M o‘zaro induktivligi “o‘zgarmas” bo‘lib ga bog‘lik emas. M geometrik omillar : xajmi, shakli, uramlar soni, ikki o‘ramning joylashuv o‘rni va temir (yeki boshka ferromagnetik material turi) ga bog‘liq. Masalan 7-9 rasmdagi kabi ikki g‘altak bir biridan qancha uzoqda bo‘lsa shunchalik kam oqim ikkinchi g‘altakdan oqib o‘tadi, shuning uchun M kichik bo‘ladi. agar biz teskari holatni ko‘rib chiqsak: ikkinchi g‘altakda tokni o‘zgarishi birinchi g‘altakdagi EYuK ni hosil qilsa, doimiy o‘zgarmas M bir xil kiymat beradi.
(7-6)
O‘zaro induktivlikka misol kilib transformatorni olishimiz mumkin, bunda xamma okimlar ikkala galtakdan o‘tgani uchun bog‘lanish maksimum xolatda bo‘ladi. Yuqoridagi bo‘limda aytib o‘tganimizdek, o‘zaro induktivlikni, qayta zaryad qilsa bo‘ladigan batareyali: uyali telefon, elektr avtomobili va boshqa qurilmalarni induktiv zaryadlash kabi boshqa xislatlari ham bor. Bazi bir elektron yurak stimulyatorlari kasallarga yurakka qonni doimiy okib turishini ta’minlaydi, yurak yakinidagi yurak stimulyatorida joylashgan ikkinchi g‘altakka, tashki g‘altakdan o‘zaro induktivlik orqali quvvatni yetkazib beradi. Bu turdagilar, boshka batareya bilan quvvatlanadigan yurak stimulyatoridan afzalligi bor, jarroxlikda zaryadi tugaganda almashtirish xojati yuk.
O‘zinduktivlik
Induktivlik atamasini yakka izolyatsiya kilingan g‘altaklarga xam nisbatan qo‘llash mumkin.
Qachonki g‘altakdan yoki solenoiddan o‘tayotgan tok o‘zgarsa, o‘zgaradigan magnit okim g‘altak ichida paydo bo‘ladi, va bu uz navbatida EYuK ni hosil qiladi.
Bu EYuK ning mavjud bo‘lishi oqim o‘zgarishiga qarshi bo‘ladi (Lens konuni). bu xuddi motor orqali hosilga kelgan orka EYuK ga o‘xshaydi. (masalan, g‘altak ichidagi tok oshadi, magnetik oqimini oshishi EYuK ni xosil qiladi, o‘z navbatida u hakikiy tokni o‘sishiga qarshi chiqadi). Hosil bo‘lgan EYuK tokning o‘zgarish darajasiga teng bo‘ladi.
(o‘zgarishiga qarama qarshi yunalishda bo‘ladi, shu sababli manfiy ishora bo‘ladi)
(7-7)
Doimiylikka teng L o‘z-induktivlik yoki oddiy qilib aytganda g‘altak induktivi deb ataladi. Bu ham genrida o‘lchanadi. L ning kattaligi temir o‘zagi bor yoki yog‘ligiga va g‘altakni hajmi va shakliga bog‘liq bo‘ladi.
o‘zgaruvchi tok zanjirida xar doim ba’zi bir induktivlik mavjud bo‘ladi, agar zanjir kup halka va uramlardan tashkil topmagan bo‘lsa, odatda bu juda ham kichik bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |