5.
Issiqlik avtomatika, issiqlik texnik o‘lchovlari va himoya qurilmalari mazkur
Qoidalarga va “Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
qoidalariga” muvofiq bo‘lishi va ularga muvofiq ekspluatatsiya qilinishi shart.
6. Ishda qo‘llaniladigan mexanizmlar va yuk ko‘tarish mashinalari, moslamalar va
asboblar
sinalgan
bo‘lishi
va
mehnat
xavfsizligi
standartlari
tizimi,
“Sanoatkontexnazorat” inspeksiyasining qoidalari, hamda “Asboblar
va moslamalar
bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalari”, shuningdek ishlab chiqaruvchi zavod
yo‘riqnomalarining talablariga muvofiq ekspluatatsiya qilinishi kerak.
7. Mazkur Qoidalar majburiydir va ishlab turgan, hamda ishga yangi kiritilayotgan
uskunalarda xizmat ko‘rsatilayotganda ulardan chetlashishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan
mehnatni muhofaza qilish va uskunalarni texnikaviy ekspluatatsiya qilish bo‘yicha
yangi normativlar amalga kiritilishi holatlari istisno. Ishlashda yonuvchi, portlash xavfi
bo‘lgan va zararli moddalardan foydalanilganda “Energetika korxonalari uchun yong‘in
xavfsizligi qoidalari” (2004-yil 22-aprel, ro‘yxat raqami 1341 —O‘zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 16-son, 194-modda), GOST 12.1.004 — 91 “SSBT.
Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablar”, GOST12.1.0Yu — 76 “SSBT. Portlash xavfsizligi.
Umumiy talablar” va GOST 12.1.007 — 76 “SSBT. Zararli moddalar. Tasnifi va
xavfsizlikning umumiy talablari”ga, va shuningdek ro‘yxati mazkur Qoidalarning 1-
ilovasida havola etilgan GOST larga rioya qilish kerak.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha lavozim yo‘riqnomalari “Mehnat muhofazasi bo‘yicha
yo‘riqnomalarni ishlab chiqish bo‘yicha Nizom”ga (2000-yil 7-yanvar, ro‘yxat raqami 870
— Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-yil) muvofiq ishlab chiqilishi shart.
8. Korxona ma’muriyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan
birgalikda ishchilar va
xizmatchilar (bundan keyin “ishchilar va xizmatchilar” so‘zlari o‘rniga qisqa ifodalash
uchun “xodimlar” so‘zidan foydalaniladi) uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha
yo‘riqnomalarni ishlab chiqishi va tasdiqlashi kerak; “Energetika ishlab chiqarish
korxonalarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalariga” (2002-yil 4-oktabr,
ro‘yxat raqami 1178 — Me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-yil, 19- son) muvofiq
xodimlar bilan ishlashni tashkil etishi kerak; uskunalar
xavfsizlik talablariga
muvofiqligi, xodimlar tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishi, saqlagich
moslamalari, maxsus kiyim va shaxsiy himoya vositalarni qo‘llashi ustidan muntazam
nazoratni ta’minlashi kerak.
9. Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlari, ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-sozlash
tashkilotlarining rahbar xodimlari, sex boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, ta’mirlash
uchastkalarining rahbarlari zarur tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish
yo‘li bilan xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashga majburdirlar.
Mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, zarur bo‘lganda, ishlar xavfsizligini
oshiruvchi va mazkur Qoidalarga zid bo‘lmagan qo‘shimcha chora-tadbirlar nazarda
tutilishi kerak.
10. Har bir xodim mazkur Qoidalarni talablarini qat’iy bajarishi lozim va o‘zining
bevosita
rahbariga, agar u yo‘q bo‘lsa yuqori turgan rahbarga sodir bo‘lgan baxtsiz
hodisa to‘g‘risida va o‘zi ko‘rib qolgan Qoidalar buzilishi, shuningdek inshootlar,
uskunalar va himoya qurilmalaridagi nosozliklar to‘g‘risida zudlik bilan xabar berishi
shart. Mazkur Qoidalarga zid keladigan farmoyish va topshiriqlarni bajarish man
qilinadi.
11. Ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar
va kasbiy zaharlanish uchun
xavfsizlik texnikasi qoidalari va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya qilishni
ta’minlamagan va baxtsiz hodisalarni va kasbiy zaharlanish
12. Har qaysi xodim tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalari va ishlab chiqarish
sanitariyasi qoidalarining buzilishi mehnat intizomini buzish deb qaralishi kerak va
ma’muriyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan albatta tekshirilishi shart.
13. Mazkur Qoidalar talablarini bajarilishini ta’minlamagan mansabdor shaxslar
intizomiy jazolanadi yoki qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda ma’muriy va
jinoiy javobgarlikka tortiladi.
14. O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga va “Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni
tashkil qilish to‘g‘risida Nizomga” (1999-yil 14-avgust, ro‘yxat raqami 273 — Me’yoriy
hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil) muvofiq, mehnat muhofazasi bo‘yicha qonunchilikka
rioya qilish va mehnat muhofazasi bo‘yicha talablar buzilgani uchun, shu hisobda uning
xavfsizligi uchun ham korxona rahbari (ish beruvchi) javobgardir.
Do'stlaringiz bilan baham: