boshlig‘i (navbatchi dispetcher) ruxsati yoki farmoyishi bo‘yicha elektrotexnik xodimlar
tarmoqdan uzadi.
158. Dispetcher talabnomasiga ko‘ra ta’mirlash uchun tarmoqdan uziladigan
uskunalarda naryad bo‘yicha, shuningdek butun agregatga yoki uskunalar uzeliga
berilgan umumiy naryadlar bo‘yicha birinchi marta ishlashga ijozat berish, elektr
stansiya smena boshlig‘ining (issiqlik tarmog‘i navbatchi dispetcherining)
ruxsati bilan
amalga oshiriladi, bu to‘g‘risida ishlashga ijozat berishdan oldin naryadning tegishli
satriga belgi qo‘yilishi kerak.
159. Ishlashga ijozat berishdan oldin ish rahbari va ishboshi ijozat beruvchi bilan
birgalikda, naryadda ko‘rsatilgan, ish joylarini tayyorlash bo‘yicha zarur tadbirlar
bajarilganini tekshiradilar.
160. Ijozat beruvchi yo‘riqnoma berayotganida ta’mirlanayotgan sxemaning va qo‘shni
uchastkalarning qaysi uskunalari kuchlanish yoki bosim ostida qolayotgani,
qaysisi
yuqori haroratda, shuningdek qaysisi yong‘inga, portlashga xavfliligi va h.ni ko‘rsatadi,
hamda ish rahbari va ishboshida xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha bilimi
tekshirilganligi to‘g‘risida guvohnomasi mavjudligini va uning amal qilish muddatini
tekshiradi va ularga ishlashiga ijozat beradi.
Guvohnoma mavjud bo‘lmasa yoki xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha bilimini
navbatdagi tekshirish muddati o‘tib ketgan bo‘lsa ishlashga ijozat berish man etiladi.
161. Ish joylari tayyorlanishini tekshirish va naryad bo‘yicha ishlashga ijozat berish
naryadning tegishli satrlarida ijozat beruvchi, ish rahbari va ishboshining imzolari bilan
rasmiylashtiriladi.
Naryad va oraliq naryad bo‘yicha birinchi marta ishlashga ijozat berish har kuni
ishlashga ijozat berish
jadvalida rasmiylashtiriladi; umumiy naryad bo‘yicha bunday
rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
Naryadning bir nusxasi ishboshiga beriladi, ikkinchi nusxasi ijozat beruvchida qoladi va
amaldagi naryadlar papkasida saqlanadi yoki saqlash uchun rayon bo‘yicha navbatchiga
beriladi (issiqlik tarmog‘i uchun).
Umumiy naryad bo‘yicha ishlashga ijozat berish, agarda naryadga bir nechta ishboshilar
kiritilgan bo‘lsa, faqat ijozat beruvchi va ish rahbari imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
Umumiy naryadning bir nusxasi ish rahbariga beriladi.
162. Brigada a’zolarining xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha bilimlari tekshirilgani
to‘g‘risida guvohnomalar tekshirilishini, yo‘riqnoma berilishini va ishlashga ijozat
berilishini naryad, oraliq naryadi bo‘yicha rahbar o‘tkazadi. Agar xavfsizlik texnikasi
qoidalari bo‘yicha bilimlar tekshirilishini navbatdagi muddati o‘tib ketgan bo‘lsa,
ishchilar brigada tarkibidan chiqariladi.
Ishboshi brigadaning har bir a’zosini ishlashiga ijozat va yo‘riqnoma berilishini bevosita
uning ishlash joyida amalga oshiradi.
163. Naryad olinayotganda navbati xodimda yoki ishboshida
qandaydir shubha paydo
bo‘lsa, ular ish rahbaridan yoki naryadni bergan shaxsdan tushuntirishni talab qilishlari
majburdirlar. Noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan naryad bo‘yicha ishlashga ijozat berish man
etiladi.
164. Ishlashga birlamchi ijozat berish sanasi naryadda ko‘rsatilgan ishni boshlash
sanasiga mos bo‘lishi kerak, uskunalarni ta’mirlashga chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan
ishlarga naryad bundan istisno.
Alohida vaziyatlarda (uskunalarni ta’mirlashga chiqarish kechiktirilganligi, avariyaviy
holat va b.) 1-2 kunga mos kelmaslikka yo‘l qo‘yiladi.
165. Elektr dvigatellari bilan harakatga keltiriladigan uskunalarni (ventilyatorlar,
tegirmonlar, nasoslar, filtrlar va b.), shuningdek elektr filtrlarni
mexanik qismlarini
ta’mirlash va seksiyalarni tozalash uchun naryadlar bo‘yicha ishlashga ijozat berish,
ta’mirlanayotgan uskuna tasarrufida bo‘lgan sex (rayon)ning navbatchi xodimlari
tomonidan amalga oshiriladi.
166. Boshqa sexlarga, bo‘linmalarga qarashli bo‘lgan, biroq issiqlik mexanikasi
uskunalari bilan bog‘liq bo‘lgan yoki issiqlik quvvatlari sexlari (issiqlik tarmog‘i rayoni)
hududida yoki xonalarida joylashgan, yopiq taqsimlash
qurilmalaridan tashqari
uskunalarni (elektr dvigatellari, qurilmalari shkaflari, payvandlash apparatlari, yoritish
armaturalari, issiqlik avtomatikasi va o‘lchash uskunalari va b.) ta’mirlash uchun ish
joyini tayyorlash, zarur bo‘lgan xavfsizlik choralarini bajarish va ishlashga ijozat berish,
har kuni qozon-turbina sexining smena boshlig‘ining (issiqlik tarmog‘ining navbatchi
dispetcheri) ruxsati bilan, ushbu uskunalar tasarrufida bo‘lgan bo‘linmalarning
xodimlari tomonidan amalga oshiriladi, bu to‘g‘risida operativ jurnalida yozib qo‘yilishi
kerak.
167. Qozon — turbina sexining (issiqlik tarmog‘ining rayoni) bitta uchastkasida boshqa
sexlar va pudrat tashkilotlarning bir nechta brigadalari bir vaqtda ishlashiga birinchi
marta ijozat berish, o‘zining sexi (rayoni) boshlig‘i
va elektr stansiyaning smena
boshlig‘ining (issiqlik tarmog‘i navbatchisining) ruxsati bilan, qozon — turbina sexi
smena boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi, bu to‘g‘risida operativ jurnalida yozib
qo‘yilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: