o‘zgarishiga olib keladi. Bundan tashqari, shamol gullar changi,
urug‘i, meva va boshqalarning kuchib yurishiga imkon beradi.
Shamolning bilvosita ta’siri ko‘proq kuzatiladi: bunda havoning issiq
va sovuq massalari, bulut, tumanning ko‘chib yurishi o‘z
navbatida
mazkur rayonning suv, issiqlik va yorug‘lik rejimini o‘zgartiradi,
temperatura o‘zgarishiga sabab bo‘ladi va hokazo.
Shamolning tezligi, odatda, anemometr bilan o‘lchanadi; tezlik
esa vaqt sayin o‘zgarib turadi. Shamol tezligining yig‘indi qiymati
ma’lum bir davr uchun ma’lum darajadagi informatsiya (axborot)
berishi mumkin. Joyning relefi, shakli va o‘simliklar to‘plami,
joyning dengiz va okean qirg‘og‘iga nisbatan holatiga qarab
shamolning tezligi ortib boradi. Daraxt shox-shabbasi orasidagi
shamolning tezligi shamol esadigan tomonda hamma vaqt maksimal
darajada, shamolga teskari tomonda doim past bo‘ladi.
Tuproq
yuzasida esa u hatto o‘t qoplami past bo‘lgan holda ham ancha
pasayib ketadi. O‘rmonda (ayniqsa u turli balandlikdagi daraxtlardan
iborat bo‘lsa) shamolning tezligi 80% gacha pasayishi mumkin.
Modomiki, o‘t qoplami yer yuzasidagi shamolning tezligini
keskin pasaytirar ekan, bu bilan shamol eroziyasining oldini oladi va
shamol uchirib ketishi mumkin bo‘lgan tuproq zarrachalarini caqlab
qoladi. Qirg‘oqlardagi kumlarda va cho‘llarda o‘simliklar qoplami
dona va barxanlar hosil bo‘lishining oldini oladi. Ihota daraxtzorlar
barpo etish xuddi ana shutarga asoslangan. Ihota daraxtzorlar barpo
etish bilan transpiratsiya va bug‘lanishni kamaytirishga erishish
mumkin, shunga ko‘ra, tuproq namidan to‘liq
foydalanish, qishloq
xo‘jalik o‘simliklarini shamolning bevosita ta’siridan, tuproqni
uchirib ketishdan va eroziyadan muhofaza qilish mumkin bo‘ladi
barpo etilgan ihota o‘rmonzorlar esa joylarda 40% gacha issiqlikni
saqlab qolish, bundan tashqari, qor to‘plash va uni br tekis hamda
to‘g‘ri taqsimlash imkonini beradi. Lekin ihota maqsadida
o‘tkazilgan daraxtlarning bo‘yicha nisbatan ikki baravardan ham
ortiq bo‘ladigan ildiz konkurensiyasini olish kerak bo‘lad.
Daraxtlariing butalar bilan aralash
ekilgan uzun qatorlarining
maksimum darajadagi samaradorligi uncha yuqori bo‘lmaydi.
Shamolning o‘simliklarga ko‘rsatadigan ta’sir kuchi juda katta
bo‘ladi, ular quyidagilarda ifodalanadi.
Qurish.
Shamol bo‘lmagan vaqtda bug‘latish suv bug‘larining
barg og‘izchalaridan oddiy diffuziya yo‘li bilan ajralishidan iborat
bo‘ladi. Lekin havo harakatga kelsa vaqtda konveksiya tufayli bu
protsess ancha kuchayadi. Garchi havoning to‘yinish defitsiti nolga
teng bo‘lganda ham ya’ni havo juda nam bo‘lganda ham shamol
bug‘lanishni kuchaytiradi. Lekin bunda bug‘lanish intensivligi
shamolning tezligiga proporsional ravishda ortib bormaydi. Shamol
barglar yuzasida to‘planadigan nam havoni
uchirib yuborish bilan
transpiratsiya
protsessini
kuchaytiradi,
shunga
ko‘ra mayda
barglarda bu protsess ayniqsa yaxshi boradi.Bundan tashkari,
shamolda barglar buraladi egiladi ana shunda hujayralararo
bo‘shliqlar siqilib natijada og‘izchalar orqali suv bug‘lari ajralishi
kuchayadi Kutikula qoplami barglarni qurib qolishdan ancha yaxshi
muhofaza qoladi. Kuchli shamol vaqtida barg og‘izchalari yopilib
oladi va fakat kutikula orqali transpiratsiya davom etadi. Shamol
sovuq vaqtda, ya’ni
TUPROK
ham sovuk, bo‘lgan vaqtda o‘simliklarni
ayniqsa kuchli quritib qo‘yadi. Havo issiq
vaqtda tuprokda foydali
nam kam bo‘lganda esadigan
issiq quruq shamol — garmsel ham
o‘simliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu holda transpiratsiya keskin
ravishda kuchayadi lekin o‘simliklar ildizi kerakli miqdordagi suvni
yetkazib bera olmaydi, natijada ular so‘lib qoladi.
Dasht zonasining janubi-sharqiy kismida garmsel tez-tez esib
turadi. Agar boshoqdosh g‘alla ekinlari gullashining oxirida va doni
yetila boshlashi davrida (sut pishiqlik davrida) garmsel shamol essa,
boshoqlar sust rivojlanadi, doni siyrak va puch bo‘lib qoladi. Bunday
hodisa havo quruq kelgan vaqtlarda hatto suv bilan yaxshi
ta’minlangan, masalan, sholida ham ro‘y berishi mumkin. Bu holda
transpiratsiya suvning o‘tkazuvchi sistema bo‘ylab
oqishini haddan
tashqari tezlashtirib yuboradi. Baland buyli o‘simliklar shamolning
quritadigan darajadagi ta’siridan ayniqsa kuchli zararlanadi, shunga
ko‘ra, normal sharoitda baland bo‘lib o‘sadigan o‘simliklar
shamolning ta’- sirida past bo‘yli bo‘lib o‘sadi. Baland tog‘larda
o‘sadigan yostiqsimon o‘simliklar kuchli esadigan shamollarga
yaxshi moslashgan bo‘ladi. Ba’zan shamol yostiqsimon bo‘lmagan
o‘simliklarda ham yostiqchalar hosil bo‘lishiga olib keladi. Bunday
holda novdalarning uchki qismi ko‘rib ladi, yon tomondan ko‘plab
qo‘shimcha novdalar o‘sib chiqadi, shox-shabba qalinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: