Yog' bezlari — alveolyar bezlar bo'lib, tana terisining barcha qismida joylashgan. Yuz, boshning sochli qismi, kuraklar orasi va to'sh atrofida ko'p. Faqat oyoq va qo'l kaftlarida bo'lmaydn.
Yog' bezlari aksariyat sochlar bilan bog'langan holda joylashib, ulaming sekret chiqarish yo'llari soch follikulasiga ochiladi. Har bir soch ildizi atrofida 6—8 tagacha yog' bezi bo'ladi. Jinsiy olatning chekka kertmagi, kichik uyatli lablar, ko'z burchaklari terisida va ayollarda ko'krak bezlari uchida yog' bezlari to'g'ridan-to'g'ri yuzasiga ochiladi. Yog' bezlarining sekreti asosan oliy va past darajali yog'kislotalari, xolesterin, lipoid, fosfat, xlorid va oqsil mahsulotlaridan tuzilgan. U teri va sochlarni mo'rtlikdan hamda qurib qolishdan saqlaydi.
Sochlar. Sochlar uch xil bo'ladi: uzun soch, kalta soch, tuk. Uzun soch boshda, yuz va iyakda (soqol-mo'ylov), qo'ltiq, jinsiy a'zolarda boiadijjtalta sochlarga qosh, kiprik, burun shilliq qavatida va quloqning tashqi eshituv yo'lidagi sochlar kiradi. Tuklar deyarli butun tana terisini qoplab turadi (sochlarning 95 % ni tashkil qiladi).
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda mayin tuk bo'ladi. Ular keyin ikkilamchi sochlar bilan almashinadi. Sochning o'sishi faqat jinsiy jihatdan voyaga yetishga emas, balki irqiy genetik belgilarga ham bog'liq. Ularning kimyoviy tarkibi juda murakkab bo'lib, unda 40 dan ortiq moddalar: marganes, si mob, natriy, yod, brom va boshqalar bor. Qora sochda marganes, qo'rg'oshin, kumush ko'p bo'lsa, oq soch tarkibida havo pufakchalari va nikel bo'ladi.
Soch ikki qismdan: teri ustidagi qismi — tolasi va teri ostidagi qismi — soch ildizidan tashkil topgan. Soch ildizi soch xaltachasida joylashgan. Soch teri yuzasiga nisbatan o'tkir burchak hosil qilib o'sadi. Ular ildizining pastki qismi kengayib yo'g'onlashib turadi va soch so'g'oni (piyozchasi) deyiladi. Piyozchalar dermaning asosiga, hatto gidermaga qadar yetadi. Sochlar bir kunda 0,1 mm. dan 0,5 mm. gacha o'sishi mumkin. To'kilgan sochlar o'rniga follikulyar hujayralarning ko'payishi natijasida yangilari o'sib chiqadi. Sochlar uzunligi bir necha mm. dan 1,5 m. gacha, eni 0,6 mm. gacha yetishi mumkin. Ayollar sochi erkaklar sochiga nisbatan ingichka bo'ladi. Boshning sochli qismida 30000 dan 150000 gacha tola bor.
Tirnoq (Unguis) to'rt burchakli, muguzlangan zich yupqa plastinkalardan tuzilgan bo'lib, orqa va yon chetlari qo'l va oyoq teri burmalariga botib turadi. Plastinkaning tanasi esa tirnoq o'rnida joylashadi. U qalin joylashgan muguz tanachalardan tuzilgan bo'lib, ba'zi joylarda yadro qoldiqlarini tutuvchi epidermisning zich qoplangan qismlaridan iborat. Tirnoq o'rni qator va uzunasiga yo'nal-gan burmalarini hosil qilib, ularda tirnoq plastinkasini oziqlanti-ruvchi qon tomirlar bor.
Epiteliy hujayralari (tirnoq matritsasi)ning tinmay muguzlanishi natijasida tirnoq plastinkasi siljib o'sadi. Qo'l tirnog'i haftasiga 1 mm, oyoq tirnog'i 0,25 mm o'sadi. Tirnoq plastinkasining ildiz qismi to'g'ridan-to'g'ri barmoq suyaklariga birikadjl- Tirnoqlar ildizining barmoqlar suyaklari ustki qismi pardasiga bunday birikishi tibbiyot amaliyotida juda muhim, chunki tirnoqlardan boshlangan yallig'lanish suyaklarga o'tib ketishi mumkin. Yog', ter bezlari, soch va tirnoqlar teri ortiqlari deb ham ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |