Tok paydo bo‘ladi va tok kichik qiymatda to‘yinadi
|
Fizikani buyuk qonunlaridan biri bo‘lgan Faradeyning induksiya qonuni va unga ko‘ra magnit oqimini o‘zgarishi EYuKni hosil qiladi. Bu rasmga ko‘ra, chulg‘am ichida magnit tayoqchasi harakatda bo‘lsa, galvonometrda tok hosil bo‘lganini ko‘rish mumkin. Ko‘plab turmushda asbob-uskunalar, shu qatorda generatorlar, transformatorlar, lentaga yoki diskga (qattiq disk) va kompyuter xotirasiga magnit orqali yozish elektromagnit induksia hodisasi asosida ishlaydi.
O‘tgan bobda keltirilgan elektr hamda magnetizmning bog‘liqligini ikki ko‘rinishini ham muhokama etganmiz. (1) Elektr toki magnit maydon xosil qiladi; va (2) magnit maydon elektr tokiga yoki xarakatdagi zaryadli zarraga kuch bilan ta’sir ko‘rsatadi. Bu hodisalar 1820-1821 yillarda kashf qilingan. Shundan so‘ng olimlar bir narsadan hayratga tushishdi: agar elektr toki magnit maydon hosil qilsa, magnit maydon ham elektr toki hosil qila olarmikan? Oradan 10 yil o‘tib, amerikalik olim Jozef Genri (Joseph Henry) (1797-1878) va ingliz olimi Maykl Faradey (Michael Faraday) (1791-1867) mustaqil ravishda buni imkoni bor ekanligini aniqlashgan. Aslida Genri buni birinchi bo‘lib kashf qilgan lekin Faradey o‘zining natijalarini ertaroq chop qilgan va bu hodisani batafsil o‘rgangan. Hozir bu hodisani va uning dunyoni o‘zgartirgan tatbiqlari, hamda elektr generatorini ko‘rib chiqamiz,
Induksiya EYuK
Faradey magnit maydon orqali elektr toki hosil qilishga urinishlarida, 7-2 rasmda ko‘rsatilgan qurilmadan foydalanadi. U X chulg‘amni manbaga uladi, natijada ushbu zanjir orqali elektr tok oqimi yuzaga keldi va temir xalqadagi X chulg‘am orqali magnit maydon hosil bo‘ldi. Faradey X chulg‘amda kuchli to‘yingan tok natijasida yuzaga keladigan yetarli darajada kuchli bo‘lgan magnit maydon, aynan temir xalqaning Y chulg‘amida tok yuzaga keltirishiga umid qilgan.
Rasm 7-2. Induksiya EYuKi bo‘yicha Faradey tajribasi
Ikkinchi Y zanjirda, har qanday tokni aniqlash uchun faqat galvanometr joylashtirilgan edi. Ushbu tajriba doimiy tok bilan muvafaqiyatsizlikka uchradi. Biroq uzoq izlanishlardan so‘ng, Faradey X zanjirda kalitni ulaganda, Y zanjirdagi galvanometr ko‘rsatkichi kuchli og‘ishgan, kalitni uzganda esa teskari tomonga kuchli og‘ish kuzatildi. X chulg‘amdagi doimiy tok, doimiy magnit maydon yuzaga kelishi oqibatida Y chulg‘amda tok hosil bo‘lmadi. Faqatgina X chulg‘amda tok o‘tishni boshlashi bilanoq yoki kalit uzilish jarayonida, Y chulg‘amda tok yuzaga kelgan. Tajriba asosida Faradey shunday xulosa qildi: doimiy magnit maydon o‘tkazgichda tok hosil qila olmasa ham, o‘zgaruvchan magnit maydoni elektr toki vujudga keltiradi. Bunday tok - induksion tok deyiladi. Y chulg‘amdagi magnit maydon o‘zgarganda, Y chulg‘amda tok hosil bo‘ladi, xuddi zanjirda EYuK bordek. Demak, o‘zgaruvchan magnit maydoni induksiya EYuKini yuzaga keltirar ekan.
Faradey elektromagnit induksiya soxasida ko‘plab tajribalar o‘tkazdi, bu xodisa elektromagnit induksiya xodisasi deb ataldi. Masalan, 7-3-rasmda ko‘rsatilganidek, agar magnit chulg‘am ichida tez-tez harakatga keltirilsa, simda induksion tok yuzaga keladi. Agar magnit tezlik bilan chikarib olinsa,tok yo‘nalishini teskari tomonga o‘zgartiradi (B chulg‘am bo‘ylab kamayadi). Bundan tashqari, agar doimiy magnit mahkamlangan bo‘lsa va chulg‘am magnit bo‘ylab chiqarib va tushirib turilsa, yana induksiya EYuKi yuzaga keladi va induksion tok oqa boshlaydi. Induksiya EYuKi yuzaga kelishi uchun harakat yoki o‘zgarish bo‘lishi kerak. Bu holda magnit harakatlanadimi yoki chulg‘am harakatlanadimi buni ahamiyati yo‘q. Bu ularning harakatini nisbiyligi hisobigadir.
7-3 rasm
7-3-rasm (a) Magnit tayoqchasi chulg‘am bo‘ylab harakatlansa, darhol chulg‘amdagi magnit maydon ortadi va induksion tok yuzaga keladi. (b) Agar magnit tayoqchasi chulg‘amdan chikarib olinsa, tok yo‘nalishi teskari tomonga o‘zgartiradi (B kamayadi). Galvanometrning nol qiymati shkala markazida joylashgan, tok oqimining yo‘nalishiga qarab uning strelkasi o‘ng yoki so‘lga og‘adi. (c) Agar magnit tayoqchasi chulg‘amga nisbatan harakatga kelmasa, induksion tok paydo bo‘lmaydi. Bu yerda harakatlar o‘zaro bog‘liqligi hisobga olinadi: magnit tayoqchasi mahkamlanib, chulg‘am harakatga keltirilsa ham induksiya EYuKi yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |