Nuklein kislotalarni sekvinirlash- ulardagi nukleotidlar ketma-ketligini aniqlashdir (lot. Sequentum-ketma-ketlik). Sekvinirlash natijasida nuklein kislotalarning birlamchi strukturasi haqida ma’lumotlar olinadi (monomerlarning ketma-ket joylashuvi haqida).
Sekvinirlanuvchi qismlarning o’lchami turli-tuman bo’lishi mumkin va, odatda, 100 yoki 1000 juft nukleotidlardan yoki undan katta bo’lishi mumkin. Sekvinirlash natijasida genning ma’lum qismlari, to’liq gen, RNK genlari yoki hatto organizmning to’liq genomi ketma-ketligini aniqlash mumkin. Sekvenirlash uslublari.Sekvinirlash uchun bir necha xil (Senger, Maksam-Gilbert va boshka) uslublardan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda genlarni sekvinirlash uchun, asosan, didezoksinukleozidtrifosfatlarni (ddNTP) qo’llashga asoslangan Senger uslubidan foydalaniladi. Odatda, sekvinirlashdan oldin ketma-ketligi aniqlanishi zarur bo’lgan DNK uchastkasining PZR yordamida amplifikasiyasi amalga oshiriladi. Agar genomning to’liq ketma-ketligi aniqlanishi zarur bo’lsa, sekvinirlashning yangi avlod texnologiyasidan (next-generation sequencing) foydalaniladi.
Bo’g’imoyoqlilarning sistematikasi. T.I.: Bo’g’imoyoqlilarning asosiy taksonlari: kenja tip, sinf va kenja sinflar..
Bo’g’imoyoqlilar, onixoforalar va targidradalar (imillab yuruvchilar) tuzilishi, rivojlanishi va nukleotidlar ketma-ketligida juda ko’p o’xshash belgilarga egaki, bu holat ularni bitta katta takson (katta tip) -Panarthropoda taksoniga birlashtirish imkonini berdi. Bu takson 3 ta tipni Arthropoda (bo’g’imoyoqlilar), Onychophora (onixoforalar) va Targidrada (imillab yuruvchilar) tiplarini o’z ichiga oladi. Panartrapodalarning tanasi sigmentlashgan, har bir sigmentida juft o’siqlarga ega, tananing tashqi tomoniga sekresiya qilingan ekzoskeletga ega va u vaqti-vaqti bilan almashib turadi (tullaydi).
Onixoforalar (tirnoqlilar) –ikki tomonlama simmetriyali, chuvalchangsimon quruqlik hayvonlaridir. Onixoforalar ikkita teng toifadagi taksonlarga ajratiladi (bu taksonlar oila sifatida qaraladi)-Peripatopsidae va Peripatidae. Onixoforalar monofiletik takson hisoblanadi va ularning hammasi uchun quyidagi xususiyatlar xos: boshining ikkinchi sigmentida mandibulalarning borligi, uchinchi sigmentida so’lak bezlarga ega og’iz papillalarining bo’lishi, nerv stvollarining keng joylashishi va ko’plab sigmentar komissuralar bilan tutashganligi, traxeya tutamlarining mavjudligi. 3-bosh sigmentida so’lak bezlarining bo’lishi (ehtimol bu bezlar nefridiylardan hosil bo’lgan) barcha panartropodalar uchun pleziomorfiy hisoblanadi. Onixoforalar quruqlik organizmlarining alohida evolyusion shoxchasi sifatida, aftidan, kembriy davrida yashagan panartrapodalarga mansub ajdodlardan shakllangan.