Aim.uz
O`rta Osiyo Shaharlardagi Darvozalar haqida
O`zbekk xalqi azaldan ko`ngli ochiq ,mehmondo`st va insonparvar xalq . Buni biz xalqimiz yashagan qadimgi shaharlarda ham ko`rishimiz mumkin . Qadimgi shaharsozlik ananalariga etibor bersak har bir shaharda 10-12 tadan darvoza qurilgan. Albatta buning o`ziga yarasha ham ijobiy ham salbiy jihatlari bor .Buni biz quyidagi 5 ta shahar misolida ko`ramiz.
Qadimgi shaharlarning darvozalari xususida so`zni avvalo poytaxtimiz Toshkent shahridan boshlasak .X asrda yashagan Ibn Havqalning yozishicha “Binkat (Toshkent) o`ssha davrda 3 qisimga bo`lingan :ark ,shahriston va tashqi rabotdan iborat bo`lgan .Ularning har birining alohida mudofaa devoir va darvozasi bo`lgan.Jumladan arkning 2 t darozasibo`lgan.
Shahristonning Abbos (Abul Abbos) Kesh (Qasr) Xo`jand (Gumbaz) deb atalgan 3 darvozasi bo`lgan.
Ichki rabotning esa Roboti Hamdeyin (Xumdon), Ohanin (Temir qoplangan), Mir (Amir), Farkon (Anhorbo`yi),Surkada , Karmanj, Quyi Saxl , Roshidiak, Quyi Xoqon, Ko`shki Dehqon deb nomlangan 10ta drvozasibo`lgan.
Tashqi rabotning Fag`kat (Parkat), Xaskat (Xushkat), Sandijak (Sangdizak), Ohanin, Bakrdizak, Sakrak, Sag`ribod (Bofardiya) deb nomlangan 7tadarvozasi” bo`lganligini qayd etgan.
Shahar hududining o`zgarishi ,yagona mudofaa devorining paydo bo`lshi bilan darvozalarning nomi va o`rni o`zgarib brogan.
XV asr oxiri XVIasr boshlarida yashagan tarixchi olim Muhammad Solihning yozishicha “XIVasr oxirida Toshkentning 12 darvozasi bo`lgan. Ular : Qiyot, Turk, O`zbek, Taxtapul , Qorasaroy, Chig`atoy, Suboniyon (Sag`bon), Ko`kcha, Kamondaron, Qang`li, Beshyog`ch, Qatag`on kabilar”.Ularni qo`riqlash harbir qabila sardoriga topshirilgan. Shu tufayli darvozalar qabila nomlari bilan nomlangan. Abdullaxon II 1580-yil Toshkent egallanoyatganda 6 tomondan hujum qilishni buyirgan. “Abdullanomada” qayd etilishicha “Frkat ,Shibli ,Ko`kcha, Turkiston kabi yangi qurilgan shuningdek Samarqand ,Registon darvozalaridan hujim qilingan”.
Rossiya bosqini arafasida Toshkentda quydagi 12 darvoza bo`lgan:Labzak, Sag`bon ,Taxtapul, Qorasaroy, Saarqand, Chig`atoy, Ko`kcha, Kamolon, Beshyog`och Qo`ymas, Qqo`qon, Qashqar.
Buxoro shahri ham yurtimizning qadimgi shahrlaridan biri hisoblanadi, shahar o`rta asr shaharsozligi ananalari asosida barpo etilgan bo`lib Shahar 3qisimga bo`lingan har bir qisim o`zining alohida mudofaa devori va darvozasi bo`lgan.
Ilk o`rta asrlarda shahar arkida 2ta darvoza bor edi : Garbiy darvoza Registon , Allafurishon yoki Somonfuuson ham deyilgan
Sharqiy darvoza Go`rayon deb atlgan .
Shahristoning 4 tomonida 7 ta darvoza bo`lgan
-shimolda Haqroh (Xurfa)
-janubda Attoron (Bobul Madina) Ohaniyon (Temirchilar)
-Sharqida Nav(Nur)
-g`arbida Kuhandiz , Muhra (Bani Asad) va Bani Sad darvozalari bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |