10-sinf biologiya olimpiada test



Download 41,5 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi41,5 Kb.
#416650
Bog'liq
10-sinf biologiya test


10-sinf biologiya olimpiada test
1. Noma’lum massali glyukoza parchalanganda 4080 kJ issiqlik energiyasi va 118 ATF chiqdi, glyukozaning necha foizi to‘liq parchalanmagan?
A) 30 B) 40 C) 60 D)70
2. Respublikamiz olimlari tomonidan keyingi yillarda yaratilgan g‘o‘zaning istiqbolli navlarini ko‘rsating.
A) Ulug‘bek-600, Buxoro-9, Yulduz B) Omad, Buxoro-102, Namangan-34
C) Omad, Toshkent-2, Sanzor D) Namangan-34, Buxoro-19, Buxoro-102
3.O‘simliklardagi murakkab lipidlarni aniqlang.
A) xolesterin, mum B) fosfolipid, glikolipid
C) lipoprotein, xromaprotein D) moy, yog‘
4. Hujayra mitoxondriyasi uchun xos bo‘lmagan xususiyatlarni ko‘rsating. 1) bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi, 2) turli to‘qima hujayralarida soni doimiy emas; 3) faqat ko‘p hujayrali organizmlarda uchraydi, 4) ichki membranasi burmali; 5) Go‘lji majmuasidan hosil bo‘ladi, 6) silliq membranalari krista deyiladi
A) 1,2,4 B) 3,5,6 C) 1,2,6 D) 1,4,6
5. Botirning yurak qorinchasi qisqargan vaqtda tonometr ko‘rsatkichi 120 mm, bo‘shashgan vaqtda esa 80 mm ga teng. Aorta tomirida yog‘ va tuz moddalari to‘plagan. Unda qanday yurak kasalligi mavjud?
A) gipertoniya B) gipotoniya C) ishemik kasallik D) ateroskleroz
6.Qiyshiq gulli, barglari qarama-qarshi joylashgan o‘simliklarni aniqlang. 1) marmarak; 2) yantoq; 3) yeryong‘oq; 4) oqquray; 5) do‘lana; 6) nastarin 7) kiyiko‘t; 8) qumrio‘t
А) 1,6,7 В) 2,3,5 С) 1,2,3,7 D) 2,4,6,8
7. Yonbargchalarga ega oddiy bargli (a ) murakkab bargli (в) o‘simliklarni aniqlang?
1) yantoq 2) tok 3) g‘oza; 4) partenosissus; 5)na`matak 6) burchoq; 7) qizilmiya; 8) olma
А) а-2,3,8 в-1,4,5,7 В) а-1,2; в-4,5,7; С) а-2,4,6 в-5,7 D) а-6,8 в-1,5,7
8.Saprofit bakteriyalar … jarayonlarida ishtirok etadi; 1)- chirish; 2)- achish; 3)-fotosintez; 4)-xemosintez
А) 1,4 В)1,2,4 С)3,4 D)1,2
9. Lishayniklar uchun xos xususiyatlarni aniqlang:
а) - qoya va toshlarda o‘sadi,rangi va shakli har-xil; b)- radioaktiv elementlarni to‘plash xususiyatiga ega; v)- poyaga ega; g)-ildizlari yordamida substraktga yopishib turadi; d)-simbioz organizm;
А) b, v, d В) а, b, g С) а, b, d D) а, v, g
10. Aristotel (A) va J.B. Lamark (b) asarlarinin belgilang.
1) "Hayvonlar tarixi " 2) "Zoologiya falsafasi" 3) "Turlarning kelib chiqishi" 4) "Zoologiyaga kirish" 5) "Hayvonlar tana qismlari haqida" 6) "Hayvonlarning kelib chiqishi haqida" 7) "Madaniy o‘simiklar va uy hayvonlaridagi o‘zgaruvchanlik" 8) "Odamning kelib chiqishi va jinsiy tanlanish"
A)-а-5,6; b-2,4 В)а-1,3; b-7,8 С) а-1,5; b-3,7 D) а-2,4; b-1,5
11.Qozonyuvg‘ichning urug‘chisi uchta qo‘shilib o‘sgan gulidagi changchilar sonini aniqlang.
А) uchta qo‘shilib o‘sgan В) beshta qo‘shilgan
С) to‘rttasi ikkitadan qo‘shilgan D) 0
12.Bakteriyalarning sporalari mo‘g‘or zamburug‘ining sporalaridan farq qilib…
А) noqulay sharoitda ona hujayra sitoplazmasining bir qismini ajralishi bilan boshlanadi;
В) sporangiy ichida hosil bo‘ladi va jinsiy ko‘payishda ishtirok etadi;
С) nafas olish va oziqlanish xususiyatiga ega;
D) jinsiy ko‘payish natijasida hosil bo‘ladi va noqulay sharoitdan himoya hisoblanadi;
13.To‘g‘ri fikrni aniqlang.
1) achitqilar bir hujayrali organizmlar bo‘lib, oval shaklda hamda bakteriyalar olamining vakilidir; 2) achitqilar mitselliy hosil qilmaydi; 3) achitqilar spirtli va sut kislotali achishda ishtirok etishi natijsida karbonat angidrid ajratadi; 4)achitqilar kurtaklanish yo‘li orqali ko‘payadi; 5) achitqilardan non mahsulotlarini tayyorlashda , pivo olishda hamda interferon ishlab chiqarishda foydalaniladi;
А) 2,4 В) 1,2,5 С) 2,4,5 D) 1,3,4
14. No‘to‘g‘ri fikrni aniqlang;
1) suvo‘tlar – o‘simliklarning tuban vakillaridir; 2) -suvo‘tlarning organlari va to‘qimalari rivojlangan; 3)-bir hujayrali suvo‘tlarda fotosintez va xemosintez kuzatiladi; 4)-suvo‘tlarning ko‘p vakillari gametalar hosl qiladi; 5)-jinsiy ko‘payishda zoosporalarning o‘zaro qo‘shilishi natijasida zigotalar hosil bo‘ladi; 6) suv muhitida suvo‘tlar ko‘pchilik baliqlar uchun ozuqa hisoblanadi;
А) 1,4,6 В) 2,3,5 С) 2,4,5 D) 4,5,6
15. Qirqquloqning sporadan rivojlanuvchi naslidagi tuzilmalarni aniqlang.
1) – ildizpoya; 2)- barg; 3)- poya; 4) rizoid 5) arxegoniy 6) аntiridiy 7) spora 8) sorus 9) sparangiy 10) jinsiy hujayra
А) 5,7,8 В) 1,2,3 С) 4,5,10 D) 6,7,9
16. Ko‘p terlash qaysi holatlarda kuzatilishi mumkin? 1. tiroksin gormoni normadan ko‘p sintezlanganda 2. issiq urganda 3. kesson kasalligida 4. qandli diabet kasalligida
A) 2,3 B) 1,2 C) 1,2,4 D) 2,3,4
17. Sebarga o‘simligiga xos bo‘lmagan (I) va bo‘lgan (II) belgilarni ko‘rsating. 1. shamol yordamida changlanadi 2. hasharotlar yordamida changlandi 3. barglari oddiy 4. barglari murakkab uch bargchali 5. boshcha shakldagi to‘pgul hosil qiladi 6. to‘pguli rovak 7. gullari tog‘ri 8. gullari qiyshiq 9. tukli arilar yordamida changlanadi 10. yovvoyi arilar yordamida changlanadi 11. ko‘p yillik o‘t 12. bir yillik o‘t 13. mevasi ko‘sak 14. mevasi dukkak
A) I-2,3,6,7,9,10,11,12 II-1,4,5,8,12,13 B) I-1,4,5,8,12,13 II-2,3,6,7,9,10,11,12
C) I-1,3,5,7,9,11,13 II-2,4,6,8,10,12,14 D) I-1,3,6,7,10,12,13 II-2,4,5,8,9,11,14
18. Kurtaklanib ko‘payadigan bir hujayrali organizmni yozing.
19. Tokdoshlar oilasining gul formulasini yozing.
20. Iplari shoxlanmagan va yirik silindrsimon hujayralardan tuzilgan suvo‘t nima deb ataladi?
21. Ituzumdoshlarga mansub qaysi o‘simlik O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan?
22. Faqat O‘rta Osiyo xududida tarqalgan va boshqa joylarda uchramaydigan hayvonlarni yozing.
23.Akademik Sodiq Mirahmedov tomonidan yaratilgan g‘o‘zaning viltga chidamli navlarini yozing.
24. Qoramollarda shoxsizlik geni shoxlilik geni ustidan, qora rang geni qizil rang geni ustidan dominantlik qiladi Agar ikkala belgi bo‘yicha geterozigotali shoxsiz buqa va sigirlar chatishtirilganda nazariy jihatdan 896ta buzoq olinsa, ulardan qanchasi shoxli bo‘ladi?
25. Qaysi organlar embrionning ektoderma qavatidan rivojlangan?
1) ichak epiteliysi; 2) teri epiteliysi; 3) jabra; 4) tishning emal qavati.
Download 41,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish