Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash haqida



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/91
Sana09.02.2022
Hajmi0,61 Mb.
#438533
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   91
Bog'liq
Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xa

§ 2. Xodimlarga talablar
15. Issiqlik mexanika uskunalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishga qabul qilinayotgan
shaxslar “Xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan
o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” buyruqga (2000-yil 22-iyun, ro‘yxat
raqami 937 — Me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-yil 12-son) muvofiq dastlabki va
keyinchalik davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart.
16. “Un sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan
mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi” qarorga
(2001-yil 9-iyun, ro‘yxat raqami 1040 — Me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-yil 11-
son) muvofiq 18 yoshga to‘lmagan shaxslarni mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan
ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.
17. O‘zbekiston Respublikasi mehnat vazirligi va sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan
tasdiqlangan “Ayollar mehnati to‘liq yoki qisman taqiqlanadigan mehnat sharoiti
noqulay ishlarning ro‘yxati”da (2000-yil 5-yanvar, ro‘yxat raqami 865 — Me’yoriy
hujjatlari axborotnomasi, 2000-yil) ko‘rsatilgan ishlarda ayollarga ishlashga ruxsat
berilmaydi.
18. Elektr stansiyalarining sexlari va issiqlik tarmoqlari uskunalariga xizmat
ko‘rsatuvchi shaxslar o‘zining lavozim va kasbiga qarab, mazkur Qoidalarning
talablarini bilishlari va bajarishlari shart.
19. O‘zining ishida elektr ximoya vositalaridan foydalanadigan shaxslar “Elektr
qurilmalarida foydalaniladigan ximoya vositalarini qo‘llash va sinash qoidalari”
talablarini bilishi va bajarishi shart.
20. Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining asosiy sexlarini uskunalariga xizmat
ko‘rsatadigan shaxslar va maxsus ishlarni bajarish ruxsatiga ega bo‘lgan shaxslar
bilimlarini tekshirish guvohnomalarida bu to‘g‘risida yozuv bo‘lishi shart.
21. Maxsus ishlar deb quyidagilarni hisoblash kerak:
yuqorida bajariladigan ishlar;
bosim ostida bo‘lgan idishlarga xizmat ko‘rsatish;
olovli va gazdan xavfli ishlar;
simob bilan ishlash;
elektr-, pnevmo- va abraziv asboblar bilan ishlash; yuklarni osish ishlari;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” DAJK qarmog‘ida bo‘lgan uskunalarga xizmat ko‘rsatish;
erdan boshqariladigan yuk ko‘taruvchi mexanizmlar bilan bajariladigan ishlar;
avto- va elektr yuklagichlarni qo‘llab og‘irliklarni joydan-joyga tashish;
metallga ishlov berish va abraziv stanoklarda bajariladigan ishlar;
bug‘ va issiq suv quvurlariga xizmat ko‘rsatish.
Maxsus ishlar ro‘yxati korxona rahbariyati ko‘rsatmasiga binoan mahalliy sharoitni
hisobga olgan holda boshqa qo‘shimcha ishlar bilan to‘ldirilishi mumkin.
22. Elektr stansiyalar va issiqlik tarmoqlari xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish
“Energetika ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan ishlashni tashkil qilish
qoidalariga” muvofiq amalga oshirilishi shart.
23. Texnologik ehtiyojlar uchun yonuvchi, portlash xavfi bo‘lgan va zararli moddalar
qo‘llaniladigan issiqlik mexanikasi uskunalariga xizmat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan
xodimlar, ushbu moddalarning xususiyatlarini va ular bilan ishlashda xavfsizlik
qoidalarini bilishlari shart.


24. Gaz xavfi bor joylardagi uskunalarga xizmat ko‘rsatuvchi va zararli moddalar bilan
ishlaydigan xodimlar quyidagilarni bilishlari kerak:
sexda (rayonda) gaz xavfi bor joylar ro‘yxatini;
zararli moddalarning zaharlash ta’siri va ular bilan zaharlanganlik alomatlarini;
gaz xavfi bor joylarida ishlarni olib borish va u yerda bo‘lish qoidalarini;
nafas olish organlarini himoya qiluvchi vositalardan foydalanish qoidalarini;
yong‘in xavfi bor moddalarni va ularni o‘chirish usullarini;
zararli moddalardan shikastlangan shaxslarni gaz xavfi bor joylardan evakuatsiya qilish
qoidalari va ularga shifokordan oldingi yordam berish usullarini.
Tabiiy gazda ishlaydigan qozon qurilmalariga va gaz xo‘jaligida xizmat ko‘rsatuvchi
xodimlar mazkur Qoidalarda qayd etilgan talablardan tashqari O‘zbekiston
Respublikasining gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalarining tegishli bo‘limlarini bilishlari va
ularning talablarini bajarishlari shart.
25. Barcha xodimlar bajariladigan ishlar xarakteriga muvofiq, amaldagi me’yorlar
bo‘yicha maxsus kiyim, maxsus poyabzal va shaxsiy himoya vositalari bilan
ta’minlangan bo‘lishlari va ish vaqtida ulardan foydalanishi shart.
26. Xodimlar maxsus kiyimda, barcha tugmalarini qadab olgan holda ishlashlari shart.
Kiyimda, harakat qiluvchi (aylanuvchi) mexanizmlarning qismlariga ilinib ketishi
mumkin bo‘lgan, yoyilib turgan qismlar bo‘lmasligi shart. Maxsus kiyimning yenglarini
shimarib qo‘yish, etik qo‘njlarini qayirib qo‘yish man etiladi.
Zaharli va agressiv moddalar bilan ishlaganda, qozonning qizitish yuzalari shlakdan
tozalanganda, 
bunkerlardan 
qizigan 
qum 
chiqarilganda, 
shuningdek
elektrgazpayvandlash, qoplash, izolatsiyalash, sochiladigan va changlanadigan
materiallarni tushirish va ortish ishlari bajarilayotganda shimlar etik ustidan kiyilgan
bo‘lishi shart.
Ishlab turgan energetik uskunalar xonalarida, quduqlarda, kameralarda, kanallarda,
tonnellarda, qurilish maydonlarida va ta’mirlash zonasida bo‘lganda barcha xodimlar
dahan osti kamari taqilgan himoya kaskalarini kiyishlari shart. Sochlar kaska tagiga
yig‘ilgan bo‘lishi shart.
27. Barcha ishlab chiqarish xodimlari kuchlanish ostiga tushgan odamni, elektr toki
ta’siridan ozod qilish va unga birinchi yordam berish, hamda boshqa baxtsiz hodisalarda
jabrlanganlarga shifokordan oldingi birinchi yordam berish usullariga amalda o‘qitilgan
bo‘lishlari shart.
O‘qitish elektr energetik uskunalarga xizmat ko‘rsatishda sodir bo‘ladigan baxtsiz
hodisalar oqibatida jabrlanganlarga shifokordan oldingi birinchi yordam berish bo‘yicha
yo‘riqnomaga muvofiq o‘tkazilishi shart.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish