E. H. Eshboyev, Y. M. Fayziyev teri va tanosil kasalliklari



Download 421 Kb.
bet6/56
Sana22.03.2021
Hajmi421 Kb.
#61875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
т ере ва таносил

Teri fiziologiyasi. Teri va tashqi shilliq qavat odam organizmini tashqi muhitning noqulay omillari ta'siridan himoya qilish bilan birga ko'plab boshqa vazifalarni ham bajaradi. Teri va teri ortiqlari, nerv tolalari, qon tomirlar va limfa sistemasi butun organizm hamda Lining a'zolari bilan chambarchas bog'langan. Teri tashqi muhitning (ekzogen) ta'sirlarini sezibgina qolmay, balki organizmda joylashgan barcha a'zolardagi patologik o'zgarishlarga ham o'z vaqtida javob reaksiyasi bilan belgi beradi. Teridagi katta salbiy o'zgarishlar esa o'z navbatida ichki a'zolar funksiyasini buzilishiga olib keladi^Teri, jumladan, oqsil, uglevod, yog', suv, mineral moddalar, vitaminlar almashinuvida va boshqa xilma-xil funksiyalarni bajarishda qatnashib, organizmning yaxlit anatomik-fiziologik qismini tashkil etadi.

(Himoya funksiyasi. Teri juda elastik bo'lganligi hamda o'zi-ning qalin gipoderma qatlami hisobiga organizmni tashqi mexanik ta'sirlar (urish, bosim, cho'zilish, zarba va boshq.)dan birinchi bo'lib saqlaydi. Muguz qavat hujayralari issiqni yomon o'tkazadi va shuning hisobiga organizmning chuqur qatlamlarini qurib qolishdan saqlaydi.

Teri yuzasining muhiti kislotali bo'lganligi sababli, u patogen mikroorganizmlar ta'siridan saqlaydi va muguz qavati hujayraia-rini elektr toki urishidan himoya qiladi. Melanotsitlar ishlab chiqaradigan melanin pigmenti ultrabinafsha nurlarni o'ziga yutib, Lining zararli ta'siridan asraydu. Qora tanli odamlar shuning uchun qLiyosh nuriga chidamli bo'lishadi. Teri yuzasiga teri bezlaridan ajralib chiqqan sekretlar muhim bakteriotsit funksiyani bajaradi, ya'ni bLinday muhitda mikroblar o'ladi. Teri hujayralari muguzlanishi natijasida tangachalar bilan minglab mikroorganizmlar tashqariga tushib ketadi.



Ten sezgi organiclir. Unda og'riq, tegish, issiq va sovuqni se­zish kabi to'rt sezgi farqlanadi. Og'riq terining epidermis qismidagi erkin nerv tolalari orqali seziladi va emotsional o'zgarish bilan yLizaga chiqadi. Emotsional o'zgarish og'riqning o'tkir, sanchuv-chan, qirquvchan, bosimli, cho'ziluvchanbo'lishigabog'liqjiOg'riq o'tkir bo'lganida organizmning himoya reaksiyasi darrov oldinga chiqadi. Ba'zan terining arzimas ekzogen omil ta'sirida og'riqni sezish qobiliyati oshib ketadi — bu giperalgeziya va giperpatiya deyiladi.Og'riqni sezishning pasayib ketishi esa gipoalgeziya deb ataladi. Ba'zi ichki a'zolar kasalliklarida terining ayrim joylarida sezgirlik ortib ketadi, chunki kasallangan a'zoga tutashgan nerv oxirlari ham orqa miyaning afferent tolalaridan boshlanadi (ma-salan, yurakva o'pka kasalligida — ko'krak, bo'yin, yelka va qorin-ning yuqori qismida, ichaklar xastaligida — qorinning pastki so-hasi, bel terisida og'riqni sezish kuchayib ketadi). Teri kasallikla­rida aksariyat bemorlarning shikoyatlari orasida teri qichishishi birinchi o'rinda turadi. Uni endogen, ba'zan psixogen sabablar keltirib chiqaradi. Qichishish alomatini ham og'riq sezuvchi nerv oxirlari qabul qiladi. Odam terisida taktil (tegish) ta'sirotni sezish juda rivojlangan. Bu funksiyani soch follikulalari atrofida nerv chigallari hamda Meysnertanachalaribajaradi. Hatto teri sathining 1 mm oralig'iga ikkita nina sanchilsa, ular bo'lak-bo'lak seziladi. Odam terisi unga tekkan jismning o'tkir, uchli yoki yoy shaklida ekanligini o'zi ko'rmasdan ham idrok etadi. Taktil sezuvchanlikni uzoq vaqt mashq qilish natijasida yanada rivojlantirish mumkin. Bunday mashqlar amaliyotda ko'zi ojiz kishilarga asqotadi. Moxov kasalligiga chalingan bemor terisining taktil sezuvchanligi keskin kamayib ketadi. Odam terisining issiq yoki sovLiqni sezishi Lining hayotida juda katta ahamiyatga ega, hatto sezish orqali butun tana harorati moslanadi. Issiqni Ruffini tanachalari, sovuqni esa Krauze kolbalari idrok etadi. Issiqni sezuvchi tanachalarga nisba-tan sovuqni sezuvchilari ko'proq. Yuz terisi qo'l va oyoq terisiga nisbatan har qanday haroratni yaxshi sezadi.

Terining termoregulatsion funksiyasi. Butun tanadagi issiqlikni markaziy asab tizimi boshqarib turadi. Bu jarayonda teri katta rol o'ynaydi.'sMa'lumki, tanadan 80 % dan ortiq issiqlikni teri orqali chiqariladi. Issiqlikni ajratish teridagi qon tomirlari, ter bezlari holatiga chambarchas bog'liq. Sog'lom odamning tana harorati har qanday bo'lishiga qaramay, deyarli birxil darajada (36,5—36,7°C) turadi.

Odam bir kunda 0,8 litr ter ajratib, ayni vaqtda 2,1 MDj (500 kkal) energiya yo'qotadi. Bir kecha-kunduzda ter miqdori 3-4 litrga yetadi, ba'zan bundan ham ortadi.



Terining sekretor va ekskretor funksiyasi. Terining bu faoliyati undagi yog' va ter bezlari orqali bajariladi. Yog' bezlari ishlab chiqargan teri yog'i, terini moylab turish bilan birga Lining bu-tunligi, elastikligi va suv o'tkazmasligini ta'minlaydi. Yog' bezlari yana ekskretor vazifani ham, ya'ni organizmdan ba'zi dori moddalar (yod, brom, salisilat kislota) va zaharli moddalarni chiqarib yuborish kabi funksiyalarni ado etadi. Terida sekretor va ekskretor funksiyani ekkrin va apokrin ter bezlari ham bajaradi. Tashqi muhitga ter bilan birga issiqlik hamda mishyak, simob, xinin, yod, brom, qand va boshqa moddalar (ekskretor funksiya) chiqarib turiladi. Ekkrin ter bezlari ajratgan ter kislotali muhitga ega bo'lib, zichligi 1,004—1008 ga teng, tarkibining 98—99 % ni suv, 1—2 % ni unda erigan anorganik birikmalar, jumladan, fosfat, sulfat, osh tuzi, kaliy, kalsiy tuzlari, shuningdek, organik mahsulotlar (siydik kislotasi, mochevina, kreatinin, ammiak, aminokislota) va uglevodlar tashkil etadi.

Apokrin ter bezlari sekretida glikogen, xolesterin va temir bor, ular neytral muhitga ega bo'lib, endokrin va jinsiy bezlarning faoliyati bilan uzviy bog'liq. Asabiy-ruhiy holat, cho'chish, hayajonlanish, qo'rqishlar normal teridan ko'p ter ajralishiga sabab bo'lishi mumkin.



Terming moddalar almashinuv funksiyasi. Odam organizmidagi ba'zi moddalar almashinuvi faqat terida kechadi. Bunga muguzla-nish moddasi bo'lgan keratin, melanin va D vitamini sintezi misol bo'la oladjf Teri suv, minerallar (kaliy, kalsiy, natriy va boshq.), yog', oqsil va uglevodlar, shuningdek, gormon, ferment, vita­min va mikroelementlar almashinuvida ishtirok etadi.

Terining vitaminlar almashinuvidagi roli katta ahamiyatga ega. С vitamini teri pigmenti — melanin hosil bo'lishida hamda glukozaning gligogenga aylanishida, A vitamini epidermisning muguzlanishida ishtirok etadi. A, D, E vitaminlari teridagi oqsillarning o'zlashtirilishini va oltingugurtning qabul qilinishini tezlashtiradi. С vitamini yetishmasligi shilliq qavatining zararlanishiga, lavsha (singa) xastaligiga, A vitamini tanqisligi — ixtioz, kseroderma, vulgar husnbuzar va timoqlar distrofiyasiga olib keladi.



Terining nafas olish va rezorbsiya funksiyasi. Terining nafas olishdagi ishtiroki unchalik katta emas, odam yutadigaii kislorodning 1/180 qismi ajratadigan karbonat angidridning 1/90 ulushi teri orqali ro'y beradi. Suvning bug'lanishi esa o'pkadagiga nisbatan 2—3 baravar ko'p. Shunday qilib, teri gazlari almashinuvining 1 % da ishtirok etadi.

Terining markaziy asab tizimi faoliyati bilan bog'liqligi. Dermatozlarning kelib chiqishida markaziy asab tizimidagi ko'pgina markazlar hamda simpatik asab tizimining roli kattaligi xususida A.G.Polotebnev, A.I.Pospelov, P.V.Nikolskiy va boshqalarning fikrlari mavjud. Hozirgi paytda patologik jarayonning kelib chiqi­shida asab tizimining ahamiyatini hech kirn inkor qilmaydi. Uning faoliyati tufayli tashqi muhitdagi ekzogen yoki biror endogen ta'-sirlarga organizm teri bilan hamkorlikda javob reaksiyasini beradi. M.K.Petrova tajribalar orqali itlar asab faoliyatiga har xil shi-kastlar yetkazib, ular terisida ekzematoz o'choqlarini hosil qilgan.


Download 421 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish