E. H. Eshboyev, Y. M. Fayziyev teri va tanosil kasalliklari



Download 421 Kb.
bet8/56
Sana22.03.2021
Hajmi421 Kb.
#61875
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56
Bog'liq
т ере ва таносил

NAZORAT SAVOLLARI

1. Dermatovenerologiv i fanining qisqacha rivojlanish tarixi to'g'risida nimalarni bilasiz?



  1. Normal teri anatomiyasi (tuzilishi) qanday?

  2. Terining fiziologiyasi (funksiyasi)ni tushuntiring.

  3. Yosh bolalar va keksalar terisining o'ziga xos xususiyatlari.



ODAM ORGANIZMINING NORMAL MIKROFLORASI.

TERI GIGIYENASI

Odam terisi, ko'z shilliq qavati, og'iz shilliq qavati, quloq, siydik-tanosil yo'Ilari mikroflorasi bilan tanishish. Teri gigiyenasini o'rganish

Sog'lom organizmda uchraydigan mikrob biosenozlarining yig'indisi odam mikroflorasini tashkil etib, bu evolutsiya jarayonida mikro va makroorganizmlarning o'zaro moslashishi mahsulidir. Inson bolasi tug'ilganda mikroflora bilan tug'ilmaydi, balki mikrobiotsenozlar uning hayoti jarayonida shakllanadi. Bola tug'ilishidan boshlab, bir necha yil ichida har bir biotipga xos mikroflora shakllanadi (qin, ona terisi va suti, sut, oziq-ovqatlar mikroflorasi hisobiga). Lekin ularning sifat va miqdoriy tarkibi ko'pgina omillar (yoshi, jinsi, ovqatlanishi, tashqi muhit mikro-organizmlari, iqlim va boshqalar)ga bog'liqdir. Shu bilan birga da-volash-profilaktika muassasalarida qo'llanilayotgan antibiotiklar, kimyoterapiya, immunologik dori moddalarining ham o'ziga xos o'rni bor. Dori preparatlari mikroorganizmlarning ma'lum birta'-sirchan populatsiyalariga tanlab ta'sir ko'rsatadi, o'z navbatida boshqa tur mikroorganizmlarning saqlanib qolib, ko'payishiga sabab bo'ladi. Bu sabablarni inobatga olgan holda dori vositalarini, ayniqsa, antibiotiklarga patogen mikroorganizmlarning ta'sirchan-ligini mikrobiologik aniqlamasdan va shifokor maslahatisiz qo'llash maqsadga muvofiq emas.

Odam yoki hayvon organizmidagi mikroorganizmlar doimiy (obligat, autoxton (yun. Autos — o'z, chthori), indigen va fakultativ (tranzitor, tasodifiy), alloxton (yun. Allos — o'zga, chthon — yer) guruhga ajratiladi. Autoxton mikroorganizmlar organizmga birin-chi kunlardan tushib, umrning oxirigacha saqlanib qoladi. Ular asosan teri, ko'z, quloq, og'iz bo'shlig'i, me'da-ichak, siydik-tanosil va nafas yo'llarida bo'lib, har xil sifat va miqdordagi aerob va anaerob saprofit, shartli patogen, patogen (kasallik qo'zg'atuv-chisini tashuvchilar) mikroblardan tashkil topgan.

Biotoplardagi mikroblarning sifat va miqdoran shakllanishi mikroorganizmning shakllanishidagi flziologik omillar hamda mikrobiotsenoz a'zolari orasidagi antagonistik va sinergitik muno-sabatlar hisobiga nazorat qilinadi. Alloxton mikroblar makroorganizmga ma'lum sharoitda (tashqi muhitdan ifloslangan oziq-ovqatlar bilan, immun tizim susayganda), muayyan vaqtdagina tushadi. Bular saprofit, shartli patogen va patogen bo'lishi mum kin. Odam organizmida mikroblardan xoli a'zo va to'qimalar (qon, limfa, ichki a'zolar, bosh va orqa miya, orqa miya suyuqligi va boshqalar) mavjud. Bunday tozalik nomaxsus himoya omillari va immunitet hisobiga ta'minlanadi.




Download 421 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish