Bir hujayralilarning zamonafiy tasnifi. T.I.: Ruppert sistemasi, Xikmann sistemasi, V.Vestxayde va R.Riger sistemasi. Ko’pchilik bir hujayralilar suv havzasining planktoni va bentosi ko’rinishida hayot kechiradi. Nihoyat bir hujayralilarning 7 mingga yaqin turlari parazitlik bilan hayot kechirishga moslashgan bo’lib, xilma-xil umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda, shuningdek odamlarda xavfli kasalliklarni kelib chiqishiga sababchi bo’ladilar. Bir hujayralilar Ye.Ye.Ruppert va bosh. (2004) sistemasi bo’yicha quyidagi tiplardan iborat:
S.P.Xikman va bosh. (C.P.Hickman, L.S.Roberts, S.L.Keen, A.Larson, H.Ianson, D.J. Eisenhour. Integrated priciples of Zoology, 2008) tasnifiga ko’ra sodda hayvonlar quyidagi klassifikasiyaga ega:
Sodda hayvonlar- Protozoa Tip 1: Chlorophyta –Yashil suvo’tlar Tip 2: Retortamonada -Retortamonadlar Sinf: Retortotamonadea
Sinf: Diplomonadea
Tip 3: Axostylata - Aksostillilar Sinf: Oxymonadea
Sinf: Parabasalea
Tip 4: Euglenozoa -Evglenasimonlar Keja tip: Euglenida
Sinf: Euglenoidea
Keja tip: Kinetoplasta
Sinf: Trypanosomatidae
Tip 5: Apicomplexa (Sporozoa) –Sporalilar Sinf: Gregarinea
Sinf: Coccidia
Tip 6: Ciliophora- Infuzoriyalar Tip 7: Dioflagellata Nemis olimlari V.Vestxayde va R.Riger (Zoologiya bespozvonochnыx. Pod. red. V.Vestxayde R.Riger. Perevod s nemesskogo,2008 g.) sistemasi bo’yicha bir hujayrali hayvonlarning tasnifi quyidagicha ko’rinishga ega:
Tipologik klassifikatsiya metodi, uning yutuq va kamchiliklari. T.I.: pattern, etalon individ, arxetip, Tipologik klassifikatsiya metodi– organizmlarning ahamiyatli belgilari asosida tabiiy sistema yaratishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Bu tizimda asosiy savol organizm va uni klassifikatsiyalshda xizmat qiladigan ahamiyatli belgi o’rtasidagi munosabatdir.
Tipologiyaning asosiy g’oyasi: organizmlarning har bir tabiiy guruhi, shu bilan birga har bir tabiiy klassifikatsiyadagi har bir takson, shu guruhdagi barcha individlarga xos obrazga (pattern) ega.
Darvingacha bo’lgan davr tipologiyasini klassik tipologiya deb qarash odat bo’lgan. Bu davrda u sistematikada yetakchi o’rinni egallagan. Bunda organizmlarni ulardagi “ahamiyatli belgi”larning yig’indisiga ko’ra sistemaga solishgan. Ma’lum bir taksonomik guruhning hamma vakillari aynan bir mohiyatni o’zida aks ettiradi, aynan bitta tuzilish tipiga mansub. Amaliyotda bunday tip (etalon) sifatida ma’lum bir ideal obyektni (hamma boshqa guruhlarga o’xshagani uchun) tanlab olinadi, va boshqa organizmlar aynan shu etalon ekzemplyarga o’xshashligiga qarab tizimga solinadi. Agar tur ichidagi o’zgaruvchanlik juda yuqori bo’lganda, etalon emas balki etalon ekzemplaylar seriyasi qabul qilinadi.
Tipik xarakteristika bitta takson ichidagi belgilarni o’ziga qamrab oladi. Aynan shunday tipik xarakteristikaga ega ideal etalon obyektlarga arxetip deyiladi. Arxetip gomologiya qonunlariga bo’ysunuvchi “ahamiyatli” belgilarni o’zida birlashtiradi. Bir daraja chegarasida belgilar munosabatiga gorizontal munosabatlar deyiladi. Turli darajalardagi belgilarning o’zaro munosabatlariga vertikal munosabatlar deyiladi. Vertikal munosabatlar ierarxik ketma-ketliklar hosil qiladi.
Tabiiy tizimlarda belgilar ajratilgan organizmlar guruhining unikal tavsifini hosil qilishi lozim. Belgi ierarxik qatorda ma’lum bir o’rinni egallaganligi tufayli oilaga, avlodga, turkumga, sinfga va boshqa ketegoriyalarga xos xarakteristik belgilar mavjud. Bundan tashqari belgilarni arxitipga tegishli va stilistik belgilarga ajratish mumkin.
Arxetipga tegishli belgilar gorizontal va vertikal munosabatarda o’zining gomologlariga ega bo’ladi. Stilistik belgilar ma’lum bir yashash muhiti ta’sirida, yoki tasodifan yuzaga kelgan belgilar hisoblanadi.
Tipologik sistema tuzilganida arxetipga tegishli belgilar hisobga olinadi va uning o’zgarish darajasi o’rtacha bo’lgan guruhlarni taksonning markazida, o’zgarish darajasi yuqori bo’lgan va qo’shni taksonlardagi gomolog belgining holatiga yaqinlarini taksonning periferik qismlarida joylashtirish to’g’ri bo’ladi. Tipologiyada taksonning darajasini belgilash uchun ahamiyatli belgi sifatida arxetipga tegishli belgilarning eng maqbullari tanlab olinadi. Masalan sutemizuvchilar uchun tishlar va oyoqlarning tuzilishi, hasharotlarda esa og’iz apparati va qanotlar tuzilishi asos qilib olinadi.
Klassik tipologiya evolyutsiyani taksonomiyaning nazariy asosi sifatida butunlay rad etadi. Ammo ko’p hollarda, ham tipologik ham, evolyutsion jihatdan tabiiy bo’lgan tizimlar yaratilishi mumkin.
Tipologik usulda klassifikatsiyalash jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
Barcha individlarqaysi ma’lum etalonga o’xshashligiga ko’ra guruhlarga taqsimlanadi. Ko’pincha namunalarning o’zi emas ularning ta’riflari qo’llaniladi.
Tuzilgan guruhlarga tegishli arxetip(pattern) va belgilar aniqlanib olinadi
hisobga olingan barcha belgilarning klassifikatsiya uchun ahamiyati baholanadi ya’ni belgilar tarozilanadi. Bu jarayon subyektiv xarakterga ega, chunki, belgilarning ahamiyati tadqiqotchilarning ushbu guruh evolyutsiyasi haqidagi tasavvurlariga mos holdagi vaznga ega bo’ladi.
Berilgan taksonomik vazniga mos ravishda belgilar guruhlarga ajratiladi, har bir guruhga taksonomik daraja beriladi. Masalan: bo’g’imoyoqlilarda oyoqlar soni sinflar, og’iz apparati va qanotlar tuzilishi turkumlar, mo’ylovlar va qanotlarning tomirlanishi oilalar, qanot shoxlashining o’zi esa avlod darajasi uchun mos keladi. Tadqiqotchi namunadagi belgilarni o’rganish davomida ulardan ma’lum qismi sinf, oila, avlod kabi yuqori taksonlarni, bir qismi esa turni xarakterlashini tushinadi. Shunday qilib, u bir turni ikkinchisiga solishtirayonganda faqat turga tegishli belgilargagina etibor qiladi. Taksonlarni bir biridan ajratuvchi belgilar kompleksiga guruh tiplari deyiladi.
Tipologik tahlilning oxirgi bosqichi – taksonlarni chegaralash. Bu bosqichda har bir guruhga tegishli belgilar va ularning holatlari tahlil qilinadi. Dastlab kam ahamiyatli belgilar tahlil qilinib turlar ajratiladilar. Keyin esa ahamyati kattaroq belgi qo’llanilib, kattaroq taksonlar ajratiladi.
Metodning yutuqlari: tipologik metod, uzoq tarix va chuqur ananalarga ega. Tipologiya sistematikaga ko’plab yangi, xususan belgilar va ularning holatlarini chegaralash, guruh tipi, tipik namuna kabi tushuncha va g’oyalarni bergan. Tipologik uslub bilan yaratilgan klassifikatsiyalar, aniqligi, mantiqiyligi va qo’llash osonligi bilan ajralib turadi. Kam o’rganilgan, mikroskopik organizmlarni klassifikatsiyalashda tipologik metod juda qo’l keladi.
Metodning kamchiliklari: Tipologik metodning asosiy kamchiligi bu – unda qabul qilingan belgilarni tarozilashning subyektivligidir. Tarozilashning aniq, asoslangan va universal prinsiplarini o’rnatish mumkin emas. Masalan qanday qilib? Mushuksimonlar va ayiqtovondoshlarning belgilarini bir kategoriyaga jamlash mumkin? Shunday qilib, amaliy ishlar uchun qulay bo’lgan tipologik metod nazariy jihatdan kuchsiz asoslarga tayanadi.