Ekish mashinalarini urug‘ ekish normasiga sozlash va ishlatish


O‘G‘ITLASH VA SOCHISH MASHINALARI



Download 2,92 Mb.
bet8/13
Sana19.02.2022
Hajmi2,92 Mb.
#459448
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
EKISH MASHINALARI

2.6. O‘G‘ITLASH VA SOCHISH MASHINALARI


O‘g‘itlash mashinalarining umumiy tuzilishi. O‘g‘itlash mashinalarining turi juda ko‘p. Shunga qaramay, ular yagona bir prinsiðial sxema bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, uchta asosiy qismdan iborat: o‘g‘it saqlanadigan sig‘im (kuzov, bunker, yashik); dozalovchi qurilma (tarelka, zanjir-plankali transportyor); sochuvchi qurilma (vertikal o‘qda katta tezlikda aylanuvchi disklar, halqasimon o‘tqichlar, shneklar va boshqalar). Shulardan tarelkali o‘g‘it seyalkalari va kuzovli ikki diskli o‘g‘it sochgichlar keng qo‘llaniladi.
PTT-4 tarelkali o‘g‘it sochgichi 0,9 yoki 1,4 klass traktorlariga tirkab ishlatiladi. O‘g‘it sochgich rama ikkita o‘zi o‘rnashuvchi old g‘ildiraklarga tayanadi. Barcha mexanizmlar harakatni ketingi g‘ildiraklardan oladi. Sig‘imi 700 dm3 li yashik ichida aylanuvchi to‘zitgichlar, uning tagida esa 11 ta tarelka o‘rnatilgan. har bir o‘g‘itlash apparati tarelka, ikkita o‘ng va chap parrakli tushirgich, o‘g‘it oqimini yo‘naltiruvchi planka va tarelka sirtini tozalovchi qirg‘ichdan iborat. Tarelkaning tashqi tagi yetaklanuvchi konussimon shesternya (z = 48), bilan yaxlit tayyorlangan. Harakat g‘ildirakdan zanjirli uzatma, to‘rt xil tezlik beradigan silindrik reduktor, konussimon yetakchi shesterna orqali tarelkaga beriladi. Ekish dozasi reduktorning uzatish sonini (shunda tarelkaning aylanish chastotasi o‘zgaradi) va o‘g‘it chiqadigan tiqish balandligini zaslonka yordamida o‘zgartirib rostlanadi. Mineral o‘g‘it sepish normasi 100—1000 kg/ga. Sochish notekisligi 15% dan oshmasligi kerak.
O‘g‘it sepish tarelkasining ish jarayoni ketma-ket bajariladigan to‘rt bosqichdan iborat: yashikdagi o‘g‘itni tarelkaning tashqi qismiga chiqarish; o‘g‘itlarni ekish tirqishidan tushirish joyiga (tushirgichlar oldiga) keltirish; tarelkadagi o‘g‘itlarni majburiy tushirish; tarelkadan tushgan o‘g‘itlarni dalaga tekis taqsimlash.
Organik o‘g‘it sochish mashinalari. Organik o‘g‘itlarga go‘ng, torf, suyuq go‘ng, torf-go‘ng va go‘ng-mineral o‘g‘it aralashmalari, turli o‘simlik va mollardan chiqqan tashlandiqlar kiradi. Go‘ng asosiy organik o‘g‘it hisoblanadi. Uning tarkibida 5% gacha azot va o‘simlikning o‘sishi hamda rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha oziqa elementlar bo‘ladi. Go‘ng tarkibi mol turiga, oziq va to‘shamga bog‘liq. Ot go‘ngida azot miqdori mol va cho‘chqalarnikiga nisbatan ko‘proq. Torf va xashak to‘shamalar go‘ngdagi azot va boshqa elementlarning yaxshi saqlanishiga yordam beradi. Go‘ng chirish darajasiga qarab yangi, chala chirigan, chirigan go‘ng va chirindi deyiladi. Yangi go‘ngda xashak ko‘p bo‘lib, uni dalaga sochish tavsiya etilmaydi. Chala chirigan go‘ngda organik moddalarning 20 % foizi yo‘qoladi. Uning tarkibidagi xashaklar ancha yumshamagan bo‘ladi. Chiritilgan go‘ngda organik moddalarning 50 % yo‘qoladi. U qo‘lga yopishadigan bir jinsli qora massadan iborat. Chirindi yangi go‘ngning 25 % ni tashkil etadi. U sochiluvchan qora tuproqsimon massadan iborat.
4 — M.Melibayev
Sanoatda 1-ÏTÓ-4, KÑO-9, ÐÏÍ-4, ÐTO-4, ÐOÓ-6 va boshqa markadagi go‘ng sochgichlar ishlab chiqariladi. Bularning ish organlari deyarli bir xil prinsiðda ishlaydi. Sochish organlari traktor pritseplari yoki yarim pritseplar kuzovining ketingi qismiga o‘rnatiladigan ustma-ust joylashgan barabandan iborat. Barabanlar traktorning ketingi quvvat olish validan kardanli val, reduktor, krivoshið-shatunli hamda xrapovikli mexanizmlar orqali aylanma harakatlanadi. Go‘ng sochgich quyidagicha ishlaydi; agregat yurganda kuzov tubida joylashgan zanjir-plankali transportyorning yuqorigi tarmog‘i (17-rasm) orqaga juda sekin siljib, go‘ngni, pastki maydalovchi shnekli barabanga uzatadi. Pastki baraban ustki sochuvchi barabanga nisbatan deyarli ikki baravar sekin aylanib (np = 385 min-1, nu = 705 min-1), go‘ngni yaxshilab maydalab yuqoriga uzatiladi. Ustki shnek o‘ramalari o‘rtadan chap va o‘ng tomonlariga qarab o‘ralganidan go‘ngni keng (6—7 m) yoyib sochadi.
Sochish normasi transportyorning tezligini 0 dan 0,09 m/s gacha o‘zgartirib rostlanadi.

Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish