Dinamika qatorlari to‘g‘risida tushuncha va ularni tuzish qoidalari


Momentli, davriy va hosilaviy dinamika qatorlari



Download 104,55 Kb.
bet4/11
Sana12.01.2022
Hajmi104,55 Kb.
#336597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
DINAMIKA QATORLARI

Momentli, davriy va hosilaviy dinamika qatorlari


Ko‘rsatkichlar

2005

2006

2007

2008

2009

1. Paxtachilik tarmog‘i­dagi kishilar soni (yil boshiga, kishi)

790

800

806

812

818

2. O‘rtacha ishchilar so­ni, kishi

800

802

804

810

820

3. Paxta yalpi hosili, t

2800

2900

2750

3020

3350

4. 1 ishchi hisobiga ye­tishtirilgan paxta, s

35

36

34

37

41

Jadval ma’lumotlari asosida dinamika qatorlarining turlarini qu­yidagicha tavsiflash mumkin: birinchi qatorda yil boshiga be­rilgan ishchilar soni – momentli bo‘lib, uchinchi qatordagi pax­ta yalpi hosili ko‘rsatkichlari – davriy qatorlar bo‘lib, ikkinchi qa­tor­da­gi o‘rtacha ishchilar soni bilan to‘rtinchi qatordagi bir ish­chi hisobiga yetishtirilgan paxta miqdorlari ko‘rsatkichlari hosi­laviy dinamika qatorlari hisoblanadi. Boshqacha aytganda, birin­chi qator – momentli, uchinchi qator – davriy, ikkinchi va to‘r­tin­chi qatorlar hosilaviy dinamika qatorlari hisoblanadi.



Dinamika qatorlari bir-biridan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:

  1. Momentli dinamika qatorlarida har bir darajada o‘rga­ni­la­yotgan ijtimoiy hodisaning aniq sana, momentga bo‘lgan ho­la­tini, miqdorini ifodalaydi, davriy dinamika qatorlarida har bir da­­raja ma’lum davr ichidagi (yil, oy va hokazo davrlar ichidagi) ijtimoiy hodisalar miqdorini, hajmini ifodalaydi.

  2. Momentli dinamika qatorlaridagi darajalarini qo‘shish or­qali olinadigan natija iqtisodiy mazmunga ega bo‘lmaydi, dav­riy qatorlardagi darajalarni qo‘shish orqali olinadigan natija esa real iq­tisodiy mazmunga ega bo‘ladi. Aytaylik, sigirlar soni va si­gir­lar­dan olinadigan yalpi sut misolida ko‘rib chiqaylik. Sigirlar soni qator sanalarda berilgan bo‘lsa, momentli dinamika qator­la­ri­da misol bo‘ladi. Masalan, shirkat xo‘jaligidagi sigirlar soni 1-yan­varga – 300 boshni, 1-aprelga – 298 boshni, 1-iyulga – 301 bosh­ni tashkil qilib, ulardan 1 kvartalda – 150 s, 2 kvar­talda – 155 s sut so­g‘ib olingan. Ushbu ma’lumotlardan foydalanib, 1-yanvar, 1-ap­rel va 1-iyulga berilgan sigirlar sonini qo‘shib aniqlasak, 898 bosh­­­ga teng bo‘lgan mutlaq miqdor kelib chiqadi. Ammo bu miqdor ni­­­­mani bildiradi, jami soninimi yoki boshqa biron iqtisodiy ko‘rsat­kichnimi? Buni sigirlarning jami bosh soni deb aytish mumkin emas, chunki mavjud bo‘lgan sigshirlarning jami soni hammasi bo‘lib, 1-iyulga 301 boshni tashkil qiladi, boshqa sigirlar yqo‘. Demak, bu raqam hech qanday iqtisodiy mazmunga ega emas. Haqiqatda momentli qatorlardagi har bir keyingi daraja o‘zidan oldingi darajani to‘la yoki qisman miqdorini (sonini, hajmini) o‘z ichiga oladi. Ularni qo‘shib hisoblansa, u holda takroriy qay­ta hisoblashga yo‘l qo‘ygan bo‘lar edik. Bizning misolda, haqi­qat­da 1-aprelda bo‘lgan sigirlar soni 1-yanvarda bo‘lgan sigirlar so­nini, 1 iyulga bo‘lgan sigirlar soni 1 aprelga bo‘lgan sigirlar so­ni­ni ham o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ularni qo‘shib hisob­lab, yakuniy xulosa qilish mumkin emas. Sigirlardan 1-kvartalda sog‘ib olingan yalpi sut bilan 2 kvartalda sog‘ib olingan yalpi sut miqdori qo‘shib aniqlansa, yarim yilda ishlab chiqarilgan sut miq­dori kelib chiqadi, ya’ni 305 s kelib chiqadi. Bu real iqtisodiy maz­munga ega bo‘lgan statistik ko‘rsatkichdir.

  3. Momentli va davriy qatorlarida o‘rtacha darajalar turli xil usulda aniqlanadi. Bularni aniqlash usullari 4-bo‘limda to‘liq kel­ti­­rilgan.



Download 104,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish