Turosti taksonomik kategoriyalar. T.I.: kenja tur, tur xili, varietet, forma
Taksonomik ierarxiyaning asosi kichik kategoriyalardan tur va turosti kategoriyalardan iboratdir.
Sistematikada asosan 3 xil tur osti kategoriyalar qo’llaniladi:
Kenja tur – turning bir qismi bo’lib, shu turga mansub boshqa individlardan barqaror fenotipik xususiyatlar kompleksi bilan farqlanuvchi individlar jamoasidan iborat. Bir turning turli kenja turlari o’zaro geografik yoki ekologik alohidalangan bo’ladi. Kenja turlarning o’ziga xos (diagnostik) belgilari barqaror irsiylanib, nasildan - naslga beriladi.
Tur xili, varietet – turning bir qismi bo’lib, genetik geterogen populyatsiyalarda, kombinativ o’zgaruvchanlik ta’sirida hosil bo’lgan bir nechta fenotipik o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan individlar guruhidan iborat.
Forma – tashqi muhit omillari ta’sirida, modifikatsion o’zgurchanlik natijasida hosil bo’lgan yagona farqlanuvchi xususiyatga ega individlar guruhi. Ko’pincha faqat bitta belgisi bilan farqlanadi va odatda bu xususiyat nasldan-naslga o’tmaydi.
Variant 15
Turning tipologik konsepsiyasi va uning asosiy kamchiliklari. T.I.: etalon individ, individual o’zgaruvchanlik, qiyofadosh turlar
Kladistika va uning asosiy tushunchalari. T.I.: Hayvonlarning xilma-xiligi, kladistika, sinapomorfiy, autamorfiy, opa-uka taksonlar, monofiletik va polifiletik taksonlar.
Bir hujayralilarning zamonafiy tasnifi. T.I.: Ruppert sistemasi, Xikmann sistemasi, V.Vestxayde va R.Riger sistemasi.
Bo’g’imoyoqlilarning filogenetik aloqalari. T.I.: Bo’g’imoyoqlilarning asosiy taksonlari, Mandibulata, Xeliseralilar, Bo’g’imoyoqlilarning boshqa tiplar bilan filogenetik bog’lanishlari. Ektisozoalar.
DNK shtrix kod tushunchasi. T.I.: Shtrix-kod tarixi, DNK barkoding, molekulyar markerlar.
Turning tipologik konsepsiyasi va uning asosiy kamchiliklari. T.I.: etalon individ, individual o’zgaruvchanlik, qiyofadosh turlar
1)Individlarning xususiyatlari farqlanadigan chegaralarni aniqlab ularni guruhlash-fenonlar tuzish. Bunda fenon bir populyatsiayni anglatishi shart emas, ba’zan fenon bir populyatsiya ichidagi farqlanuvchi guruh bo’lishi (material yosh individlar, erkak yoki urg’ochi individlardan iborat bo’lganda), bir necha populyatsiyaning aralashmasi (material qiyofadosh turlardan iborat bo’lganda) yoki bir necha kenja turlar aralashmasi (material geografik jihatdan geterogen bo’lganda) bo’lishi ham mumkin.
2)Fenonni kenja taksonga joylashtirish. Aniqlangan fenonni o’ziga yaqin bo’lgan gurhlar bilan solishtirib o’xshashlik va farqlarning keskinligi asosida uni kenja taksonga (tur, kenja tur) joylashtirish. Bunda tur mezonlarining ko’pidan yoki shu guruh uchun yaxshi natija beradiganidan foydalanish lozim.
3)Taksonlarga ta’rif berish. Taksonga biologik (zoologik, botanik) nomenklatura asosida nom berish. Uning o’ziga yaqin bo’lgan boshqa taksonlardan farqlarini ko’rsatuvchi differensial diagnozini tuzish.
4) Guruhlash va darajalarga taqsimlash. Taksonni yuqori guruhlar (taksonlar) bilan solishtirib, uni ulardan biriga mansubligini ko’rsatish va mavjud klassifikatsiyalarni yangilash.
5)Ma’lumotni saqlash. Yangi taksonning aniqlangan joyi, aniqlagan shaxs, aniqlangan vaqt, tipik ekzemplyarning saqlanish joyi, uning asosiy belgilari, yashash muhiti, unga yaqin bo’lgan guruhlardan farqlovchi diagnoz, mavjud klassifikatsiyadagi o’rni kabi ma’lumotlardan tuzilgan maqola yozish. Maqolani mutaxasislar o’qiy oladigan davriy nashrda e’lon qilish.