§ 4. Ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy tadbirlar
§1. Naryad - ijozat, farmoyish
108. Uskunalarda ishlar yozma naryad — ijozat va og‘zaki farmoyishlar (bundan keyin
qisqa ifodalash uchun “og‘zaki farmoyish” — “farmoyish” deb ataladi) bo‘yicha
bajariladi.
109. Uskunalarni ta’mirlashda ishlash xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy tadbirlar
quyidagilardan iborat:
ishni naryad-ijozat yoki farmoyish bilan rasmiylashtirish;
ishlashga ijozat berish;
ish vaqtida nazorat qilish;
boshqa ish joyiga o‘tkazish;
ishdagi tanaffuslarni rasmiylashtirish;
ish tamom bo‘lishini rasmiylashtirish.
110. “Naryad— ijozat” — ishni xavfsiz bajarilishi uchun ishning mazmuni, joyi, vaqti va
uni bajarish sharoitlari, zarur xavfsizlik choralari, brigada tarkibi va xavfsizlik uchun
javobgar shaxslarni belgilab beruvchi yozma farmoyish.
Naryad — ijozatni shakli (bundan keyin qisqa ifodalash uchun “naryad”) mazkur
Qoidalarning 5-ilovasida keltirilgan. Naryad — ijozatning ushbu shakli gidromexanika
uskunalari va gidrotexnika inshootlarida, issiqlik mexanikasi uskunalarida o‘rnatilgan
issiqlik avtomatikasi, o‘lchashlar va himoya qurilmalarida ishlar o‘tkazilayotganda xam
qo‘llanilishi kerak. Naryad — ijozat rasmiylashtirilayotganda, tegishli xavfsizlik texnikasi
qoidalariga nazarda tutilgan hollarda elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhi ko‘rsatiladi
Ta’mirlash ishlari hajmi va ularning bajarilishini tashkil qilinishiga bog‘liq holda naryad
blanki quyidagi ko‘rinishda rasmiylashtirilishi mumkin:
naryad elektr stansiyaning yoki issiqlik tarmog‘ining issiqlik mexanikasi uskunalarining
bir ish joyida qandaydir ma’lum bir ishni bajarish yoki ulanish sxemasidagi bir nechta
bir turdagi ishlarni ketma-ket bajarish uchun;
butun agregatda, bir nechta ish joylarida yoki issiqlik tarmog‘ining bir nechta
uchastkalarida ishlarni bajarish uchun umumiy naryad;
agregatning alohida uzellarida va uning yordamchi uskunalarida, issiqlik tarmog‘ining
alohida ish joylarida yoki uchastkalarida ishlarni bajarish uchun oraliq naryadi faqat
umumiy naryad mavjudligida beriladi.
111. Gazdan xavfli ishlar “Gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalari” talablarga muvofiq
o‘tkaziladi.
Gazdan xavfli ishlar, bunday ishlarni bajarish uchun beriladigan naryad-ijozat bo‘yicha
o‘tkaziladi (mazkur Qoidalarining 6-sonli ilova).
112. Suvosti ishlari suvosti ishlarini bajarishga “Suvosti ishlardagi mehnat xavfsizligi
umumiy qoidalari (SIXUQ)” talablariga muvofiq beriladigan naryad bo‘yicha bajariladi.
113. Naryadning amal qilish muddatini, naryadni beruvchi shaxs belgilaydi (umumiy
naryad), lekin uning amal qilish muddati uskunaning tasdiqlangan ta’mirlash jadvalidan
ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Agar naryadni amal qilish muddati tugagan bo‘lsa, ta’mirlash esa tugatilmagan bo‘lsa,
naryad muddatini naryad ushbu naryadni bergan shaxs, u bo‘lmagan holda esa
naryadni berish huquqiga ega bo‘lgan shaxs, ta’mirlash to‘la tugatilishigacha bo‘lgan
muddatga uzaytirishi mumkin. Bunda naryadning ikkala nusxasining “Naryad
uzaytirildi” satrida naryadning yangi amal qilishi to‘g‘risida yozib qo‘yiladi. Naryadni
faqat bir marta uzaytirishga ruxsat etiladi.
Oraliq naryadlarning amal qilish muddati umumiy naryad muddatidan ortiq bo‘lmasligi
kerak.
114. Naryadlar bo‘yicha quyidagi ishlar bajariladi:
qozon agregatlarini ta’mirlash (o‘choqlar, barabanlar ichida, konventiv qizitish
yuzalarida, elektr filtrlarida, gaz yo‘llarida, havo uzatgichlarida, chang tayyorlash,
kultutgich va kulni chiqargich tizimlarida);
turbinalar va ularning yordamchi uskunalarini (kondensatorlar, issiqlik almashuvi
apparatlari, moy tizimlari) ta’mirlash;
konveyerlar, tasmali konveyerlardan yoqilg‘ini tashlab yuboruvchi qurilmalar
ta’minlagichlar, elevatorlar, maydalagichlar, sim g‘alvirlar, vagonag‘dargichlar,
bagerlarni ta’mirlash;
elektromagnit separatorlar, tasmali konveyerlar, konveyer tarozlari, payraxa va ildiz
tutgichlar, shuningdek, qattiq yoqilg‘ining mexanizatsiyalashtirgan namuna olgichlarini
ta’mirlash;
mazut xo‘jaligidagi ta’mirlash ishlari;
(ta’minlagich, kondensat, sirkulatsion, tarmoq, qo‘shimcha ta’minlash va boshqa)
nasoslar va qorishtirgichlarni ta’mirlash;
aylanuvchi nasoslarni (puflash va tegirmon ventilyatorlari, tutun so‘rgichlar,
tegirmonlar va b.) ta’mirlash;
uskunalarda, ishlab turgan uskunalar zonasida va ishlab chiqarish xonalaridagi olovli
ishlar;
quvurlarda qopqoqlarni (tiqinlari) o‘rnatish va echib olish (harorati 45° S dan past
bo‘lgan suv quvurlaridan tashqari);
yuk ko‘taruvchi mashinalarni (g‘ildirakli va o‘zi yuruvchi zanjirlidan tashqari, kran
aravachalari, kranosti yo‘llari, skreper qurilmalari, qayta yuklagichlar, ko‘targichlar,
funikulerlar, kanat yo‘llari) ta’mirlash;
uskunalarni montaj va demontaj qilish;
asboblar uchun gilzalar va. shtutserlarni o‘yib joylashtirish, sarf o‘lchagichlarning
o‘lchash diafragmalarni o‘rnatish va echib olish;
uskunalarning to‘xtatilishi, unumdorligini cheklash hamda sxemasi va ishlash rejimini
o‘zgartirishni talab qiluvchi avtomatik rostlash, masofadan boshqarish, himoya,
signalizatsiya va nazorat qilish apparatlarini o‘rnatish, echib olish, tekshirish va
ta’mirlash;
quvurlarni va quvurlardan echib olmasdan armaturalarni ta’mirlash, impuls
liniyalarini (gaz-, mazut- moy- va bug‘ quvurlarini, yong‘in o‘chirish quvurlarini, drenaj
liniyalarini, zaharli va agressiv muhitli quvurlarni, harorati 45 °S dan yuqori bo‘lgan
issiq suv quvurlari) ta’mirlash va almashtirish;
asosiy va yordamchi uskunalarni: tavsiflarini olgan holda avtomatika, himoya,
signalizatsiya sxemalarini kapital ta’mirlashdan keyin yoki montaj va sozlashdan keyin
texnologik himoyalarni kompleks ishlatib ko‘rish va avtomatika to‘plamlarini sinash;
datchiklarni montaj qilish va sozlash bilan bog‘liq ishlar;
issiqlik quvurlarini ta’mirlashga chiqarish;
quvurlarni gidropnevmatik yuvish;
issiqlik tarmog‘ining issiqlik tashuvchisini hisoblangan bosimga va hisoblangan
haroratga sinash;
gazlanish, portlash va elektr toki bilan shikastlanish xavfi bo‘lgan hamda kirish uchun
cheklangan joylardagi ishlar;
kameralar, quduqlar, apparatlar, bunkerlar, rezervuarlar, baklar, kollektorlar, tunellar,
quvurlar, kanallar va chuqurlarda, turbina kondensatorlarida va boshqa metall
sig‘imlaridagi ishlar;
uskunalar defektoskopiyasi;
uskunalarni kimyoviy tozalash;
zanglashga qarshi qoplamalar qo‘yish;
issiqlik izolatsiyasi ishlari;
transheyalar, kotlovanlarning mahkamlagichlarini va havozalarini qismlarga ajratish va
yig‘ish;
yer osti kommunikatsiyalari joylashgan zonalarda yer qazish ishlari;
filtrlarni ochish bilan bog‘liq bo‘lgan filtrlovchi materiallarni yuklash, qo‘shimcha
yuklash va tushirish;
xlorator, gidrazin va ammiak qurilmalarida ta’mirlash ishlari;
g‘avvoslik ishlari;
suzuvchi vositalarida o‘tkaziladigan ishlar;
suvni olish inshootlarini ta’mirlash (ishlayotgan vaqtda xodimlarni suvga tushib ketish
ehtimoli bo‘lgan ishlar);
tutun mo‘rilari, gradirnyalar, inshootlar va binolarni ta’mirlash.
115. Mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, naryadlar bo‘yicha bajarilayotgan ishlar
ro‘yxatiga, korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan qo‘shimcha ishlar
kiritilishi mumkin.
116. Naryadlarni berish huquqi, ushbu uskunalar qarmog‘ida bo‘lgan, bilim
tekshirilishidan o‘tgan, mustaqil ishlashga ijozat berilgan va naryadlarni berish
huquqiga ega bo‘lgan muhandis texnik xodimlariga beriladi.
Korxonada ko‘rsatilgan shaxslar yo‘q bo‘lgan vaqtda naryadni berish huquqi elektr
stansiya smena boshlig‘iga va issiqlik tarmog‘ining navbatchi dispetcheriga beriladi,
agar ular o‘zi bergan naryad bo‘yicha ijozat beruvchi bo‘lmasalar. Naryadni berish
huquqiga ega bo‘lgan navbatchi xodimlar, ushbu huquqqa ega bo‘lgan ro‘yxatga
kiritilgan bo‘lishi kerak.
117. Naryad berish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati korxona bosh muhandisi
tomonidan tasdiqlanishi kerak. Ro‘yxatlarga shaxslar tarkibi o‘zgarganda tuzatishlar
kiritilishi kerak. Ro‘yxatlarning nusxalari sexlar (bloklar) smenalari boshlig‘ining, rayon
bo‘yicha navbatchining ish joyida bo‘lishi kerak.
118. Korxonaning boshqa sexlariga (uchastkalariga) qarashli, biroq issiqlik texnikasi
uskunalari bilan bog‘liq bo‘lgan yoki issiqlik quvvati qurilmalarida va ularni yaqinida
joylashgan uskunalarni (elektr dvigatellari, issiqlik nazorati uskunalari va h.) ta’mirlash
uchun naryadlarni berish, ushbu uskunalar tasarrufida bo‘lgan shaxslar tomonidan,
lekin ushbu uskuna joylashgan hududning sex smenasi boshlig‘ining ruxsati bilan
amalga oshiriladi. Ruxsat naryadning chetida imzolangan bo‘lishi kerak.
119. Uskunalar, ta’mirlash korxonasining (sexining, uchastkasining) xodimlari
tomonidan kompleks ta’mirlanganda butun agregat uchun, issiqlik tarmog‘ining bir
nechta ish joylari yoki uchastkalari uchun umumiy naryad berilishiga ruxsat etiladi.
Umumiy naryad berilishiga ruxsat etilgan uskunalar va sxema uchastkalarining ro‘yxati,
ular tasarrufida bo‘lgan sex (rayon) rahbari tomonidan tuzib chiqilishi, ta’mirlash sexi
(xizmati, uchastkasi) rahbari bilan kelishilishi va korxona bosh muhandisi tomonidan
tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Umumiy naryadni berish huquqi ushbu uskuna tasarrufida bo‘lgan sex (rayon) boshlig‘i
yoki uning o‘rinbosariga taqdim etiladi.
Umumiy naryadlar bo‘yicha ish rahbari qilib elektr stansiya va issiqlik tarmoqlarining
ta’mirlash sexlarini (xizmatlari, uchastkalari) muhandis-texnik xodimlaridan
tayinlanadi. Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarida ta’mirlash sexlari (xizmatlar,
uchastkalar) bo‘lmasa, umumiy naryadlar bo‘yicha ish rahbarlari ta’mirlash korxonasi
xodimlaridan tayinlanadi.
120. Umumiy naryad bo‘yicha ishlar bajarilganda oraliq naryadlar berilishi kerak.
Oraliq naryadlarni berish huquqi umumiy naryad bo‘yicha ish rahbariga taqdim etiladi.
121. Naryadlar va farmoyishlar bo‘yicha ish rahbari va ish boshi qilib tayinlashi
mumkin bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanishi
va shaxslar tarkibi o‘zgarganda unga tuzatishlar kiritilishi kerak. Ushbu ro‘yxatlarning
nusxasi sexning smena boshlig‘ining (rayon bo‘yicha navbatchining) ish joyida bo‘lishi
kerak.
122. Umumiy naryad bo‘yicha ish rahbari va ishboshi bo‘lishi mumkin bo‘lgan pudrat
(ta’mirlash, sozlash, montaj va (5.) tashkilotlarini (matn bo‘yicha bundan keyin “pudrat
tashkilotlari”) shaxslarining ro‘yxati, mazkur tashkilotlarning bosh muhandislari
tomonidan tasdiqlanishi va ushbu uskunalar tasarrufida bo‘lgan korxonalarga berilishi
kerak. Shaxslar tarkibi o‘zgarganda ko‘rsatilgan ro‘yxatlarga o‘z vaqtida o‘zgartirishlar
kiritilishi kerak.
Pudrat tashkilotlarining xodimlariga ish rahbari sifatida ishlash huquqini taqdim etilishi
elektr stansiyasi yoki issiqlik tarmog‘ining rahbariyati tomonidan farmoyish hujjati bilan
rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak.
123. Ish joylarini tayyorlash bo‘yicha texnik tadbirlar o‘tkazilishini talab qilmaydigan va
114-bandida ko‘rsatilmagan ishlar farmoyish bo‘yicha bajarilishi mumkin.
Farmoyish bo‘yicha bitta odam tomonidan bajariladigan ishlar ro‘yxati mahalliy
sharoitlardan kelib chiqib belgilanishi va korxonaning bosh muhandisi tomonidan
tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
124. Farmoyishlar berish huquqi naryadlar berish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga
taqdim etiladi.
125. Farmoyishlar bevosita yoki aloqa vositalari orqali beriladi va mazkur Qoidalarning
talablariga muvofiq bajariladi.
Farmoyish bir martalik xususiyatga ega bo‘lib, uning amal qilish muddati bajaruvchilar
ish kunining davomiyligi bilan belgilanadi.
Ishlar davom ettirilishi zarur bo‘lganda, farmoyish yangidan berilishi va
rasmiylashtirilishi kerak.
126. Naryad va farmoyishlar bo‘yicha ishlarni hisobga olish va ro‘yxatga olish naryadlar
va farmoyishlar bo‘yicha ishlarni hisobga olish jurnalida qayd etiladi. Jurnal shakli
mazkur Qoidalarning 9-ilovasida keltirilgan.
Ko‘rsatilgan jurnalda faqat ishga birlamchi ijozat berish va uni to‘liq tugatilganligi
naryadni (farmoyishni) yopish bilan qayd etiladi.
Jurnal raqamlangan, tikilgan va muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. To‘ldirib
bo‘lingan jurnal oxirgi yozuvidan keyin olti oy mobaynida saqlanishi kerak.
Naryadlar bo‘yicha birlamchi va kundalik ishga ijozat berish operativ jurnalda yozib
qo‘yish bilan rasmiylashtiriladi, bunda faqat naryad raqami va ish joyi ko‘rsatiladi.
127. Elektr stansiyasi (issiqlik tarmoqlari) sexining (xizmati, uchastkasi) yoki pudrat
tashkilotining mas’ul xodimlari tomonidan ishlarni bajarishga beriladigan oraliq
naryadlar va farmoyishlar, ushbu bo‘linmalar va tashkilotlar tomonidan to‘ldiriladigan
naryad va farmoyishlar bo‘yicha ishlarni hisobga olish jurnalida qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |