1-MASALA. Normal eshitadigan birining sochi to`lqinsimon,ikkinchisiniki silliq bo`lgan ota-onadan 1-farzand kar, silliq sochli bo`lib ,2- farzand normal eshitadigan,to`lqinsimon sochli bo`lib tug`ilgan.Agar to`lqinsimon soch silliq soch ustidan dominantligi va karlik retsessiv belgi ekanligi ma`lum bo`lsa ,shu oilada keyingi farzandlarning kar , to`lqinsimon sochli bo`lib tug`ilish ehtimoli qanday?
2-MASALA. G`o`zaning hosil shohi cheklanmagan (S) gultoji barglari sariq-limon rangidagi(U) formasi, shoxi cheklangan (s) gultoji barglari och sariq rangli (u)formasi bilan chatishtirilganda, ¼ qismi cheklanmagan hosil shoxli gultoj barglari sariq limon rangli , ¼ qism cheklanmagan hosil shoxi, toji barglari och sariq rangli ¼ qism cheklangan hosil shoxi gultoji barglari sariq limon rangli , ¼ qism cheklangan hosil shoxi gultoj barglari och sariq rangli o`simliklar olingan. Chatishtirishda ishtirok etgan ota-ona formalarning genotipini aniqlang.
3-SAVOL. No`xatning uzun poyali (AA) oq gultojbargli (bb) formasi, kalta poyali (aa) qizil gultojbargli(BB) formasi bilan o`zaro charishtirilganda, F da 120 ta AaBb (uzun poyali qizil gultojbargli) o`simliklar, F da esa 720 ta o`simlik hosil bo`ladi. Ota – ona genotip va fenotipini aniqlang.
a) F2 dagi o’simliklarning nechtasi uzun poyali qizil gultojibargi bo’ladi?
b) F2 dagi o’simliklarning nechtasi uzun poyali oq gultojbargli bo’ladi?
4-MASALA. Ikkita sariq rangli qovoq chatishtirilganda, 3:1 nisbatda sariq va yashil rangli qovoqlar hosil bo`ldi. Chatishtirishda ishtirok etgan qovoqlarning genotipini aniqlang.
IZOH:
Bunda fenotipda ajralish nisbatiga va chatishtirilgan qovoqlar ranggiga qarab genotipni aniqlaymiz.
5- MASALA. Xushbo`y no`xat o`simligi gultojbarglarining qizil bo`lishi dominat gen ta`sirida ro`y beradi. Digeterozigota qizil gulli xushbo`y no`xat ikkita noallel gen bo`yicha gomozigota bo`lgan oq gulli retissiv hushbo`y no`xat bilan chatishtirilgan. Hosil bo`lgan F1 ning fenotip va genotipini aniqlang.
6-MASALA. Drozofila meva pashshasida normal qanot dominant, egilgan qanot retsessiv gen ta`sirida rivojlanadi. Gametalar 2:2 nisbatda bo`lganda qanday genotipli pashshalari hosil bo`ladi.
7-MASALA. Pomidor mevasining qizil ranggi (A), sariq ranggi (a) bilan ifodalanadi. Geterozigotali qizil rangli pomidorlar o`zaro chatishtirilganda necha foiz qizil va sariq rangli pomidorlar hosil bo`ladi?
8-MASALA. Quyonlarda yungning normal uzunligi dominant (B), qisqaligi ressisiv (b) bilan ifodalanadi. Quyidagi genotipli organizmlar o`zaro chatishtirilganda qanday fenotipli organizmlar hosil bo`ladi.
1. Bb x Bb
2. BB x bb
3. Bb x BB
9-MASALA. Gullarning och antotsion ranglilik Aa bilan ifodalanadi. Masala sharti bo`yicha och antotsion rangli (Aa) gullar ozaro chatishtirilganda 680 ta o`simlik olingan. Shundan 340 tasi och antotsion rangli ekanligi aniq berilgan. Qolgan qanchasi yashil rangli ekanligini aniqlang.
10-MASALA. Ipak qurt urug’ining qoramtir (A) oq rangi (a) ustidan dominantlik qiladi.Geterozigotali urg’ochi kapalak shunday erkak kapalak bilan chatishtirishdan qanday nasl olinadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |