan burchak nima deb ataladi?
A)Azimut B)Metr C)Ruletka D)Masshtab
19. Toshkentdan Termizga bormoqchi bo’lgan yo’lovchilar qaysi tomonga yurish kerak?
A) Shimolga B) Janubga C) G’arbga D) SHarq
20.Quyidagi masshtablar qaysi biri yirikroq: 1:75000000,1:30000000va1:200000 ?
21.Vashington bilan London shaharlar orasidagi masofa 6750 km, geografik xaritada esa, 4,5sm bo’lsa xarita masshtabini toping.
22. 45 km li masofani 1:10000000 mashtabda da ftaringizga to’g’ri chiziq ko’rinishida tushiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |