Obyektiv belgilar. Obyektiv o'zgarishlar toshmalar ko'rini-shida namoyon bo'ladi. Aksariyat teri kasalliklarida, uning klinik belgilari toshmalar ko'rinishida «teriga yozilgan» bo'ladi. Belgilar-ning joylashishi, siyrak yo qalinligi, rang tusiga qarab shifokor tashxis qo'yiib, davo choralarini qo'llashda foydalanadi. Toshmalar yallig'lanib yoki yallig'lanmasdan o'tishi mumkin. Teri kasalliklarining ko'pchiligi asosan yallig'lanib o'tadi. Yalligianmagan toshmalar pigmentli dogiar, o'smalar, atrofiyalar, giperkeratozlar ko'rinishida namoyon bo'ladi. Bimday toshmalar birlamchi va ikkilamchi morfologik elementlardan tashkil topadi. Ekzogen yoki endogen ta'sirotga javoban terida paydo bo'lgan elementlar birlamchi, shu elementlar asosida rivojlangan morfologik elementlar ikkilamchi deyiladi. Birlamchi morfologik elementlar infiltrativ hamda ekssudativ xillarga ajratiladi. Ikkilamchi elementlarning tabiatiga qarab, ko'pincha birlamchi elementlar-ning qanday kechgani to'g'risida tasawur hosil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |