Elektromagnit induksiya hodisasi Faradey tajribasi



Download 3,04 Mb.
bet6/9
Sana12.06.2022
Hajmi3,04 Mb.
#658519
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-Maruza sNMKT

Magnetiklar. Tajriba va nazariya shuni ko‘rsatadi-ki agar jismni tashqi magnit maydoniga joylashtirilsa bu jism magnit xossalariga ega bo‘lib qolar ekan. Bunda ba’zi jismlar tashqi maydonni susaytirar ekanlar, boshqalari kuchaytirar ekanlar. Susaytirdiganlari diamagnit, kuchaytiradiganlari paramagnitlar deb ataladi. Agar kuchaytirishi juda katta bo‘lsa, bunday jismlar ferromagnetiklar deb ataladi. Dia-para va ferromagnetizm sabablari qanday.
Har qanday atom va molekulalarda o‘z orbitalarida aylanayotgan elektronlarni aylana yoki orbital tok deb qarash mumkin. Har bir orbital tokning orbital magnit momenti bo‘ladi: , bu yerda , -elektron zaryadi, -aylanish davri. Magnit moment vektor qiymatiga ega bo‘lib,aylanish tekisligiga perpendikulyardir.Bundan tashqari elektron o‘z o‘qi atrofida aylanishi bilan bog‘liq bo‘lgan spin magnit momentiga ega. Spin momentiga yana yadro ham ega bo‘ladi.Elektronning orbital va spin momentlarining va yadroning spin momentlarining geometrik yigindisi atomning (molekulaning) magnit momentini hosil qiladi.
Diamagnetiklarda bo‘ladi. Bu sinfga oid bo‘lgan moddalar
(fosfor, oltingugurt, sur’ma,uglerod, simob, oltin, kumush, mis kabi elementlar suv va ko‘pchilik organik birikmalar)da magnit maydon bir oz susayadi ( ).
Paramagnetiklarda bo‘ladi. Bu sinfga kiruvchi kislorod, azot,
alyuminiy, platina, vol’fram kabi elementlarda magnit maydon bir oz kuchayadi. ( ) Ferromagnetiklarda >>0 bo‘ladi. Bu sinfga kiruvchi temir, nikel, kobal’t kabi metallarda va ularning qotishmalarida magnit maydon juda zo‘rayib ketadi.
a) b)
8.1-rasm. Moddaning turli magnit xossalarida dipolar hosil qilgan ichki magnit maydonlari.
  1. Diamagnetizm va paramagnetizm.


Tabiatda mavjud hamma elementlar magnit xossalariga ega. Yuqorida moddalarning magnit xossalariga ko‘ra uch guruhi ko‘rsatilgan. Shulardan bo‘lgan moddalar –diamegnetiklar deb yuritiladi.
Diamagnetiklar va paramagnetiklar bir- biridan farqini molecular sathlarida modda molekulasi dipole magnit moment bor yoki yo‘qligi bilan farq qiladi. Paramagnetlarning molekula (yoki ionlari) dipol magnit momentiga ega ekan1. Tashqi magnit maydoni molekulalar ixtiyoriy joylashadi va magnit ta’sirlar mavjud emas. Agar modda tashqi magnit maydoniga joylashtirilsa (masalan, solenoidda), bu maydon magnit dipollarida aylantiruvchi moment hosil qiladi va ularni maydon bo‘yicha joylashtiradi. To‘la magnit maydon induksiyasi (Tashqi magnit maydon induksiyasi va tartibli joylashgan magnit dipollarining yig‘indisi), ni biroz ko‘chaytiradi. Ammo molekulalarning issiqlik harakati magnit dipollari tartibini buzib turadi. Moddaning magnitlanganlik vektori (moddaning magnit qabul qiluvchanligi) ni qulay ko‘rinishdagi xarakteristikasi birlik hajmdagi magnit dipoli momenti bilan aniqlanadi:
Moddaning magnitlanganlik vektori (moddaning magnit qabul qiluvchanligi) ni qulay ko‘rinishdagi xarakteristikasi birlik hajmdagi magnit dipoli momenti bilan aniqlanadi:
, (8.5)
Bu yerda - namunaning magnit dipoli moment, -modda hajmi. , (2)
Bu yerda - namunaning magnit dipoli moment, -modda hajmi.
Tajribalarning tasdiqlashicha moddaning magnitlanganlik vektori tashqi magnit maydoniga to‘g‘ri proporsional (dipollarni tartibga soluvchi maydon induksiyasi) va absolyut harorat ga teskari proporsional (dipolar joylashuvini ixtiyoriy bo‘lishini xarakterlovchi kattalik). Bu bog‘lanishni birinchi bo‘lib aniqlagan P’er Kyuuri (1859-1906) sharafiga Kyuuri qonuni deyiladi:
, (8.6)
Bu yerda C-Kyuuri doimiysi. ning katta qiymatlarida Kyuuri qonuni bajarilmaydi (ya’ni ning juda katta qiymatlarida yoki ning juda kichik qiymatlarida. ning qiymati oshib borsa (yoki T ning qiymati kamayib borsa, biror nuqtada magnitlanganlik qiymati o‘qining maksimal qiymatiga erishadi va bu qiymat o‘zgarmaydi.
Diamagnetiklar doimiy magnit dipoli momentlariga ega bo‘lmagan moddalardir. Tashqi magnit maydon ta’sirida hosil bo‘lgan magnit dipoli moment tashqi maydonga qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun modda ichida magnit maydoni tashqi magnit maydoniga qaraganda ancha kuchsizroq. Diamagnetizmning hamma moddalarga xos, ammo paramagnetiklar va ferromagnetiklarda paramagnet va ferromagnit ta’sirlar (effektlar) bilan kuchli niqoblangan. Har qanday moddaning temperaturasini pasaytirib diamagnetikka aylantirish mumkin [2].
Tashqi magnit maydon ta’siri ostida atomning elektron orbitalari aylanma tokka ekvivalent bo‘luvchi pretsessin harakat sodir qiladi. Chunki induksiya vektori orbita tekisligiga nisbatan pastga yoki yuqoriga yo‘nalishidan qat’iy nazar, elektronning orbital harakatida bilan aniqlanadigan chastota o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Agar elektronning orbital magnit moment vektori tashqi magnit maydon induksiya vektori bilan burchak hosil qilsa, orbita bo‘ylab harakat qilayotgan elektronga qiymati bo‘lgan aylantiruvchi moment ta’sir etadi. Natijada vektorning atrofida protsession harakati vujudga keladi. Bu harakatning burchak tezligi Larmor chastotasi deyiladi.
(8.7)
Demak, elektronning magnit momenti fazoda qanday joylashishidan qat’iy nazar, tashqi magnit maydon ta’sirida elektronning orbital magnit momenti yadro markazidan o‘tgan o‘qqa nisbatan -doiraviy chastota bilan protsession harakat qiladi. Bu xulosa Larmor teoremasi deb ataladi.

8.2-rasm. Tashqi magnit maydon ta’sirida elektronning orbital magnit momenti yadro markazidan o‘tgan o‘qqa nisbatan harakati.
Yelektronning harakati tufayli hosil bo‘luvchi mikro tok tashqi magnit maydonining ta’sirida induksiyalangani sababli, Lents qoidasiga binoan amalda tashqi maydonga qarama-qarshi yo‘naladigan maydon paydo bo‘ladi. Shu tariqa orbita bo‘ylab harakat qilayotgan elektron tashqi magnit maydon ta’sirida vektorga teskari yo‘nalgan qo‘shimcha magnit momentini vujudga keltiradi (8.3-rasm).





8.3-rasm. Moddalardagi diamagnetik effect, ya’ni electron tashqi magnit maydon ta’sirida vektorga teskari yo‘nalgan qo‘shimcha magnit momentini vujudga keltirishi.


Bu hodisa diamagnit effekt deb ataladi. Diamagnit effekt atomlarining magnit momentlari 0 ga teng bo‘lgan moddalarda namoyon bo‘ladi. Tashqi magnit maydoni bo‘lmagan taqdirda bunday moddalar atomlari tarkibidagi elektronlarning magnit momentlari o‘zaro bir-birini kompensatsiyalaydi. Bunday moddalarning qabul qiluvchanligi manfiy bo‘ladi. Ularni diamagnetiklar deb aytiladi. Eng kuchli diamagnetik hisoblangan vismut uchun ga teng.

Tashqi maydon bo‘lmagan taqdirda modda atomlarining magnit momenti 0 dan farqli bo‘lsa, magnit maydon bunday modda atomlarining magnit momentlarini maydon bo‘ylab yo‘naltirishga harakat qiladi. Natijada tashqi magnit maydoni kuchayadi. Bu hodisani paramagnit effekt unga mos keluvchi moddalarni esa paramagnetiklar deb ataladi.


  • Diamagnetizm barcha jismlarga birday taalluqli xususiyat hisoblanadi, chunki u tashqi magnit maydonining modda atom va molekulalardagi elektron orbitalashga ta’sirini namoyon qiladi.

  • Orbitalardagi elektron harakat tezligining o‘zgarishi oqibatida tashqi maydonga teskari yo‘nalib, uni susaytiradigan qo‘shimcha magnit maydoni hosil bo‘ladi (Lents qonuni). Shunday qilib, har qanday modda uning ichiga magnit maydoni kirib kelishiga to‘sqinlik qiladi.

  • Diamagnit effekt orbitalar joylashuvining tartiblanishi bilan bog‘liq emas. Shuning uchun daimagnit qabul qiluvchanlik temperaturaga farqsiz.

  • Moddaning atom va molekulalari xususiy magnit momentiga ega bo‘lmagan taqdirdagina u diamagnit bo‘la oladi. Bu holda moddaning unga ta’sir qiluvchi tashqi magnit maydoniga ko‘rsatadigan birdan-bir reaktsiyasi faqat diamagnit effektidan iborat bo‘ladi.


Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish