TERI KASALLIKLARINING KELIB CHIQISH SABABLARI
Endogen va ekzogen sabablarni bilish. Tosh-malarning morfologik elementlari bilan tani-shish. Bemorlardagi klinik belgilarni ajratish
Teri kasalliklarini keltirib chiqaradigan sabablar har xil bo'lishi mumkin. Ba'zan ular shunchalik kuchli bo'lib, butun orga-nizm faoliyatini izdan chiqaradi. Chunki bunday omillar (kislota, ishqor, radiatsiya, qaynoq suv, smola va boshqalar) ta'sirida teri va uning to'qimalari qattiq zararlanadi. Oddiy bir misol, odatda sog'lom odam terisi yuzasida ko'plab saprofit mikroorganizmlar, jumladan, stafilokokklar, streptokokklar, zamburug'lar va mi-koplazmalar bor. Ularning ayrim shtammiari juda virulent bo'lishiga qaramay, o'z holicha odamning terisida kasallik keltirib chiqarmaydi, ammo teri yuzasining butunligi buzilsa, masalan, zirapcha kirsa terida yiringlanish jarayoni boshlanadi. Yoki teri yuzasidagi suv-lipid pardasi (mantiya) buzilsa, pH o'zgarib, terining mikroorganizmlarga qarshiligi pasayib ketadi. Gipovitaminoz, qandli diabetda ham organizmning reaktivligi susayib qoladi va hokazo.
Demak, teri kasalliklari tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) omillarning bir-biriga bog'langan holdagi ta'siri tufayli kelib chiqadi. Endogen omillar sababli organizm, jumladan terining fiziologik qarshiligi pasaysa, ekzogen omillar ta'sirida patologikjarayonning kelib chiqishi yengillashadi.
Ekzogen omillarga fizik agentlar — yuqori va past harorat, nur energiyasi (ultrabinafsha radiatsiyasi, rentgen nurlari, radioaktiv nurlar) va elektr toki kiradi^Ko'rsatilgan agentlar ta'sirida terida ko'plab ekzantemalar (eritema, pufak, yara, eroziya va boshqalar) paydo bo'lishi va har xil jadallikdagi yallig'lanish hamda distrofik jarayonlarga olib kelishi mumkin.
Mexanik agentlarga bosim, cho'zilish, urilish va boshqalar kiradi. Yuqori bosim ta'sirida terida yallig'lanish, qon quyilish, eroziya, yoriqlar va dog'lar paydo bo'lishi mumkin.
Kimyoviy agentlar ikki guruhga bo'linadi: obligat (oddiy) guruhi — bevosita ta'sir etib, teri yoki shilliq qavatda yallig'lanishni keltirib chiqaradi (kuchli kislotalar, ishqorlar, tuzlar va boshqalar). Fakultativ guruh (allergen) — organizmning mazkur moddalarga nisbatan sezgirligi oshib ketishi natijasida terida yallig'lanish reaksiyasi ro'y beradi.
Infeksion agentlar, ya'ni patogen mikroblar, viruslar teriga tushishi oqibatida ko'pgina kasalliklar (teri sili, oddiy uchuq, piodermitlar, moxov va so'gallar) paydo boiadi. Bu kasalliklar o'ziga xos yoki xarakterli va diagnostik ahamiyatga molik toshmalar (tuguncha, pufakcha, madda va o'smalar)ga ega. Patogen zamburug'lar tomonidan qo'zg'atiladigan trixofitiya, mikrosporiya, favus, kandidoz kabi kasalliklarda teri, soch, tirnoqlar va shilliq qavatlar zararlanadi.
Hayvon parazitlari bo'lgan kana, bit, burgalar va boshqa qon so'ruvchilar bir qancha yuqumli kasalliklar mikroblarini tashish bilan birga, terining qattiq qichishishi bilan kechadigan kasalliklarga ham sabab bo'ladi.
Endogen omillar ta'sirida teriga xilma-xil toshmalar toshib, klinik jihatdan juda murakkab kechadi. Markaziy va periferik asab tizimi fa-oliyatining buzilishi terining ko'pgina allergenlar, oziq-ovqatlar, dori-vor va kimyoviy moddalarga sezgirligi oshib ketishiga olib kelap Mabodo, ular yana iste'mol qilina-digan bo'lsa yoki parenteral yo'l bilan organizmga yuborilsa, toshma toshib ketadi. Asab tizimidagi funksional o'zgarishlar bir qancha teri kasalliklari (ekzema, neyrodermit, tangachali temiratki, yassi temiratki, atopik dermatit va boshqalar) ko'rinishida namoyon bo'ladi. Qattiq ruhiy kechin-malar, nevrozlar, oliy asab tizimidagi ba'zi o'zgarishlar terida eritema, pufakcha, qavarchiq kabi tosh-malarga olib keladi va qator dermatozlarga sabab boiadi. Asab tizimidagi organik o'zgarishlar natijasida terining faoliyatida ham katta buzilishlar ro'y beradi.
Endokrin bezlar (jinsiy bezlar, buyrak usti bezlari) funksiya-sfiiing buzilishi oqibatida (qandli diabet, gipo- va gipertireoz) teri kasalliklari tez rivojlanishi mumkiiiJUglevodlar almashinuvi-ning buzilishi qandli diabetni, bu o'z navbatida terida har xil yara-chaqalarni, xolesterin almashinuvining buzilishi esa seboreya va husnbuzarlarni keltirib chiqaradi.
1-qo'tir kanasi va 2-u qo'ygan tuxumlar.
Gipo va avitaminozlar ham teri kasalliklarining paydo bo'li-shiga olib keladi. Ba'zi vitaminlar yetishmasligi biror-bir kasallik-ning boshlanishiga turtki bo'lsa, ayrimlari, jumladanX — lavsha (singa)ga, A — muguzlanish jarayonining izdan chiqishiga, PP — pellagra kabi terida katta o'zgarishlar bilan kechadigan kasallik-larga sabab bo'ladi.
Ovqat hazm qilish a'zolari faoliyati buzilishi ham teri kasalliklarining patogenezida muhim ahamiyat kasb etadi. Me'da-ichak tizimi xastaliklarida ekzema, neyrodermit, eshakem, qichima kabi kasalliklar rivojlanadi yoki qayta qo'ziydi. Jigar xastaliklari ko'pincha atopik dermatit, ekzema, nefrodermit va pesning kelib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin. Qon yaratuvchi organlar va tomir kasalliklarida teri qichishi hamda turli toshmalar toshishi kuzatiladi.
Organizmning endogen va ekzogen omillarga nisbatan sezuvchanligi ortishi (allergen holat) ko'pgina teri kasalliklarining avj olishiga sabab bo'ladi. Oziq-ovqat mahsulotlari, o'simlik changlari, dori-darmonlar, ro'zg'orda ishlatiladigan har xil moddalar allergenlar jumlasiga kiradi. Organizmning individual xususiyatlari hamda allergenning ta'sir doirasiga qarab, patologik jarayon terining turli anatomikqismlarida epidermis, derma va gipoder-mada ro'y berishi mumkin.)Ba'zan organizmning allergenga sezgirligi shunchalik ortib ketadiki, undan ozgina yuborish og'ir asoratga (anafilaktik shok) sabab bo'ladi.
Teri va shilliq qavatda paydo bo'lgan toshmalarda ba'zan irsiy kasalliklarning alomatini ko'rish mumkin (lamellyar ixtioz, tomirli nevus va boshqalar). Teri kasalliklarining murakkab va xilma-xil bo'lishi morfologik elementlar turli-tumanligi, birga yoki aralash kelishi, rangi, konsistensiyasi va shakli bilan belgilanadi. Aksariyat dermatozlarning kelib chiqishida ekzogen va endogen omillar odatda birgalikda ta'sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |