Seyalkani ekish normasiga sozlash. G‘altakli ekish apparatini ekish normasiga sozlash uchun apparat bunkerining 3/4 qismi chigit bilan to‘ldiriladi. Kichik zagartachlar va zagartachlar zichlash g‘altaklari bilan ko‘tarib qo‘yiladi. Bu holatda chigit ekish egatlar ko‘milmaydi. Seyalka ish holatiga tushiriladi va 8—10 m masofaga chigit ekiladi. So‘ngra har bir soshnik bilan ekilgan uyadagi chigitlar soni aniqlanadi. Aniqlangan chigitlar soni texnik xarakteristikada berilganlari bilan solishtiriladi. Bu ish 2—3 marta takrorlanadi. Uyalar orasidagi masofa 10—30 sm gacha bo‘lsa uyadagi chigitlar soni 2—4 ta bo‘ladi, punktir ekilganda esa 2 dona, 7 sm oraliqda esa 3 dona bo‘ladi.
Diskli ekish apparati bilan ekilganda ekish normasi sozlanmaydi, bunda faqat ekish va uya hosil qilish disklari almashtiriladi.
Seyalkaning texnik xarakteristikasi
Agregat 7 km/soat tezlikda ishlaganda ish unumi, ga/soat:
60 sm qator oralig‘ida ekkanda..................................... 0,81 90 sm qator oralig‘ida ekkanda..................................... 1,54 Chigit ekish chuqurligi, sm ......................................... 3...6 Agregatning eng kichik aylanishi radiusi, m...................... 6
Transport tezligi km/soat......................................... 18—20
2.3. DON SEYALKALARI
Don va dukkakli ekinlar urug‘larini qatorlab, tor qatorlab ekish bilan bir vaqtda, yerga o‘g‘it solish uchun universal seyalkalardan foydalaniladi. Universal don seyalkasining namunaviy sxemasi 15- rasmda ko‘rsatilgan. U bug‘doy, arpa, suli, savsar, no‘xat, loviya, soya, grechixa, tariq va boshqa ekinlarning urug‘ini qatorlab ekish bilan bir vaqtda mineral o‘g‘itni ham solib ketadi.
Seyalka rama 7, traktorga ulash moslamasi 9, urug‘ qutisi 1, urug‘ 2 va o‘g‘it mig‘dorlagich 2a, urug‘ o‘tkazgichlar 3, qo‘shdiskli ekkichlar 4, sidirib ko‘mgich 5, pnevmatik g‘ildirak 6, ekkichlarni ko‘tarish mexanizmi 8 gidrosilindri, harakatni g‘ildirakdan miqdorlagichlarga uzatadigan mexanizm, seyalka ishini nazorat qiluvchi tuzilmadan iborat. Ekkichlari ikki saflab o‘rnatilganligi tufayli ularning orasiga o‘simlik qoldiqlari tiqilib va tuproq bilan to‘lib qolmasligiga erishilgan. Ekkichlarning yerga botishini bosuvchi prujinalarning siqilish darajasini o‘zgartirish hisobiga sozlanadi.
Seyalkaning texnologik ish jarayoni quyidagicha bajariladi: urug‘ va o‘g‘it qutilari 1 dan urug‘ va o‘g‘it miqdorlagichlar 2 yordamida kerakli me’yorda ajratilib, urug‘ va o‘git o‘tkazgich 3 ga tashlanadi va ekkich 4 orqali esa tayyorlangan ariqcha tubiga borib tushadi. Tuproqning pastga qarab erkin siljishi hisobiga
15-rasm. Universal seyalka.
urug‘ qisman ko‘miladi. Urug‘larni batamom ko‘mish jarayonini ko‘mgich 5 tugatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |