REAKSIYA UNUMI – η
A) QUYIDAGILARNI MUSTAQIL BAJARING.
Reaksiya unumi – amaliy olingan miqdorni nazariy olingan miqdorga bo'lgan nisbati.
1. 31,6 g KMnO
4 parchalanganda 1,68 l n.sh.da kislorod olindi. Reaksiya unumini aniqlang?
2. 21,6 g Al metallidan 24,48 g Al
2O
3 olindi. Reaksiya unumini aniqlang?
3. 12,8 g Cu metallidan 31,96 g Cu(NO
3)
2 olindi. Reaksiya unumini aniqlang?
4. 80 g Ohaktosh parchalanganda 26,4 g gaz ajralib chiqdi. Reaksiya unumini aniqlang?
5. 25,6 g CaC
2 gidroliz qilinganda 6,72 l n.sh.da gaz hosil bo’ldi. Reaksiya unumini aniqlang?
6. 28,8 g alyuminiy karbid gidroliz qilinganda 6,72 g metan gazi hosil bo’ldi. Reaksiya unumini aniqlang?
7. 120 g malaxitdan 64,4 g mis ajratib olindi. Reaksiya unumini aniqlang?
8. 15,8 g kaliy permanganatda 0,84 l (n.sh.da) kislorod olindi. Reaksiya unumini aniqlang?
9. 150 g ohaktoshdan 17,92 l (n.sh.da) CO
2 olindi. Reaksiya unumini aniqlang?
10. 56 l (n.sh.da)
vodorodni yondirib, 31,5 g suv olindi. Reaksiya unumini aniqlang?
11. 47,4 g kaliy permanganate 75% unum bilan parchalanganda necha litr n.sh.da O
2 ajralib chiqadi?
12. 120 g marmar parchalab necha g qattiq modda olish mumkin. Reaksiya unumi 80%.
13. 51,2 g kalsiy karbid suv bilan ta’sirlashganda necha g asetilen (C
2H
2) ajraladi.Maxsulot unumi 65%.
14. Reaksiya unumi 90% bo’lganda, 18 g alyuminiy karbid suv bilan ishlanganda necha litr n.sh.da metan ajralib chiqadi?
15. 9,2 g natriy metalli suv bilan ta'sirlashganda necha g NaOH hosil bo'ladi. Reaksiya unumi 88%..
16. 11,2 g KOH nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishib (unum 80%) necha g tuz hosil qiladi?
17. 13,44 l vodoroddan necha litr n.sh.da ammiak olish mumkin. Reaksiya unumi 72%
18. 47,4 g kaliy permanganat
parchalanganda necha g MnO2 hosil bo’ladi. reaksiya unumi 75 % ga teng.
19. 88,8 g malaxit 60% unum bilan parchalanganda necha g qattiq modda hosil bo’ladi.
20. 2,5 mol suv parchalanganda necha litr n.sh.da gaz ajralib chiqadi? Maxsulot unumi 80 % ga teng.
21. 16 g natriy ishqori sulfat kislota bilan ta’sirlashib necha g tuz hosil qiladi? Reaksiya unumi 90 %.
22. 160 g oltingugurt (VI) oksididan unum 70 % bo’lganda necha g sulfat kislota olinadi.
23. 27 g suv olish uchun necha litr n.sh.da vodorod zarurligini aniqlang. Reaksiya unumi 80%
24. 20,4 g ammiak olish uchun unum 75% bo'lganda necha g azot kerak bo'ladi.
25. Necha g ohaktosh 60% unum bilan parchalanganda 26,88 l (n.sh.da) gaz ajralib chiqadi?
26. Necha g o'yuvchi natriy xlorid kislota bilan reaksiyaga kirishganda 11,7 g osh tuzi hosil bo'ldi. Reaksiya unumi 90% ga teng.
27. Reaksiya unumi 60% bo'lganda, 26,88 litr n.sh.da vodorod olish uchun necha litr n.sh.da ammiak talab etiladi?
28. 3,36 l (n.sh.) kislorod olish uchun necha gramm kaliy permanganatni
termik parchalash kerak
(reaksiya unumi 75%)?
A) 63,2 B) 94,8 C) 47,4 D) 31,6