Andijon mashinasozlik institute ib va kt fakulteti at va t yonalishi k 89. 21 guruh talabasi tojiboyev abdumominning metralogiya va standartlashtirir



Download 74,78 Kb.
Sana13.12.2022
Hajmi74,78 Kb.
#884496
Bog'liq
m va ss

Andijon mashinasozlik institute IB va kt fakulteti at va t yonalishi k 89.21 guruh talabasi tojiboyev abdumominning metralogiya va standartlashtiris fanidan taqdimoti


Standartlashtirish maxsus usullari
Reja:
  • Standartlashtirish usullari.
  • Parametrik standartlashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari.
  • Mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash;

Standartlashtirishning keng tarqalagan usullari sifatida birxillashtirishni, agregatlashtirishni va turlashni olishimiz mumkin. Aynan shu usullar yordamida o‘zaro almashinuvchanlikni ta’minlash mumkin.
Birxillashtirish usuli. O‘zDST 1.0 – 92 da birxillashtirish atamasiga quyidagicha izoh berilgan:
Birxillashtirish – muayyan ehtiyojni qondirish uchun zarur bo‘lgan eng maqbul o‘lchamlar sonini yoki mahsulot, jarayon va xizmat turlarini tanlash. Buni unifikatsiya deb ham yuritadilar. Bu so‘z lotincha uni – bir, unio – birlik (birdamlik) ma’nolarini anglatadi.
Birxillashtirish eng katta texnikaviy iqtisodiy samaradorlikka erishish maqsadida yangi yaratilmalar hisobiga yoki oddiy qisqartirish (simplifikatsiya) hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
Birxillashtirishni asosan 3 ta darajada o‘tkaziladi:
korxona darajasi;
– tarmoq darajasida;
– tarmoqlararo darajada.
Keyingi paytlarda xalqaro birxillashtirish ham keng rivojlanmoqda.
Birxillashtirish muayyan ketma – ketlikda amalga oshiriladi. Birinchi navbatda uning yo‘nalishi, turi va darajasi belgilanadi. So‘ngra, birxillashtiriladigan buyumlarning chizmalari va ularning tahliliy ma’lumotlari yig‘iladi va bu chizmalar oldiga qo‘yilgan maqsadga ko‘ra tabaqalanadi. Shundan so‘ng, yo yangi konstruktsiya ishlab chiqiladi, yoki amalda bo‘lganlari ichidan boshqalarining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgani tanlanadi.
Birxillashtirish darajasi to‘rt o‘lchamlar miqyosidagi qo‘llanish koeffitsiyenti asosida aniqlanishi mumkin:
Kt=100(n – n0)/n
Bu yerda: n – to‘rt o‘lchamli buyumlarning umumiy soni; n0 – tanlangan to‘rt o‘lchamlar soni.
Turlash usuli. Standartlashtirishning turlash usuli – funksional vazifalari bo‘yicha bir – biriga yaqin bo‘lgan turli ob‘yektlarni yaratishda asosiy (baza) sifatida qabul qilingan majmua uchun ob’yekt turlarini belgilashga qaratilgan usul hisoblanadi.
Turlashni ba’zan «bazaviy konstruktsiyalash» deb ham ataladi. Chunki turlash jarayonida optimal xossalari bo‘yicha olingan majmuaga xos bo‘lgan ob’yekt tanlanadi, aniq bir ob’yekt – buyum yoki texnologik jarayon qabul qilinganda esa, tanlangan ob’yekt faqat qisman o‘zgarishi mumkin. Shunday qilib, turlash kam sonli ob’yektlarga ko‘p sonli funktsiyalarni tadbiq etish hisoblanib, bunda berilgan majmuadagi alohida tur ob’yektlarining saqlanishini ta’minlaydi.
Turlashning samaradorligi yangi buyum ishlab chiqarilayotganda oldin tekshirilgan, sinashda bo‘lgan yechimlarni qo‘llash, ishlab chiqarishni tayyorlashni tezlatish va tan narxini pasaytirish, alohida tur ob’yektlarini ishlatish sharoitlarini yengillatish va ularni modifikatsiyalash asosida amalga oshiriladi.
Turlash standartlashtirishning samarali usullari qatorida uchta asosiy yo‘nalishda rivojlanadi.
– alohida tur texnologik jarayonlarni standartlashtirish;
– umumiy ahamiyatdagi buyumlarni standartlashtirish;
muayyan bir ishlarni, amallarni, sinovlarni yoki hisoblarni bajarish tartibini belgilovchi me’yoriy hujjatlarni yaratish.
Agregatlashtirish usuli. Agregatlashtirish – geometrik va funktsional o‘zaro almashinuvchanlik asosidagi turli buyumlarni yaratishda ko‘p marta ishlatuvchi, alohida, standart, birxillashgan bo‘laklardan iborat mashinalarni, asboblarni va jihozlarni yaratish va ishlatish usuli hisoblanadi.
Agregatlashtirish mashina va jihozlarni ishlash sohalarini kengaytiradi, ishlash muddatini uzaytiradi, ulardan foydalanishni osonlashtiradi.
Agregatlashtirishning yana bir muhim xususiyatlaridan biri – asosiy turlarini modifikatsiyalanishi hisobiga mashina va jihozlarning nomenklaturasini ko‘payishidir. Bundan tashqari, agregatlashtirilgan jihozlar konstruktiv qaytaruvchanlikka ega bo‘ladi. Bu esa standart agregat va bo‘laklarni ishlab chiqarish ob’yektlarining konstruktsiyalarini o‘zgartirishda va joiz bo‘lganda yangi turdagi mahsulotlarga o‘tishdagi moslashuvlarda takror ishlatish imkoniyatini yaratadi.
Agregatlashtirish prinsipi birxillashgan elektron bloklar, o‘lchash o‘zgartkichlari va elementlaridan tashkil topgan tekshiruv – o‘lchash asboblarini yaratishda keng qo‘llaniladi.
Ko‘pgina ishlab chiqarish tizimlarida, buyum konstruktsiyalarini tezda almashtirish lozim bo‘lgan hollarda, texnologik jarayonlarni alohida bir tur detallarini, bo‘laklarini tayyorlashda ishlatish imkonini beradigan bo‘lishini mo‘ljallab yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Download 74,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish