Variant 8
1 Filogenetik daraxt tushunchasi. T.I.: hayot daraxti, filogenetik sistematika, filogenetik daraxt tuzish qoidalari. Javobi
Organizmlarning qarindoshligini aniqlash bo’yicha tadqiqotlar natijasida ko’plab filogenetik daraxtlar taklif etildi. Shulardan biri Ernst Gekkelning filogenetik daraxtidir . Guruhlarning evolyusion tarixi filogeniya, uning sxematik ifodasi esa-filogenetik daraxt yoki kladogramma deb ataladi. Albatta, filogenetik daraxt ilmiy faraz (gipoteza) hisoblanadi, va har doim tekshiriladi va o’zgartiriladi. Lekin, filogenetik daraxt evolyusiyaning umumiy sxemasini aks ettiradi Turlar yoki turlar guruhlari orasidagi munosabatlarni aniqlashda kladistik usullarning qo’llanilishi dixotomik shoxlangan iyerarxik sxema (chizma) - filogenetik daraxt tuzish imkonini beradi. Bu chizmaning iyerarxik tavsifi turlarni yirikroq birliklarga, ularni esa yanada kattaroq birliklarga birlashtirilishini anglatadi. . Iyerarxik chizma oddiy jadvalni eslatadigan filogenetik sistema shaklida ham ifodalanishi mumkin:
Arthropoda
Chelicereta
Mandibulata
Cruatacea
Tracheata
Filogenetik daraxtni to’g’ri tuzish katta informasiya beradi. 1-rasmda turlar yoki yuqori taksonlarning o’zaro munosabati chiziqlar orqali ko’rsatilgan, har bir juft opa-uka taksonlar uchun sinapomorfiylar ko’rsatilgan. Bundan tashqari, «asos» turning autapomorfiylari gipotetik ajdod forma qiyofasini tasavvur qilish imkonini beradi va keyinchalik uni qazilma qoldiqlar (agar bunday topilmalar mavjud bo’lsa) bilan taqqoslash mumkin. Filogenetik daraxtlar ildizsiz (bular to’rsimon yoki dendrit daraxtlar deyiladi) va ildizli (bular odatda kladogrammalar deyiladi) bo’lishi mumkin. Ildizsiz filogenetik daraxtlar taksonlar o’rtasidagi aloqalarning xarakterini ko’rsatadi lekin, belgilar transformatsiyasining yo’nalishlarini ko’rsatib bera olmaydi. Ildizli filogenetik daraxt tuzish uchun ildizlatish (ing. rooting) deb atalgan jarayon amalga oshiriladi. Ildizlatish bevosita va bilvosita bo’lishi mumkin. Bilvosita ildizlatish tahlilga o’rganilayotgan guruhga (ingruppaga) kirmasligi aniq bo’lgan takson – autgruppani qo’shish bilan amalga oshiriladi. Bunda autgruppa ingruppadagi alohida organizmlarda uchraydigan apomorfiyalarga ega bo’lmagani maqul.
2 Halqali chuvalchanglar tasnifi va filogeniyasi. T.I.: Haqali chuvalchanglarning xilma-xilligi, asosiy taksonlari, Polychaeta va Clitellata larning asosiy belgilari, asosiy taksonlarning filogenetik munosabatlari. Halqali chuvalchanglarning 12000 atrofida turlari mavjud bo’lib, asosan 3 ta taksonga Polychaeta, Oligochaeta va Hirudinomorpha (Hirudinae) taksonlariga mansub. Bu taksonlar Linney sistemasi bo’yicha sinf hisoblanadi. Polychaeta lar xilma-xilligi yuqoriroq guruh bo’lib, 8000 atrofidagi turlarni birlashtiradi va asosan, dengizlarda tarqalgan. Oligochaeta (kam tuklilar, 3500 tur) va Hirudinomorpha (zuluklar, 500 tur) guruhlari chuchuk suvlarda va quruqlikda tarqalgan, ba’zi turlari dengizlarda ham uchraydi.
Hozirgi zamon filogenetik tahlillari natijalari asosida xalqali chuvalchanglarning sistemasida bir oz o’zgartirishlar kiritilmoqda. Xalqali chuvalchanglar an’anaviy sisitemaga ko’ra 3 ta sinfga -Polychaeta, Oligochaeta va Hirudinomorpha (Hirudinae) ajratiladi. Hozirgi vaqtda Annelida taksoni ikkita teng toifadagi monofiletik opa-uka taksonga: Polychaeta va Clitellata (belbog’lilar) ga ajratiladi. Polychaeta lar parapodiylarga va hidlov organlariga ega, Clitellata vakillarida esa bu organlar yo’q, lekin germofrotidlik va sariqlikning ko’pligi bilan bog’liq yuqori ixtisoslashgan reproduktiv tuzilmalarga (belbog’ va pilla) ega. Clitellata ichidagi Hirudinomorpha taksoni monofiletik takson hisoblanadi, Oligochaeta esa, ba’zi zoologlarning (P.Aksa) fikricha, parafiletik takson deb qaralmoqda, chunki bu taksonga ham xalqali chuvalchanglarning primitiv umumiy xossalarini saqlagan formalar, ham belbog’lilarga xos belgilarni saqlagan formalar kiritilgan. Ayrim sistematiklar (Brinkxerst R.O.) fikricha, faqat kam tuklilarga xos bo’lgan halqumning devoridagi muskulli o’simtalar bu guruhning autopomorfiysi hisoblanadi. Shu sababli bu guruhni monofiletik takson deb qarash kerak. E.E.Ruppert ushbu fikrni tasdiqlaydi va Oligochaeta larni monofiletik takson hisoblab, uni Hirudinomorpha ga opa-uka takson deb qaraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |