Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar


Sut emizuvchilarning sistematikasi va filogeniyasi. T.I.: Kenja sinflari va turkumlari, filogenezi



Download 0,5 Mb.
bet52/136
Sana13.01.2023
Hajmi0,5 Mb.
#899318
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   136
Bog'liq
Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I. «uch parallel

4.Sut emizuvchilarning sistematikasi va filogeniyasi. T.I.: Kenja sinflari va turkumlari, filogenezi. Sut emizuvchilar sinfi 4000 ga yaqin turlarni o'z ichiga oladi va dastlabki darrandalar hamda haqiqiy darrandalar yoki tirik tug'uvchilar deb ataladigan ikki kenja sinfga bo'linadi. Dastlabki darrandalar (Prototheria) kenja sinfiga bir teshiklilar (Monotremata) turkumi kiradi. Ular sutemizuvchilar orasida eng soddasi hisoblanadi. Barcha bir teshiklilar sariq moddaga boy bo'lgan tuxum qo'yish yo'li bilan ko'payadi; ichak va siyd ik -tan osil teshiklari kloakaga ochiladi; sut so'rg'ichlari yo'q, sut bezlari maxsus tamovchaga ochiladi, bolalari shu yerga chiqqan sutni yalaydi; tana harorati nisbatan past, 25 —26°C o'rtasida o'zgarib turadi; yum shoq lablari va tishlari bo'lm aydi. Bir teshiklilar turkumiga o'rdakburun, 2 ta turyexidna va 3 ta tur proyexidna kiradi. H a q iq iy darrandalar (Theria) kenja sin fig a xaltali va yo'ldoshli sutemizuvchilar kiradi. Ulam ing hammasi tirik tug'adi. Bu kenja sinf 2 ta infrasinfga: 1. Tuban darrandalar (Metatheria); 2. Yo'ldoshlilar, ya'ni yuksak darrandalar (Eutheria)ga bo'linadi Tuban darrandalar infrasinfi X altalilar (M arsupialia) turkum ini o'z ichiga oladi. Xaltalilar sutem izuvchilaming qadimgi va primitiv turkumi bo'lib, yo'ldoshining asosan bo'lmasligi, shu sababli tug'ilgan bolasining ta nimjon blishligi, bir juft qopchiq suyagi, urg'ochilarida bir juft bachadon bo'lishi va gavda harorati yuqori darrandalarga nisbatan pastligi bilan xarakterlanadi Y u k sa k d a rra n d a la r infrasinfi yer yuzida keng tarqalgan sutemizuvchilaming asosiy turkumlarini o'z ichiga oladi. Ularda hech qachon qopchiq suyagi bo'lmaydi, yo'ldoshi yaxshi rivojlangan. Yuksak darrandalar 18 turkumga bo'linadi. O'zbekistonda sutemizuvchilar sinfining 108 ta turi uchraydi. H asharotxo'rlar (Insectivora) y ldoshli sutem izuvchilaming eng primitiv turkumi hisoblanadi. erqazirlar keng tarqalgan. Q o'lqanotlilar (Chiroptera) turkum i sutem izuvchilaming havoda uchib yurishga moslashgan birdan —bir gumhidir Kemiruvchilar (Rodentia) turkumi vakillari hozirgi zamonda yashab turuvchi sutemizuvchilar orasida eng ko'p, ya'ni 2000 dan ortiq turlarni o'z ichiga oladi. Yirtqichlar (Carnivora) turkumi vakillari asosan tirik hayvonlai bilan oziqlanadi. Ularning tishlari va barmoqlaridagi o'tkir timoqlari boshqacha tuzilgan. Kurak tishlari mayda, qoziq tishlari yaxsh’ rivojlangan, oziq tishlarining yuzasi doimo brtmali bo'ladi. Ustkjag'ining oxirgi soxta oziq tishi va pastki jag'ining birinchi haqiqiy oziq tishi o'zining kattaligi bilan boshqa tishlardan ajralib turadi, bular yirtqich tishlar deb ataladi. Timoqlari yaxshi rivojlangan va ba'zan ichiga tortiladigan bo'ladi. K itsim on lar (C etacea) tu rk u m inin g vakillari butun umrini suvda o'tkazadi. Oldingi oyoqlari kurakka aylangan, orqa oyog'i yo'qolib ketgan, tanasining oxirida gorizontal tekislikda o'rnashgan ikki pallali dumi bor X artum lilar (Proboscidea) turkum iga hozirgi zamonda quruqlikda yashovchi hayvonlarning eng yirigi kiradi va xartumlarining bo'lishi bilan xarakterlanadi. Juft tuyoqlilar (Artiodactyla) turkumiga asosan yirik hayvonlar kiradi, ularning III va IV barmoqlari juda kuchli taraqqiy yetgan bo'lib, gavda o'qi shu ikki barmoq orasidan o'tadi. I barmog'i rivojlanmgan, III va V barmoqlari kichik yoki o'sib yetilmagan.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish