Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar



Download 0,5 Mb.
bet36/136
Sana13.01.2023
Hajmi0,5 Mb.
#899318
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   136
Bog'liq
Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I. «uch parallel

LOPHOTROCHOZOA
Lophotrochozoa megataksoni 1995 yilda Xalanich tomonidan ajratilgan. Uning tarkibiga dastlab halqali chuvalchanglar, mollyuskalar va lofoforalilar kirilgan. Shu davrdan boshlab, lofoforalilarning birlamchi og’izlilarga mansubligi isbotlab berildi. Bu davrgacha lofoforalilar morfologik tahlillarga asosan ikkilamchi og’izlilarga kiritilar edi.
Xalanichning dastlabki ishlaridayoq (1995) lofoforalilarning geterogen, ya’ni monofiletik guruh emasligi ko’rsatib berildi. Ularning bir tarmog’i mshankalar (Bryozoa) bo’lsa, boshqa tarmog’i foronidlar (Phoronida) va yelkaoyoqlilardan (Brachiopoda) iborat (1-rasm).
Hozirgi vaqtda Lophotrochozoa guruhi ikkita opa-uka katta taksonga: Trochozoa va Platyzoa guruhlariga ajratiladi (Giribet et al., 2000, 2007; Peterson, Eernisse, 2001; Giribet, 2002; Helkampf et al., 2008; Hejnol et al., 2009; Paps et al., 2009b)
G.D.Edgekombe(2011) fikricha, Lophotrochozoa larni ikkita emas, balki uchta katta kladga ajratish lozim: Trochozoa, Platyzoa i Polyzoa.
Polyzoa guruhi yaqinda ajratilgan guruh bo’lib (2009), filogenetik daraxtning Platyzoa bilan birga bitta shoxini hosil qiladi. Polyzoa tarkibiga umurtqasiz hayvonlarning 3 ta tipi: Bryozoa, Cycliophora va Kamptozoa tiplari kiradi.
Yuqoridagi 3 ta guruhdan tashqari Lophotrochozoa tarkibiga umurtqasizlarning alohida tiplari ham mavjud- Myzostomida, Gastrotricha, Gnathostomulida, Bryozoa, bu tiplarning hayvonlar sistemasidagi o’rni hozircha noaniq.
3 Organizmning istalgan xususiyati sistematik belgi sifatida qo’llanilishi mumkin. Taksonomiyada ko’pincha quyidagi belgilardan foydalaniladi:

  1. Morfo-anatomik – tashqi va ichki tuzilishning o’ziga xos xususiyatlari: individlarning o’lchamlari, shakli, rangi, organlar, to’qimalar, hujayralar organellalarning tuzilishi;

  2. Fiziologik – organizm funksiyasining o’ziga xos xususiyatlari. Masalan: oziqlanish tipi (avtotrof/geterotrof), nafas olish tipi (aerob/anaerob);

  3. Ekologik – boshqa organizmlar va atrofdagi muhit bilan o’zaro munosabatlarning o’ziga xos jihatlari. Masalan: parazitlarning xo’jayinlarga moslashishi, yoki ma’lum yashash muhitlari (suv, tuproq va boshqa)ga moslashish;

  4. Biologik – yashash tarzining o’ziga xos xususiyatlari. Masalan: ko’payish yoki rijojlanish sikli;

  5. Biokimyoviy – organizm kimyoviy tarkibining o’ziga xosligi. Masalan: hujayra membranasi, sitoplazmatik membranalar yoki fotosintetik pigmentlarning takibi;

  6. Genetik – organizm nasl apparatining o’ziga xos xususiyatlari. Masalan: xromosomalarning soni va tuzilishi, nukleotidlar ketma-ketligi.

Organizmlarning ma’lum bir guruhiga (taksonga) ta’rif berishda ushbu guruhni aniqlash uchun eng muhim bo’lgan belgilarni keltirib o’tish lozim. Bunday muhim belgilarga diagnostik belgilar deyiladi.
Belgilar asosida organizmlar taksonlar deb ataladigan guruhlarga birlashtiriladi.
4. Guruhlarning evolyusion tarixi filogeniya, uning sxematik ifodasi esa-filogenetik daraxt yoki kladogramma deb ataladi. Albatta, filogenetik daraxt ilmiy faraz (gipoteza) hisoblanadi, va har doim tekshiriladi va o’zgartiriladi. Lekin, filogenetik daraxt evolyusiyaning umumiy sxemasini aks ettiradi.
Kladistikaning asosiy maqsadi- turlar o’rtasidagi qarindoshlik aloqalarini to’la aniqlash va olingan natijalarni filogenetik daraxt yoki kladogramma ko’rinishida tasvirlashdan iborat Turlar yoki turlar guruhlari orasidagi munosabatlarni aniqlashda kladistik usullarning qo’llanilishi dixotomik shoxlangan iyerarxik sxema (chizma) - filogenetik daraxt tuzish imkonini beradi. Bu chizmaning iyerarxik tavsifi turlarni yirikroq birliklarga, ularni esa yanada kattaroq birliklarga birlashtirilishini anglatadi. Masalan, krevetkaning qaysidir bitta turi qisqichbaqasimonlarga, qisqichbaqasimonlar esa jag’lilarga, jag’lilar esa bo’g’imoyoqlilar guruhiga, bo’g’imoyoqlilar esa hayvonlar guruhiga birlashtiriladi. Iyerarxik chizma oddiy jadvalni eslatadigan filogenetik sistema shaklida ham ifodalanishi mumkin:



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish