Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash haqida


III bob. Xavfsizlik texnikasining umumiy qoidalari



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/91
Sana09.02.2022
Hajmi0,61 Mb.
#438533
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   91
Bog'liq
Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xa

III bob. Xavfsizlik texnikasining umumiy qoidalari
§ 1. Hududlar, xonalar va ish joylari
28. Har bir korxonada korxona hududi bo‘yicha ish joyiga borish uchun xavfsiz
marshrutlar va yong‘in yoki avariyaviy vaziyatlar sodir bo‘lganda evakuatsiya qilish
rejalari ishlab chiqilishi va barcha xodimlarga ma’lum qilinishi shart.
29. Elektr stansiyaning hududida va korxonaning ishlab chiqarish xonalarida, ularda
joylashtirilgan uskunalarga xizmat ko‘rsatishga aloqasi bo‘lmagan shaxslarga, kuzatib
yuruvchi shaxslarsiz kirish man !qilinadi.
30. Korxonaning hududida va ishlab chiqarish xonalarida transport yo‘llarining tuzilishi
va saqlanishi “SSBT. Korxonalarda yuklarni joydan-joyga tashish jarayonlari.
Xavfsizlikning umumiy talablari” GOST 12.3.020 talablariga mos kelishi kerak.
31. Ishlab chiqarish xonalari va inshootlarning ichida, hamda ularga tashqarida
yondoshgan hududdagi barcha odamlarning o‘tish va transport yurishi yo‘llari
yoritilgan, bo‘sh va yo‘lovchilar va transport harakati uchun xavfsiz bo‘lishi shart. O‘tish
joylari va transport yuradigan yo‘llarni yuklar bilan uyib tashlash yoki ulardan yuklarni
joylashtirish uchun foydalanish man etiladi.


Yo‘laklar, transport o‘tish yo‘llari, shuningdek zinalar, maydonchalar va ularning
panjaralari doimo soz va toza holatda saqlanishi, ochiq havoda joylashganlari esa qor va
muzdan tozalanishi va qum sepib turilishi lozim. Do‘ngalak bilan o‘ralgan
(obvalovaniye) mazut xo‘jaligi hududi, shuningdek mazutni quyish qurilmalari har qor
yog‘ganidan keyin tozalanishi shart.
Maydonchalar va o‘tish joylarining to‘shamalari, shuningdek ularning panjaralari
ishonchli mustahkamlangan bo‘lishi shart. Ta’mirlash vaqtida olib qo‘yilgan panjaralar
va to‘shamalar, ta’mirlash tugagandan keyin darhol joylariga o‘rnatilishi va yaxshilab
mustahkamlanishi shart.
32. Binolarning temir yo‘l transporti va avtomobil transporti harakati zonasiga
chiquvchi barcha darvoza va eshiklari oldida to‘suvchi ustunchalar va panjaralar,
hamda GOST 10807 “Yo‘l belgilari. Umumiy texnik shartlar”ga muvofiq yo‘l belgilari yoki
nurlanuvchi tablolar o‘rnatilgan bo‘lishi shart. Darvozalarda ularning o‘z-o‘zidan
ochilishi yoki yopilishiga yo‘l qo‘ymaydigan fiksatorlar bo‘lishi shart.
Avtomobillar va boshqa transport vositalari uchun korxona hududida va bino ichida
xarakatning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xarakat tezligi belgilangan bo‘lishi shart.
Cheklangan harakat tezligi zonalari, transport vositalari turish va burilish joylari
kunduzi va kechasi yaxshi ko‘rinadigan tegishli yo‘l belgilari bilan ta’minlangan bo‘lishi
shart. Avtomobil transporti kommunikatsiyalar va inshootlar ostidan o‘tish joylarida
balandlik va kenglik gabaritlarini cheklovchi belgilar o‘rnatilgan bo‘lishi shart.
33. Poyezdlar, manevr sostavlari, lokomotivlar harakat qilayotganda, vagonlar
ajratilayotganda harakat boshlanishdan oldin xavfsiz joyga (yo‘l chetiga yoki izlar
orasiga), eng chetdagi relsdan kamida 2 m masofaga chiqib turish lozim.
34. Gaz yo‘llari tagida ustaxonalar, sanitar-maishiy va boshqa xonalarni joylashtirish
man etiladi.
35. Qavatlararo yopmalar, pollar, kanallar va chuqurchalar soz holda saqlanishi shart.
Poldagi barcha teshik joylar to‘sib qo‘yilgan bo‘lishi shart. Quduqlar, kameralar,
chuqurchalar va lyuklarning qopqoqlari va chetlari, hamda kanallarning yopmalari pol
yoki yer bilan bir tekislikda taramlangan temirdan yasalgan va ishonchli
mustahkamlangan bo‘lishi shart.
36. Kameralar va quduqlarda doimo tozalikni saqlab turish, muntazam ravishda suvni
chuqurlardan chiqarib tashlab turish va yo‘laklarda begona narsalar uyulishiga yo‘l
qo‘ymaslik shart.
37. Ishlar bajarilishi mumkinligini tasdiqlovchi dastlabki hisob-kitobsiz qurilish
konstruksiyalarini o‘zgartirish va ularda teshiklar teshish man etiladi.
38. Kanallarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar erkin o‘tishiga xalaqit beruvchi berk
to‘siqlarni o‘rnatish man etiladi.
Ayrim vaziyatlarda, texnologik sharoitlar bo‘yicha kanallarni alohida bo‘linmalarga
ajratish zarur bo‘lsa, masalan, qo‘zg‘almas temir-beton shchitli tayanch o‘rnatishda,
ajratuvchi to‘siqdan oldin va undan keyin yer yuzasiga chiqishlar qilingan bo‘lishi kerak.
39. Har bir korxonada, (sexda, uchastkada) ta’mirlash maydonchalari va ularga ruxsat
etilgan yuklamalar ko‘rsatilgan reja mavjud bo‘lishi kerak. Sexlarda (uchastkalarda)
maydonchalarning chegaralari aniq belgilangan bo‘lishi, ulardagi taxtachalarda ularga
mumkin bo‘lgan yuklamalar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
40. Yoritilish darajasi “Tabiiy va sun’iy yoritish” QMQ 2.01.05 ga mos kelishi shart.
41. Yonuvchi gaz va portlash xavfi bo‘lgan moddalarning bug‘lari kirishi ehtimoli bor
xonalarni yoritish uchun portlashdan himoyalangan yoritish armaturasi qo‘llanilishi
kerak.
Ishlab chiqarish xonalarida avariyaviy yoritish va 12 V li yoritish tarmog‘i bajarilgan
bo‘lishi shart.
42. Ish joylaridagi shovqinlar darajasi “SSBT. Shovqin. Xavfsizlikning umumiy talablari”
GOST 12.1.003 da ko‘rsatilgan yo‘l qo‘yilgan qiymatlardan va energetika korxonalarining


ishlab chiqarish xonalarining tasnifi bo‘yicha metodik ko‘rsatmalarda yo‘l qo‘yilgan
shovqin darajasidan oshmasligi shart.
43. Ish joylarida (vibratsiyani yaratuvchi uskunalardan) yo‘l qo‘yilgan vibratsiya
me’yorlari “SSBT. Vibratsion xavfsizlik. Umumiy talablar” GOST 12.1.012 da ko‘rsatilgan
qiymatlardan oshmasligi shart.
44. Ventilatsiya, havoni konditsionerlash va havoli isitish tizimlari GOST 12.4.021 “SSBT.
Ventilatsiya tizimlari. Umumiy talablar”ga mos bo‘lishlari va sanitariya me’yorlari
talablariga muvofiq belgilangan havo almashuvini ta’minlashlari shart.
45. Korxonalardagi ishlab chiqarish xonalarining ishchi zonasi havosi GOST 12.1.005
“SSBT. Ishchi zonasining havosiga umumiy sanitariya-gigiyena talablari”ga mos bo‘lishi
shart.
46. Har bir korxonadagi sexda (rayonda) “Sexda mehnat sharoitlarining sanitariya-
texnik holati pasporti” olib borilishi shart, unda amaldagi mehnat sharoitlari qayd
etilgan, shuningdek mehnat xavfsizligi me’yorlari, qoidalari, standartlari talablarini
qoniqtirmaydigan ishlab chiqarish uchastkalari va ishchi joylari ko‘rsatilgan bo‘lishi
shart.
47. Har yili mehnat muhofazasi bo‘yicha bitimlar, jamoa shartnomalari tuzilayotganda,
mehnat muhofazasi sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha kompleks rejalar, hamda korxona
jamoasining ijtimoiy rivojlantirish rejalarining tegishli bo‘limlari sanitariya-
sog‘lomlashtirish tadbirlari ishlab chiqilayotganda sanitariya-texnik pasportlarining
ma’lumotlaridan foydalanish shart.
48. Har bir sexda (rayonda) pasportni o‘z vaqtida to‘ldirish uchun kasaba uyushmasi
qo‘mitasi bilan kelishgan holda korxona bo‘yicha buyruq bilan mas’ul shaxslar
tayinlangan bo‘lishi shart.
Sexda (rayonda) pasportni o‘z vaqtida va to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun ushbu bo‘linmaning
boshlig‘i, korxonadapasportlash o‘tkazilishi uchun esa — bosh muhandis javobgardir.
49. Kislota, ishqor, fosfat, reagentlar va boshqa materiallar SNiP-58-85 “Issiqlik elektr
stansiyalari” talablariga muvofiq omborxonalarda saqlanishi shart.
50. Simob ishlab chiqaruvchi korxonaning o‘ramida, simob bug‘lari havoda paydo
bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish xonalariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq
jihozlangan maxsus omborlarda saqlanishi shart.
Omborlarda simobni idishlarga xavfsiz solish va tashish uchun idishlar va moslamalar
zaxirasi bo‘lishi shart. Simobni tashish faqat sinMaydigan idishlarda amalga oshirilishi
shart.
51. Tarkibida yengil alangalanuvchi, portlash xavfi bo‘lgan va zaharli komponentlari
bo‘lgan kimyo moddalari va materiallari boshqa xonalardan ajratilgan holda va “Engil
alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni saqlash uchun ombor korxonalari va
xo‘jaliklarini loyihalash me’yorlari va texnik shartlari”, QMQ 2.04.12 “Ombor binolari va
inshootlari”, ShNQ 2.01.02 “Binolar va inshootlarning yong‘in xavfsizligi” talablariga mos
bo‘lgan maxsus omborlarda saqlanishi shart.
52. Ishlab chiqarish xonalarida benzin, kerosin, spirt, nitrobo‘yoqlar, erituvchilar,
suyultiruvchilar va yengil alangalanuvchi materiallarni saqlash man etiladi, ularning
sutkalik talab chegarasidagi oz miqdori bundan istisno. Bu materiallarning miqdori va
saqlash joylari mahalliy yong‘indan saqlash organlari bilan kelishilgan bo‘lishi shart.
Materiallar mustahkam metall taralarda maxsus sex omborlarida saqlanishi shart,
ularning eshiklarida chekish taqiqlanadi va ochiq olov qo‘llanilishi man etilgani
to‘g‘risida xavfsizlik belgilari osib qo‘yilgan bo‘lishi shart. Belgilar GOST 12.4.026 “SSBT.
Signal ranglari va xavfsizlik belgilari” talablariga mos bo‘lishi shart.
Ish joylarining yaqinida moylash materiallarini maxsus metall idishlarda va
moylagichlarda saqlashga ruxsat etiladi.
Engil alangalanuvchi materiallar ishlab chiqarish xonalaridan tashqarida maxsus
omborlarda saqlanishi shart. Bu omborlarning eshiklarida oson alangalanuvchi


moddalar mavjudligi va ochiq olov qo‘llanilishi va chekish man etilishi to‘g‘risida
ogohlantiruvchi xavfsizlik belgilari osib qo‘yilgan bo‘lishi shart.
53. Ko‘p bo‘lmagan miqdorda (2 — 3 litrgacha) ishqorlar va kislotalar (plavik kislotasi
bundan istisno) zichlab yopilgan probkali shisha tarada (butilkalarda) ventilatsiya bilan
jihozlangan alohida xonalarda saqlanishi kerak.
Plavik kislotani polietilenli idishlarda yoki parafinlangan butilkalarda saqlash kerak.
Butillar savatlarda yoki yog‘och panjaralarda joylashtirilgan bo‘lishi shart. Butil va
panjara oralig‘i yog‘och payraha yoki somon bilan to‘ldirilishi shart. Sulfat va azot
kislotali butillarni saqlash uchun yog‘och materiallardan foydalanishga, ularni olovdan
himoyalash tarkibi bilan ishlov berilgandan keyin ruxsat beriladi.
Kislota bilan to‘ldirilgan shisha butillar o‘rnatilgan korzinalar (panjaralar) yerda bir
qator o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Ularning har biri kislota nomi yozilgan yorliq bilan
ta’minlangan bo‘lishi shart.
Kislotadan bo‘shatilgan shisha butillar xuddi shunday sharoitlarda saqlanishi zarur.
54. Elektr stansiyasining ishlab chiqarish sexlarida elektr payvandlash uskunalarni
o‘rnatish joylari ko‘zda tutilgan bo‘lishi va gazelektrpayvandlash ishlarini bajarish
uchun markazlashtirilgan taqsimlash tarmoqlari mavjud bo‘lishi shart.
55. Xonalardan tashqarida ta’mirlash ishlari o‘tkazilayotgan joylardagi materiallar,
buyumlar, uskunalar va ularning detallari tekislangan va shibbalangan maydonchalarda
tartib bilan joylashtirilgan bo‘lishi shart, ularni qish vaqtida qor va muzdan tozalab
turish kerak. Ko‘rsatilgan buyumlarni o‘z holatidan siljib ketishining oldini olish
choralari ko‘rilishi shart.
Qiyalik joylarda materiallar joylashtirilganda maydonchalarni yer yuzasidagi suvlardan
himoyalash choralari ko‘rilgan: bo‘lishi shart.
Materiallar va uskunalardan kotlovanlar va transheyalar chetigacha masofa qiyalik
mustahkamligini hisobga olib belgilanadi, biroq u 1 m dan kam bo‘lmasligi shart.
56. Yuklarni vaqtincha saqlash joylarida shtabellarga taxlash GOST 12.3.009 “SSBT.
Yuklarni ortish-tushirish ishlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq amalga
oshirilishi shart.
57. Maydonchalarda yuklar quyidagi tartibda joylashtirilishi shart:
taglikda paketlardagi g‘isht — ikki yarusdan ortiq bo‘lmagan holda, konteynerlarda —
bir yarusda, konteynerlarsiz — 1,7 m balandlikdan oshmagan to‘plarda;
plitka materiallari (asbotsementli plitkalar, to‘lqinsimon asbotsement listlari va yassi
asbotsement listlari) — 1 m balandlikdagi to‘plarda;
mayda navli metall — balandligi 1,5 m dan ortiq bo‘lmagan stellajlarda;
yirik gabaritli va og‘ir vaznli uskunalar va ularning qismlari — tagliklarda bir qatorda;
qora prokat metallar (varaqli po‘lat, shvellerlar, ikki tavrali balkalar, navli po‘lat) —
tagliklar va qistirmalar bilan balandligi 1,5 m gacha shtabellarda. Metalli varaqlarni yon
boshlab o‘rnatish man qilinadi;
issiqlik izolatsiyasi materiallari — yopiq quruq xonalarda saqlanishi sharti bilan,
balandligi 1,2 m gacha bo‘lgan shtabellarda;
diametri 300 mm gacha bo‘lgan quvurlar — tagliklari oxirida cheklagichlar bilan
balandligi 3 m gacha bo‘lgan shtabellarda;
diametri 300 mm dan ortiq bo‘lgan quvurlar — egar qilib oraliq qistirmasiz balandligi 3
m gacha bo‘lgan shtabellarda.
Quvurlarning pastki qatori tagliklarga o‘rnatilgan, inventar metall bashmaklar bilan
yoki oxirida cheklagichlar bilan mustahkamlangan, ular esa tagliklarda ishonchli
mahkamlangan bo‘lishi shart.
58. Ishlarni bajarish uchun yer ostida o‘tgan quvurlarning ochilgan kameralari va
uchastkalari inventar shchitlar bilan to‘silgan bo‘lishi shart, ularda GOST 10807 — 78
“Yo‘l belgilari. Umumiy texnik shartlar” talablariga muvofiq yo‘l belgilari osib qo‘yilgan
bo‘lishi shart.


To‘siqlar GOST 12.4.026 — 76 “SSBT. Signal ranglari va xavfsizlik belgilari” bo‘yicha
signal ranglariga bo‘yalgan bo‘lishi shart.
Shchitlardagi signal yo‘l belgilari va signal lampalari avtotransport va yo‘lovchilar o‘tishi
mumkin bo‘lgan barcha taraflardan to‘silgan joylarni yaxshi ko‘rinishini ta’minlashi
shart.
59. Ishlab chiqarish xonalarining ishchi zonasidagi havoda zararli moddalarning tarkibi,
mazkur Qoidalarning 2-ilovasida belgilangan chegaraviy yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan
konsentratsiyadan ortiq bo‘lmasligi shart.
60. Xonalarda yonuvchi gazning konsentratsiyasi, uning alangalanishi pastki
chegarasining 1/5 dan oshmasligi lozim. Havoda yonuvchi gazlarning alangalanish
chegaralari mazkur Qoidalarning 3-ilovasida keltirilgan.
61. Korxonaning bosh muhandisi (issiqlik tarmog‘i rayonining boshlig‘i) tasdiqlaydigan
barcha gaz xavfi bor joylar, shuningdek zararli moddali xonalarning ro‘yxati tuzilgan
bo‘lishi shart.
Ushbu xonalarga kirish oldida zararli moddalar mavjudligi va yong‘in va portlash xavfi
to‘g‘risida ogohlantiruvchi xavfsizlik belgilari osib qo‘yilgan bo‘lishi shart. Xavfsizlik
belgilari GOST 12.4.026 — 76 “SSBT. Signal ranglari va xavfsizlik belgilari” bo‘yicha signal
ranglariga bo‘yalgan bo‘lishi shart.
62. Hududda va ishchi xonalarda tozalikka rioya qiliniishi shart.
To‘kilgan yoki oqib tushgan suyuqliklar zarur bo‘lganda neytrallashtirilishi va olib
tashlanishi, ular to‘kilgan joylar esa artilishi shart.
Devorlar, deraza tokchalari, qoplamalar, zinalar, uskunalarning yuzalari va chang
o‘tirib qolgan boshqa joylar chang so‘rib oluvchi qurilmalar yoki ho‘llangan latta bidan
mahalliy yo‘riqnoma bilan belgilangan jadval bo‘yicha tozalanishi shart.
Xonalarni va uskunalarni tozalashda yonuvchi moddalarni (benzin, kerosin, atseton va
b.) qo‘llash man etiladi.
63. Ishlab chiqarish xonalarida toza va kirlangan artish materiallari uchun alohida
bo‘limli yopiladigan metall yashiklar o‘rnatilgan bo‘lishi shart. Kirlangan artish
materiallarini yashiklardan har kuni olib tashlash shart.
64. Korxonada yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablar ShNK 2.01.02 -04
“Binolar va inshootlarning yong‘in xavfsizligi” va GOST 12.1.004 “SSBT. Yong‘in
xavfsizligi. Umumiy talablar”ga mos kelishi shart.
Hududda va xonalarda “Energetika korxonalari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari”ga
muvofiq yong‘inni o‘chirish uchun zarur bo‘lgan vositalar mavjud bo‘lishi shart.
Yong‘inni o‘chirish vositalari “Energetika korxonalari uchun yong‘in xavfsizligi
qoidalari” va “Yong‘inni o‘chirish birlamchi vositalarini saqlash va qo‘llash
yo‘riqnomasi” talablariga muvofiq bo‘lishi shart.
65. Hududda va ishlab chiqarish xonalarida faqat maxsus ajratilgan joylarda chekishga
ruxsat etiladi.
Rezervuarlar, kameralar, quduqlar va kanallarda, shuningdek ochiq lyuklar yaqinida
chekish man etiladi.
66. Ishlab chiqarish xonalarida bog‘lash materiallari va medikamentlar bilan butlangan
aptechkalar mavjud bo‘lishi shart. Aptechkalar toza va batartib saqlanishi, materiallar
va medikamentlarning zaxiralari muntazam ravishda to‘ldirib turilishi shart.
Aptechkada zarur bo‘lgan materiallar va medikamentlarning ro‘yxati, shuningdek ularni
qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar mavjud bo‘lishi shart. Aptechkalarni o‘rnatish joyini sex
(rayon, uchastka) ma’muriyati medpunkt bilan kelishish bo‘yicha belgilaydi.
67. Ishlab chiqarish xonalarida xavfsiz ishlash usullarini va birinchi yordam ko‘rsatish
qoidalarini namoyish etuvchi plakatlar osib qo‘yilgan bo‘lishi shart.
68. Ishlab chiqarish xonalarida ish joyining yaqinida, sanitar me’yorlari talablariga
muvofiq, fontanchalar (yoki ichimlik suvi solingan idishlar) bo‘lishi shart.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish