Ekish mashinalarini urug‘ ekish normasiga sozlash va ishlatish


Soshniklarning vazifasi, klassifikatsiyasi va tuzilishi



Download 2,92 Mb.
bet2/13
Sana19.02.2022
Hajmi2,92 Mb.
#459448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
EKISH MASHINALARI

Soshniklarning vazifasi, klassifikatsiyasi va tuzilishi.
Soshniklar ekin ekishga tayyorlangan dalada egatcha yasashda, urug‘larning egatcha tubiga belgilangan chuqurlikda yotqizish, nam tuproq bilan ko‘mish uchun mo‘ljallangan.
Soshniklar tuproqqa ta’sir etish usuliga qarab tuproqqa botish burchagi o‘tmas, to‘g‘ri va o‘tkir burchakli soshniklarga bo‘linadi. Tuproqqa o‘tmas burchak bilan botuvchi soshniklarga diskli, sirpanma va qilsimon soshniklar kiradi. Bular ishlaganda tuproqni yuqoridan pastga bosib, kesak va o‘simlik qoldiqlarini qirqadi, tuproqni hamda egat tubini biroz zichlaydi. Tuproqqa to‘g‘ri burchak bilan botuvchi soshniklar tuproqni ikki tomonga kerib, egat hosil qiladi. O‘tkir burchaklilarga naralnikli, ankerli va panjali soshniklar kiradi. Bular egat hosil qilishda tuproqni pastdan yuqoriga siljitib, egatgacha tubini yumshatadi va doim tuproqqa chuqurlanishiga intiladi.
Ish jarayonini bajarishiga qarab, soshniklar yumalovchi va sirpanuvchi turlarga bo‘linadi. Sirpanuvchilarga: omoch tishisimon, ponasimon, sirpanchiqli, quvursimon, yumalovchi turlariga disksimon soshniklar kiradi. Sirpanuvchi soshnikning tumshug‘i bilan tuproqqa o‘tkir, tik va o‘tmas burchaklar ostida botishi mumkin. Tumshug‘i o‘tkir burchakli soshnik tuproqni pastdan yuqoriga siljitadi, ariqcha tubi yumshoq bo‘ladi. O‘tmas tumshuqli soshnik esa tuproqni yuqoridan pastga qarab siljitib, zichlaydi. Tik tumshuqli soshnik ariqcha tubini zichlamaydi, tuproqni yon tomonlarga surib ketadi.
Omoch tishisimon soshnik (13- a rasm), asosan, don seyalkalarida ishlatiladi. Bunday soshnik yaxshi yumshatilgan, mayin tuproqli, o‘simlik qoldiqlari bo‘lmagan yerlarda qo‘llaniladi. Omoch tishisimon soshnik tumshuq 1, tarnov 2 va xomut 3 lardan iborat. Omoch tishisimon soshnik qurg‘oqchilik mintaqalarida ishlatilmagani ma’qul. Chunki, u tuproqning nam bo‘lgan pastki qatlamini yer yuzasiga chiqarib tashlaydi.
O‘simlik qoldiqlari unga ilinib, to‘planib qolishi mumkin. Omoch tishisimon soshnikning tuproqqa botish chuqurligini (4— 7 sm) jilov 3 ga osib qo‘yiladigan yuk miqdorini o‘zgartirish bilan sozlanadi.
Ponasimon soshnik (13- b rasm) zig‘ir, pichanbop o‘simliklarning urug‘ini ekishda ishlatiladi. O‘simlik qoldiqlarini yanada pastga, tuproqqa botirib o‘tadi, tiqilib qolmaydi. Ayrim kesakchalarni maydalaydi, ammo yirik kesaklarni uchratsa, ularning ustiga siljib chiqib, urug‘ni ekish chuqurligini kamaytirishi ham mumkin. Shu sababli, bunday soshnikli seyalka ishlatishga mo‘ljallangan daladagi tuproq o‘ta mayin holatga keltirilgan bo‘lishi zarur. Ponasimon soshnik o‘tkirlangan qirrali tumshuq 1, kengaytirilgan quvur 2 va xomut 3 dan iboratdir. U tuproqni yuqoridan pastga bosib, ariqcha tubini zichlaydi. Zichlangan yerdagi kapillarlik tiklanib, tuproqning chuqur qatlamidagi namlik ko‘tariladi va urug‘ning unib chig‘ishini tezlashtiradi. Shu sababli ponasimon soshniklar qurg‘oqchilik mintaqalarida ishlatilgani maqsadga muvofiqdir. Soshnikning tuproqqa botishi (1—6 sm) xomut 3 ga ilintiriladigan yuk (zanjir) miqdorini o‘zgartirish hisobiga sozlanadi.

Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish