Chigit tish-g‘altakli apparatlar yordamida ekiladi. Tishli g‘altaklar turiga qarab, bir va ikki g‘altakli ekish apparatlari bo‘ladi. CTX va C×X tiðidagi seyalkalarda qator oralarining kengligini 60 sm qilib ekishda ikki g‘altakli, 90 sm qilib ekishda esa bir g‘altakli apparatlar ishlatiladi.
Ikki g‘altakli apparatlar g‘altaklarning chigitlar bilan ta’minlash usuliga qarab qarshidan va yo‘lakay ta’minlanuvchi, faqat yo‘lakay yoki faqat qarshidan ta’minlanuvchi xillarga bo‘linadi. Konstruksiyasi murakkab tuzilganidan faqat qarshidan va faqat yo‘lakay ta’minlanuvchi ikki g‘altakli ekish apparatlari amalda joriy etilmadi. Hozir g‘altaklarning biri qarshidan, ikkinchisi esa yo‘lakay ta’minlanuvchi ekish apparatlari ishlatiladi.
Pnevmatik ekish apparati
Pnevmatik ekish apparatlari ekish usuliga qarab ikki gruppaga ajratiladi: qatorlab va sochma, donalab yoki uyalab aniq ekish apparatlari.
Apparat quyidagicha ishlaydi. To‘zitgich 3 urug‘larini to‘zib, ularning yashik 2 dan ekish apparati 4 ga o‘tishini ta’minlaydi. G‘altak, o‘z navbatida urug‘larni markaziy pnevmatik truba 5 ga tushiriladi. Ventilator 12 bilan hosil qilingan havo oqimi urug‘larni truba 5 bo‘ylab kallak 1 ga uzatadi. Kallak urug‘larini markazlashtirilgan usulda dozalarga ajratib, soshniklar 9 ga taqsimlaydi. Markaziy truba 5 dan kelgan urug‘lar kallakning konussimon qopqog‘iga urilib, urug‘ o‘tkazgichlar 7 ga tekis taqsimlaydi. Urug‘lar soshniklarga 3—5 m/s tezlikda kelib, egatchalarga tushadi.
Urug‘ o‘tkazgich 7 dagi havo oqimining tezligi 27 ‚ 68 m/s atrofida drossel zaslonka 10 bilan rostlanadi. G‘altakdan urug‘larning yaxshi oqib tushishi uchun konussimon soplo 6 yordamida kuchli oqim hosil qilinadi. Zagortachalar 8 ekilgan urug‘larni tuproq bilan ko‘mib ketadi.
12-rasm. Urug‘larni soshnikka pnevmatik usulda uzatuvchi apparat. 12 1—kallak; 2—urug‘ yashigi; 3—to‘zitkich;
4—ekish apparati; 5—truba;
6—soplo; 7—urug‘ o‘tkazgich;
8—zagortach; 9—soshnik;
10—zaslonka; 11—g‘ildirak; 10 12—ventilator; 13—urug‘ o‘tkazgichlarning gofrlangan qismi.