Dinamika qatorlari to‘g‘risida tushuncha va ularni tuzish qoidalari


Xo‘jalikda 2007-2009-yillarda oylar bo‘yicha olingan tuxum ko‘rsatkichlari



Download 104,55 Kb.
bet11/11
Sana12.01.2022
Hajmi104,55 Kb.
#336597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
DINAMIKA QATORLARI

Xo‘jalikda 2007-2009-yillarda oylar bo‘yicha olingan tuxum ko‘rsatkichlari


Oylar

Oylar bo‘yicha olingan tuxum (ming dona)

Mavsumiylik indeksi,%

2007-yil

2008-yil

2009-yil

O‘rtacha

1

11,0

10,5

12,6

11,4

59,5

2

16,0

16,9

15,2

16,0

83,6

3

18,1

15,6

16,4

16,7

87,2

4

20,2

23,5

17,3

20,3

106,0

5

22,0

25,4

30,9

26,1

136,3

6

26,9

29,3

26,4

27,5

143,6

7

30,0

26,2

24,3

26,8

139,9

8

22,0

24,0

24,6

23,5

122,7

9

22,9

21,3

19,4

21,2

110,7

10

15,6

15,8

16,9

16,1

84,1

11

9,8

8,9

12,7

10,5

54,8

12

12,6

13,4

15,0

13,7

71,5

Jami

227,1

230,8

231,7

229,8



O‘rtacha

18,3

19,23

19,31

19,15

100,0


Jadval ma’lumotlariga asoslanib, shunday xulosa qilish mum­kin: birinchidan, xo‘jalikda tuxum yetishtirish keskin mavsumiylik bilan tavsiflanadi: oylar bo‘yicha tuxum yetishtirish o‘rtachaga nis­batan u yoki bu tomonga 28,6 dan 43,6 foizgacha farq qiladi. Ik­kin­chidan, eng kam tuxum olish davri noyabr, eng ko‘p tuxum olish davri iyun oyi bilan tavsiflanadi.

Interpolatsiya deganda dinamika qatorlari orasidagi qanday­dir davrning noma’lum darajasini ifodalovchi miqdor tushu­ni­ladi. Noma’lum daraja dinamika qatorlar qanday tuzilganiga qa­rab, quyidagi usullar yordamida aniqlanadi:

  1. Noma’lum darajaning yuqori va pastgi yoki o‘ng va chap to­­mo­nidagi raqamlar ma’lum bo‘lsa, ularni qo‘shib o‘rtachasini hi­sob­lash bilan;

  2. Qo‘shimcha yoki o‘rtacha qo‘shimcha mutlaq o‘zgarish ko‘r­satkichlari asosida;

  3. Qo‘shimcha yoki o‘rtacha qo‘shimcha o‘sish sur’atlari koef­fi­tsiyentlari asosida.

Ekstropolatsiya deganda dinamika qatorlarining kelajak davr darajalarini aniqlash (prognoz qilish) usuli tushuniladi.

Agar dinamika qatorlarida mutlaq o‘sishlar doimiy va bir xil darajada bo‘lsa, unda o‘rtacha arifmetik usulda o‘rtacha mutlaq o‘sishni topib, bu qiymatni dinamika qatorlar oxirgi darajasiga ekstropolatsiya qancha davrga mo‘ljallanganiga qarab qo‘shib bo­riladi.



Agar o‘rganilayotgan dinamika qatorlarida o‘sish koeffitsi­yen­­ti doimiy xarakterga ega bo‘lsa, uning o‘rtacha o‘sish koeffi­tsiyentini hisoblab, dinamika qatorlarning oxirgi darajalarini unga ko‘pay­ti­rib, kelajak davr darajalari aniqlanadi. Dinamika qatorlarni ana­li­­tik tekislash usullaridan foydalanib ham ekstropolatsiyani amal­ga oshirish mumkin.

­­­

Tayanch iboralar





  • dinamika qatorlari

  • bazis davr

  • joriy davr

  • davriy qatorlar

  • hosilaviy qatorlar

  • momentli qatorlar

  • bazisli ko‘rsatkich

  • zanjirsimon ko‘rsatkich

  • mutlaq qo‘shimcha o‘sish (kamayish)

  • trend

  • mavsumiylik indeksi

  • lag

  • o‘sish yoki kamayish sur’ati

  • qo‘shimcha o‘sish (kamayish) sur’ati

  • 1 foiz qo‘shimcha o‘sish yoki kamayishning mutlaq mohiyati

  • ilgarilash koeffitsiyenti

  • sirg‘anchiq o‘rtacha

  • kichik kvadratlar usuli

  • interpolatsiya

  • ekstrapolatsiya

  • avtokorrelatsiya


7.Mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar


  1. Dinamika deb nimaga aytiladi?

  2. Dinamika qatorlari deganda nimani tushunasiz?

  3. Dinamika qatorlarining unsurlarini bilasizmi?

  4. Dinamika qatorlarini tuzishdagi qoidalarni bilasizmi?

  5. Dinamika qatorlarining turlarini bilasizmi? Ular qaysilar?

  6. Momentli qatorlar deb nimaga aytiladi?

  7. Davriy qatorlar deb nimaga aytiladi?

  8. Momentli va davriy qatorlar bir-biridan nima bilan farq qiladi?

  9. Dinamika qatorlarini tahlil qilishda qanday ko‘rsatkich­lardan foydalaniladi?

  10. Mutlaq qo‘shimcha o‘sish (kamayish) ko‘rsatkichini aniq­lash tartibini tushuntiring.

  11. O‘sish yoki kamayish sur’atini aniqlash zaruriyati nimada va qanday hisoblanadi?

  12. Qo‘shimcha o‘sish (kamayish) sur’ati qanday aniqlanadi?

  13. 1 foiz qo‘shimcha o‘sishning (kamayishning) mutlaq aha­miyati qanday hisoblanadi va u nimani tavsiflaydi?

  14. Dinamika qatorlarini yagona asosga keltirish va ulash usuli mazmunini bilasizmi?

  15. Davrlarni yiriklashtirish (oralig‘ini kengaytirish) usuli de­ganda nimani tushunasiz?

  16. Sirg‘anchiq o‘rtacha miqdorlar qanday hisoblanadi?

  17. Qatorlarni analitik tekislash usuli qay vaqtda qo‘lla­ni­la­di?

  18. Interpolatsiya deb nimaga aytiladi, mazmunini tushun­ti­ring.

  19. Ekstropolatsiya usuli deganda nimani tushunasiz?

  20. Mavsumiylik deganda nima tushuniladi?

  21. Mavsumiylik indeksi qanday hisoblanadi?

Download 104,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish