5 Filogenetik sistematikaning asosiy tushunchalari. T.I.: klada, kladogramma, bog’lamalar, opa-singil taksonlar. Kladistikaning asosiy maqsadi- turlar o’rtasidagi qarindoshlik aloqalarini to’la aniqlash va olingan natijalarni filogenetik daraxt yoki kladogramma ko’rinishida tasvirlashdan iborat.
Amalda, ikkita ma’lum sistematik guruhlar yoki taksonlar o’rtasidagi qarindoshlik aloqalari faqat shu taksonlarga xos bo’lgan belgilarni aniqlash orqali amalga oshiriladi. Bunday belgi, ya’ni faqat shu ikki aniq guruhga xos bo’lgan belgi yoki xususiyat sinapomorfiy (umumiy irsiy belgi) deb ataladi. Bitta yoki bir nechta sinapomorfiylarga ega taksonlar esa opa-uka taksonlar deyiladi. Sinapamorfiylar faqat opa-uka taksonlarga tegishli va boshqa taksonlarda uchramaganligi uchun, bu xususiyat ularga umumiy ajdoddan o’tganligini ko’rsatadi. Shunday qilib, sinapomorfiy, shu taksonlarning ajdodida evolyusion yangilik sifatida paydo bo’lgan. Ajdodlardagi bunday evolyusion yangi xususiyat autamorfiy (xususiy, o’ziga xos belgi) deb ataladi. Bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan va uning yagona avlodlari hisoblangan opa-uka taksonlar monofiletik taksonlar deb ataladi. Kladistikaning pirovard maqsadi faqat monofiletik taksonlardan tuzilgan to’liq filogenetik daraxtni tuzishdir.
Variant 9 1 Sistematikada gerbalistika davri. T.I.: Otto Brunfels, Ieronim Bok, Pyer Belon, Konrad Gessner, Sharl de L’Eklyuz. Yevropadagi uyg’onish davri sistematikada izlanishlarning kollektor dasturiga qaytish davri bo’ldi. Kollektorlarning asosiy qismi esa tabiblar bo’lib, ular dorivor o’simliklarni yig’ish, ularga ta’rif berish bilan mashg’ul bo’ldilar. Bu olimlarni gerbalistlar, davrni esa gerbalistika deb atashadi. Gerbalistlarga anik davrdagi Feofrast va Pliniyning ta’siri yuqori bo’lgan. Sxolastlardan farqli ravishda gerbalistlar g’oyalarni emas faktlarni o’rgana boshladilar. Antik davrdan keyin birinchi bo’lib gerbalistlar yangi o’simlik turlarini ta’riflay va nomlay boshlaydilar. Ta’riflashda Feofrast ananalariga asoslansalarda, o’zlariga ma’lum bo’lgan barcha jihatlarni yoritadilar. Gerbalistlardan biri Otto Brunfelsning “O’tlarning jonli rasmlari” kitobida barcha o’simliklar mukammal(gulli) va oddiy(gulsiz) turlarga bo’linadi. Asta sekin g’erbalizmda utilitar tizimdan (inson uchun ahamiyatiga ko’ra) tabiiy tizimga o’tish kuzatildi. Ieronim Bok birinchi bo’lib o’simliklarni ahamiyatiga ko’ra emas o’xshashligiga ko’ra tartibladi. U “tabiat shakliy o’xshashligiga ko’ra birlashtirgan o’simliklarni kitobimda men ham birlashtiridim” deydi. Gerbalistika davrida oz bo’lsada, zoologik ishlarni ham kuzatish mumkin. masalan: Pyer Belon (1518-1564 yy)ning asarlaridan birida odam va qush skleti solishtirilib, ularda umumiy tuzilish plani borligi qayd etilgan. U umumiy planning turli ko’rinishlari muhitga bog’liq holda yuzaga kelishi haqida fikrlaydi va ekologik muhitlarga ko’ra hayvonlarni guruhlaydi. Masalan: ko’rshapalaklarni qushlarga, suvda uchraydigan yirik umurtqasizlar, vidra, timsohlarni esa baliqlarga oid deb qaraydi.
Konrad Gessnerning ishlarini alohida aytib o’tish lozim. U hayvonlar haqida 5 tomli (sutemizuvchilar, reptiliyalar, qushlar, baliqlar, ilonlar va hasharotlar) “Hayvonlar tarixi” kitobi yozadi. Bu kitoblarda o’sha vaqtda ma’lum bo’lgan hayvonlarning ko’pchiligi ta’riflanib ba’zilarining suratlari keltirilgan. Uning botanik sistemasi anchagina mukammal bo’lgan. K.Gessner birinchi bo’lib, o’simliklarni gul, meva va urug’ tuzilishiga ko’ra guruhlarga ajratadi. U turni tariflash ketma-ketligini (nom, belgilar, hayot tarzi, inson uchun ahamiyati va mifologiya), alohida qismlarni chizishni va boshqa mualliflarga iqtibos berishni boshlab berdi.
Gerbalistlardan Sharl de L’Eklyuz (1526-1609 yy) botanik klassifikatsiyaga sinf kategoriyasini kiritadi. Aynan shu olim lola va kartoshka kabi o’simliklarni mahalliylashtirgan.
Gerbalistika davrida sistematikada qator o’zgarishlar kuzatildi. Aynan shu davrda hayvonlarni klassifikatsiyalashda porfiriy daraxti chizmasidan foydalanish boshlandi. Bunday chizmalar Gessner, B.Marant, T.Moffet ishlarida uchraydi. O’simlik va hayvonlarga ta’rif berish qayta boshlandi. Uning ma’lum qoidalari shakllandi. Ilmiy bibliografiya ananalari yuzaga keldi. Qisqa qilib aytganda gerbalistika davri ilmiy sistematikaga o’tish davri bo’ldi.