Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash haqida


Ishdagi tanaffuslarni rasmiylashtirish



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/91
Sana09.02.2022
Hajmi0,61 Mb.
#438533
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91
Bog'liq
Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xa

Ishdagi tanaffuslarni rasmiylashtirish
A. Ish kuni davomida tanaffuslar
172. Ish kuni davomidagi tanaffus vaqtida (ovqatlanish, ish sharoiti tufayli) brigada ish
joyidan chiqariladi va naryad ishboshida qoldiriladi.


Brigada a’zolarining hech biri tanaffusdan keyin ishlashni mustaqil boshlashga
huquqiga ega emas. Bunday tanaffusdan keyin ishboshi, naryadni rasmiylashtirmagan
holda brigadani ishlashiga mustaqil ijozat beradi.
173. Brigada ishlashining tanaffusida ham, ish kuni davomida ham navbatchi xodimlar
ishni bajarishga ta’sir etuvchi xavfsizlik choralariga nisbatan qurilmaning sxemasiga
o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega emas va faqat avariyaviy vaziyatlarda sex
(rayon)ning ma’muriyatiga ma’lum qilgan holda sxemani o‘zgartirish yoki ta’mirlash
brigadasi bo‘lmaganida qilingan o‘zgartirishlar haqida ish boshi va ish rahbariga
qilingan o‘zgartirishlar haqida darhol xabar bergan holda ta’mirlashga chiqarilgan
uskunani ishga ulashga ruxsat etiladi. Ishboshi kelguncha va u naryadni qaytarib
berguncha ish bajarilayotgan joyda brigada ishni davom ettirishiga majburan yo‘l
qo‘ymaydigan shaxslar qo‘yilishi kerak.
174. Ta’mirlash to‘la tugatilguncha uskunalarni ishlatib ko‘rishga ulash, brigada ish
joyidan chiqarilib, ish rahbari sexning (rayon) navbatchi xodimlaridan mas’ul shaxsga
naryadni qaytarib bergandan keyin, kundalik ish tugatilishi jadvalida rasmiylashtirgan
holda vaqtinchalik to‘siqlar, qulflovchi qurilmalar va xavfsizlik belgilari olingandan
keyin amalga oshirilishi mumkin.
Ishlatib ko‘rishga ulangandan keyin ish joyini tayyorlash va brigadaga ishlashga ijozat
berish yangidan amalga oshiriladi. Bu holda ish rahbari, naryadning ish boshi imzo
chekadigan satrida imzo chekadi, ish joyini qayta tayyorlashda ishtirok etgan boshqa
sexlar (uchastkalar)ning navbatchi xodimlari esa naryad bo‘yicha ijozat beruvchi satrida
imzo chekadilar.
175. Kompleks ta’mirlash vaqtida issiqlik mexanik uskunalarning ayrim elementlari va
uchastkalarini ishlatib ko‘rish (sinash, bosim bilan tekshirish va b.) quyidagi shartlarga
rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
butun agregat, issiqlik tarmog‘ining bir necha uchastkalari uchun berilgan umumiy
naryad, ularning elementlari yoki ayrim uchastkalarini ishlatib ko‘rish vaqtida ish
rahbarida qoldiriladi;
ishlatib ko‘rish, ekspluatatsion bo‘linmaning rahbari tomonidan (ta’mirlash
bo‘linmasining) ish rahbari bilan birgalikda tuzilgan, korxonaning bosh muhandisi
tomonidan tasdiqlangan dastur bo‘yicha bajariladi. Dasturda quyidagilar ko‘rsatiladi:
ishlatib ko‘rishning texnologik tartibi, sinashda ishtirok etayotgan xodimlarni joylarga
qo‘yilishi;
ishlatib ko‘rilayotgan uchastkada ishlarni to‘xtatishi va naryadni topshirilishi bilan ish
joyidan chiqarilishi kerak bo‘lgan brigadalar;
yondosh va qo‘shni uchastkalarda naryadlar va oraliq naryadlar bo‘yicha ishni davom
ettirishga ruxsat berilgan brigadalar va tegishli uchastkalarda ishlatib ko‘rish
o‘tkazilganda va ishlarni davom ettirishda xavfsizlikni ta’minlovchi choralar;
ishlatib ko‘rish elektr stansiyasi smena boshlig‘ining (issiqlik tarmog‘i navbatchi
dispetcherining) ruxsati bilan, sex smenasi boshlig‘i (issiqlik tarmog‘i rayoni operativ -
ta’mirlash xodimlarining mas’ul shaxsi) va oraliq naryad bo‘yicha ish rahbarining
bevosita rahbarligi ostida amalga oshirilishi kerak;
ishlatib ko‘rilayotgan element yoki uchastkadagi barcha ishlar to‘xtatiladi, brigadalar ish
joyidan chiqariladi va oraliq naryad ishlashda tanaffusni rasmiylashtirgan holda ijozat
beruvchiga topshiriladi;
yondosh uchastkalarda ishlayotgan brigadalar, mazkur uchastkalarni ishlatib
ko‘rilayotgan uskunadan ishonchli uzilishi va to‘silishi hamda ishlovchilarning
xavfsizligi ta’minlanishi sharti bilan ishlashni davom ettirishlari mumkin;
quyidagilar ishlatib ko‘rilayotgan element yoki uchastkaning ishonchli uzilishi uchun
yetarli choralar bo‘lib hisoblanadi: qopqoqlar (tiqinlar) o‘rnatilishi, sxemani qismlarga
ajratilishi va yopuvchi armaturalarni (shiberlar, zadvijkalar, teskari klapanlar va b.)
ishonchli yopilishi.


176. Elektr yuritmali aylanuvchi mexanizmlarni muvozanatlash, elektr filtrlarining
seksiyalarini ishlatib ko‘rish va elektr uskunalarni tez-tez ulash bilan bog‘liq bo‘lgan
boshqa ishlarni, naryadda tanaffuslarni rasmiylashtirilmasdan, lekin har gal elektr
uskunalarini uzish bo‘yicha zarur texnikaviy tadbirlarni aniq bajarish sharti bilan
amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Elektr uskunalarni ulash va kuchlanish ostida bo‘lishi davrida naryad navbatchi
xodimlarda bo‘lishi kerak.
Ishlar ish rahbarining bevosita nazorati ostida bajarilishi kerak. Uning elektr sexi
smenasining boshlig‘i yoki elektr stansiya smenasining boshlig‘i (issiqlik tarmog‘ining
navbatchi dispetcheri) orqali talabi bo‘yicha elektr sexining xodimlari elektr sxemani
qismlarga ajratishi va yig‘ishi kerak. Mexanizmlarni ulash va uzilishini, ushbu
mexanizmlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish