Kardanli uzatma — vallari bir-biriga nisbatan parallel yoki oʻzgaruvchan burchak ostida joylashgan, yetakchi valdan yetaklanuvchi valga aylanma harakat uzatadigan qurilma. Italiyalik olim J.Kardano nomi bilan atalgan. K. u. kardan val va uning uchlariga mahkamlangan kardanli mexanizmlardan iborat. Asosan, avtomobillar, traktorlarda shuningdek, aylantirish momenti yetakchi koʻprikdagi bosh uzatmaga uzatmalar qutisi yoki tarqatish qutisidan uzatiladigan boshqa transport mashinalarda qoʻllaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |