tezkor-ta’mirlash xodimlari — ularga biriktirilgan uskunalarga tasdiqlangan hajmda
ekspluatatsion-ta’mirlash xizmatini ko‘rsatish uchun maxsus o‘rgatilgan va tayyorlangan
xodimlar;
qayta ijozat — ushbu naryad bilan avvaldan bajarilayotgan ishni davom ettirish uchun
ish joyiga qayta ijozat berish;
ish joyini tayyorlash — ishni xavfsiz bajarilishini ta’minlash uchun uskunalarni
tarmoqdan uzish, bo‘shatish, sovutish, yuvish, shamollatish, ularni xato qilib ishlashga
qo‘shilishni oldini olish, ortiqcha bosim va zararli moddalar yo‘qligini tekshirish,
to‘siqlarni o‘rnatish, ushbu ish joyida xavfsizlik belgilarini osib qo‘yish bo‘yicha zarur
bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |