69. Uskunalar, quvurlar, baklar va boshqa elementlarning qizigan barcha qismlari,
ularga tekkanda kuyib qolish mumkin bo‘lgan qismlari issiqlik izolatsiyasiga ega bo‘lishi
shart. Issiqlik izolatsiyasi yuzasidagi harorat atrofdagi havo harorati 25 °S bo‘lganda, 45
°S dan ortiq bo‘lmasligi shart. Quvurlarning bo‘yog‘i va yozuvlari “Sanoatkontexnazorat”
Davlat inspeksiyasining qoidalariga va GOST 14202 “Sanoat korxonalarining quvurlari.
Belgilash bo‘yoqlari, ogohlantiruvchi belgilar va markalash shchitlari”ga mos bo‘lishi
shart.
70.
Engil alangalanuvchi, yonuvchi, portlash xavfi bo‘lgan yoki zararli moddalar tegib
ketishi mumkin bo‘lgan zonalarda joylashgan uskunalar va quvurlarning barcha qizigan
qismlarining issiqlik izolatsiyasi, ushbu moddalar singishidan
saqlanishi uchun metal
qobiq bilan qoplanishi shart.
71. Agressiv, yengil alangalanuvchi, yonuvchi, portlash xavfi bo‘lgan
yoki zararli
moddalarni o‘tkazish quvurlari germetik bo‘lishi shart. Oqib tushish ehtimoli bor
joylarda (kranlar, ventillar, flanetsli birikmalar) himoya qoplamalari o‘rnatilgan bo‘lishi
shart, zarur bo‘lgan hollarda ular - sizib tushgan mahsulotlarni xavfsiz joylarga
quyuvchi maxsus qurilmalar bilan jihozlanishi shart.
Uskunalarning elementlari, armaturalar va asboblar, agar ularni vaqti-vaqti bilan ko‘rib
chiqilishi talab qilinsa, xizmat ko‘rsatish uchun qulay joylarda o‘rnatilishi zarur.
72. Yer sathidan (ish maydonchasidan) 1,5 m dan ortiq balandlikda
joylashgan uskunalar
elementlariga xizmat ko‘rsatish, to‘siqli va zinali statsionar maydonchalardan turib
amalga oshirish kerak.
Zinalar va maydonchalar oraliq gorizontal elementli balandligi 1,1 m dan kam
bo‘lmagan panjaralar va panjaraning tagi bo‘yicha 0,15 m dan kam bo‘lmagan bort
elementlari bilan to‘silgan bo‘lishi, hamda GOST 23120 “Marsh zinalari, po‘lat
maydonchalar va to‘siqlar. Texnik shartlar” talablariga muvofiq bo‘lishi shart.
Maydoncha sathidan yuqori qoplamagacha bo‘lgan masofa 2 m dan kam bo‘lmasligi
shart.
73. Ochish uchun katta kuch talab qilinadigan zadvijkalar va ventillar aylanma liniyalar
va mexanik yoki elektr yuritgichlar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
74. Barcha ishga tushirish qurilmalari va armaturalar texnologik sxemalarga muvofiq
nomerlangan bo‘lishi va yozuvlarga ega bo‘lishi shart. Zadvijkalar,
ventillar va
shiberlarning shturvallarida, ularni ochish yoki yopish uchun aylanish yo‘nalishlari
ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
75. Ishlab turganlar tegishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish uskunalarining
harakatlanuvchi qismlari mexanik himoyalash to‘siqlariga ega bo‘lishi shart, ular GOST
12.2.062 “SSBT. Ishlab chiqarish uskunalari. Himoya to‘siqlari” talablariga mos bo‘lishi
shart.
Himoya to‘siqlari ochiladigan (oshiq-moshiqda, sharnirda) yoki alohida seksiyalardan
yasalgan olib qo‘yiladigan bo‘lishi shart. Mashina va
mexanizmlarning himoyalangan
qismlariga qulay xizmat qilish uchun to‘siqlarda eshikchalar va qopqoqlar nazarda
tutilgan bo‘lishi shart.
To‘siqlar, eshikchalar va qopqoqlar, ularni yopilgan (ishchi) holatida ishonchli ushlab
turilishi uchun moslamalar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart va zarur bo‘lgan
hollarda
to‘siq olinganda (ochilganda) mashinalar va mexanizmlar yuritmalari bilan ularni
tarmoqdan uzish uchun blokirovka qilingan bo‘lishi shart.
Mashinalar va mexanizmlar karkasiga payvandlangan temir chiviq va tasmalardan
to‘siqlarni tayyorlash man qilinadi.
Yarim muftalarning g‘iloflari shunday tayyorlanishi kerakki,
bunda har tomondan
aylanib turgan valning yopilmagan qismlari 10 mm dan ko‘p bo‘lmasligi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: