4 Bir hujayralilarning zamonaviy tasnifi. T.I.: Ruppert sistemasi, Xikmann sistemasi, V.Vestxayde va R.Riger sistemasi. Ko’pchilik bir hujayralilar suv havzasining planktoni va bentosi ko’rinishida hayot kechiradi. Nihoyat bir hujayralilarning 7 mingga yaqin turlari parazitlik bilan hayot kechirishga moslashgan bo’lib, xilma-xil umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda, shuningdek odamlarda xavfli kasalliklarni kelib chiqishiga sababchi bo’ladilar. Bir hujayralilar Ye.Ye.Ruppert va bosh. (2004) sistemasi bo’yicha quyidagi tiplardan iborat:
S.P.Xikman va bosh. (C.P.Hickman, L.S.Roberts, S.L.Keen, A.Larson, H.Ianson, D.J. Eisenhour. Integrated priciples of Zoology, 2008) tasnifiga ko’ra sodda hayvonlar quyidagi klassifikasiyaga ega:
Sodda hayvonlar- Protozoa Tip 1: Chlorophyta –Yashil suvo’tlar Tip 2: Retortamonada -Retortamonadlar Sinf: Retortotamonadea
Sinf: Diplomonadea
Tip 3: Axostylata - Aksostillilar Sinf: Oxymonadea
Sinf: Parabasalea
Tip 4: Euglenozoa -Evglenasimonlar Keja tip: Euglenida
Sinf: Euglenoidea
Keja tip: Kinetoplasta
Sinf: Trypanosomatidae
Tip 5: Apicomplexa (Sporozoa) –Sporalilar Sinf: Gregarinea
Sinf: Coccidia
Tip 6: Ciliophora- Infuzoriyalar Tip 7: Dioflagellata Nemis olimlari V.Vestxayde va R.Riger (Zoologiya bespozvonochnыx. Pod. red. V.Vestxayde R.Riger. Perevod s nemesskogo,2008 g.) sistemasi bo’yicha bir hujayrali hayvonlarning tasnifi quyidagicha ko’rinishga ega:
5 Taksonlarning asosiy turlari. Monotipik, politipik, monofiletik, polifiletik, parafiletikMa’lum bir darajadagi takson boshqa pastroq darajadagi bitta yoki bir necha taksonni o’ziga birlashtirishi mumkin. Agar taksonga o’zidan bir darajaga pastdagi taksonlardan faqat bittasi mansub bo’lsa, bunday takson monotipik takson deyiladi. Agar taksonga o’zidan bir darajaga pastdagi taksonlardan bir nechtasi (ikkita va undan ortiq) mansub bo’lsa bunday takson politipik takson deyiladi.
Masalan: Syrphidae oilasidagi Ischyroptera(Pokorny, 1887) avlodiga bitta Ischyroptera bipilosa Pokorny, 1887 turi mansub bo’lib, bu avlod monotipik takson hisoblanadi. Xuddi shu oilaning Eumerus (Meigen 1822) avlodiga 300 ga yaqin tur kirganligi tufayli bu avlod politipik takson hisoblanadi. Monofiletik guruhlar yaqindagi ajdod va uning barcha avlodlarini o’z ichiga oladi. Boshqacha aytganda bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan barcha guruhlarni o’z ichiga olgan guruhga monofiletik guruh deyiladi. Monofiletik guruh sinapomorfiyalar orqali ajratib olinadi.
Parafiletik guruh ajdodni va avlodlarning bir qismini o’z ichiga oladi va pleziomorfiyalar orqali ajratib olinadi.
Polifiletik guruhlar umumiy ajdoddan kelib chiqqan avlodlardan bir qismini o’z ichiga oladi, biroq shu umumiy ajdodni o’z tarkibiga kiritmaydi. Polifiletik guruhlar shakllanishiga gomoplaziyalarni gomologiya sifatida qabul qilish sabab bo’ladi.
Bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan va uning yagona avlodlari hisoblangan opa-uka taksonlar monofiletik taksonlar deb ataladi.