Tuproqning kolloid kompleksida Ca kolloid zarrachalar tomonidan
o‘zlashtirilgan ionlar shaklida bo‘ladi. N+ va ON- erkin ionlar soni,
ya’ni tuproq eritmasining reaksiyasi
kolloidlarning kalsiy bilan
to‘yinish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, kalsiy tuproqning
ekologik xossalarini aniqlashda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Gumid iqlimda yuvilish kuchli darajada bo‘lganligi uchun
kalsiy kam bo‘lgan tuproqlar ustunlik qiladi, arid iqlimda esa buning
aksi kuzatiladi, ya’ni tuproq kalsiyga boy bo‘ladi.
O‘simliklar kalsiyni o‘zlashtirib, uni yuvilib ketishdan
saqlaydi, ular nobud bo‘lgandan keyin esa kalsiy yana tuproqda
qaytib tushadi. Kalsiyning bunday aylanib yurishda ildizi tuproqqa
chuqur kirib boradigan o‘simliklar, shuningdek, daraxtlar ayniqsa
katta ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘t o‘simliklardan, Sa ni to‘plashi
buyicha,
dukkakdoshlarni
ko‘rsatish
mumkin,
ular
kalsiyni
tuproqning chuqur qatlamlaridan o‘zlashtiradi, nobud bo‘lganida esa
tuproqning yuza qatlamini yana kalsiyga boyitadi.
Kalsiy ko‘p jihatdan tuproqning fizik va ximiyaviy xossalariga,
ya’ni shu bilan o‘simliklarga bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Yerga kalsiy
solinsa (ohaklash), vodorod va alyuminiy ionlarining zararli ta’sirini
kamaytiradi, bu esa chirindi mavjud bo‘lgan sharoitda tuprokning
mustahkam donador strukturasini hosil qiladi, natijada tuprokning
suv-xavo xamda
issiqlik rejimi yaxshilanadi, unumdorligi ortadi.
Bundan tashqari, kalsiy tuzlari temir va alyuminiyning qiyin
eriydigan fosfatlari bilan almashinuv reaksiyasiga kirishib, ularni
eruvchan holatga, ya’ni o‘simliklar foydalanishi uchun qulay shaklga
o‘tkazadi. Kislotalarni neytrallovchi CaS03 bilan boy bo‘lgan
tuproqlar neytral yoki kuchsiz teoriy reaksiyaga ega (pH-7,0 ga
yaqin)
bo‘ladi.
Lekin
Ca
miqdorining
ortishi
tuprokning
iщqoriyligini yanada kuchaytirmaydi. Chunki
pH tuprok tarkibidagi
karbonatlar yigindisiga bog‘liq bo‘lmaydi. Tuproqning neytral
reaksiyasi tuproq mikroorganizmlari uchun qulay sharoit yaratadi va
tuproqning ko‘p xossalarida o‘z aksini topadi. Odatda, ohakli
tuproqlar har doim quruq va issiqroq bo‘ladi.
Oziqlanishning muhim elementi hisoblangan Sa moddalar
almashinuvida ichki hujayralarga ta’sir ko‘rsatadi.
U ayniqsa zararli
tuzlarni neytrallaydi va ularning zararli ta’sirini to‘xtatadi. Ba’zi
turlarda hujayra shirasida Sa keragidan ortiqcha bo‘lishi kaliy
elementi o‘zlashtirilishini tormozlaydi va ba’zi fiziologik protsesslar
zararli ta’sir etishiga sabab bo‘ladi
Tuproqda kalsiy bo‘lishiga munosabatiga qarab, odatda
o‘simlik turlari quyidagi gruppalarga bo‘linadi (kalsiy deganda,
odatda, CaS0
3
> ba’zan Sa ioni ko‘zda tutiladi):
1)
doim
kalsiy
talab, ya’ni normal rivojlanishi uchun ohakka boy substratga muxtoj
turlar; 2) kalsifillar-«ohaksevar», ya’ni
ohakli tuproqlarda yaxshi
o‘sadigan turlar; 3) kalsi- foblar ohakdan qochuvchilar, kalsiyning
ortiqcha bo‘lishi bular uchun zararlidir (masalan, sfagnum moxi); 4)
kalsiyga befarq bo‘lgan turlar.
Kalsiy tuproqning ko‘p xossalariga bog‘liq bo‘ladi. Agar
mazkur tuproq kalsiy kam bo‘ladigan tuproq xossalariga ega bo‘lsa,
u vaqtda bu xildagi tuproqlar kalsifitlar uchun ham yaroqli bo‘lishi
mumkin. Bizningcha, bu holda o‘simliklarga tuproqning ximiyaviy
xossalari qanchalik ta’sir ko‘rsatsa, fizik
xossasi ham shunchalik
ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, kalsifillar oxakli tuproqlarni afzal ko‘radi,
chunki bu xildagi tuproqlar quruq, issiq va havoni yaxshi
o‘tkazadigan bo‘ladi.
Shunday qilib, kalsifitlarga kiruvchi tilog‘och
SSSR Yevropa qismining shimoli-sharqida ham ohakli, ham ohaksiz,
lekin qumli tuproqlarda yaxshi o‘sadi, chunki bu xildagi tuproqlar
qypyiq va issiq bo‘ladi. Shunday qilib, kalsifillik va kalsifoblik
masalasi juda murakkab bo‘lib, uni barcha turdagi o‘simliklar uchun
bir tomonlama hal qilish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: