3. Dinamika qatorlarining tahliliy ko‘rsatkichlari
va ularni hisoblash tartibi
Ijtimoiy hodisalarning vaqt davomida o‘zgarishini dinamika qatorlari asosida statistik tahlil qilish uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
Mutlaq qo‘shimcha o‘sish yoki kamayish sur’ati;
O‘sish yoki kamayish sur’ati;
Qo‘shimcha o‘sish yoki kamayish sur’ati;
1% qo‘shimcha o‘sishning mutlaq ahamiyati.
Ushbu ko‘rsatkichlar ikki davr darajasini taqqoslash natijasida olinadi. Bular, o‘z navbatida, zanjirsimon va bazisli ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Agar dinamika qatorlardagi har bir davr darajasini boshlang‘ich davr darajasi bilan taqqoslansa, olingan miqdor bazisli ko‘rsatkich hisoblanadi. Agar har bir davr darajasini o‘zidan oldingi davr darajasi bilan taqqoslansa, olingan miqdor zanjirsimon ko‘rsatkich deb ataladi.
Bazisli mutlaq qo‘shimcha o‘sish (yoki kamayish) ko‘rsatkichini aniqlash uchun har qaysi davr darajasidan boshlang‘ich davr darajasini ayirib tashlash kerak:
Mo‘ = Di – Do.
Bunda: Mo‘ – mutlaq o‘zgarish (mutlaq qo‘shimcha o‘sish
yoki kamayish);
Di – taqqoslanuvchi davr darajasi;
Do – bazis (boshlang‘ich) davr darajasi.
Zanjirsimon qo‘shimcha o‘sish (yoki kamayish) ko‘rsatkichini aniqlash uchun har qaysi davr darajasidan udan oldingi davr darajasini ayirib tashlash kerak:
Bunda: Di-1 – oldingi davr darajasi.
Mutlaq qo‘shimcha o‘sish (yoki kamayish) ko‘rsatkichi taqqoslanuvchi davr darajasi bazis davri darajasiga nisbatan yoki o‘zidan oldingi davr darajasiga nisbatan qancha birlikka katta yoki kichik ekanligini ko‘rsatadi.
O‘sish (kamayish) sur’ati ham ikki usul bilan aniqlanadi: birinchi usulda, har qaysi davr darajasini boshlang‘ich davr darajasiga bo‘lib, 100% ga ko‘paytiriladi. Ikkinchi usulda, har qaysi davr darajasini o‘zidan oldingi davr darajasiga bo‘lib, 100% ga ko‘paytiriladi. Ya’ni:
Bazisli o‘sish sur’ati (Kbo‘):
Zanjirsimon o‘sish sur’ati (Kzo‘):
Qo‘shimcha o‘sish (kamayish) sur’atini aniqlash uchun ham ikki usul – bazisli va zanjirsimon usullardan foydalaniladi.
Birinchi usulda har bir keyingi davr darajasi bilan boshlang‘ich davr darajasi orasidagi farqni 100% ga ko‘paytirib, natijasi boshlang‘ich davr darajasiga bo‘linadi:
Ikkinchi usulda har bir keyingi davr darajasidan o‘zidan oldingi davr darajasini ayirib, farqni 100% ga ko‘paytirib, natijasi o‘zidan oldingi davr darajasiga bo‘linadi:
1% qo‘shimcha o‘sishning mutlaq miqdorini hisoblash uchun mutlaq qo‘shimcha o‘sish darajasini qo‘shimcha o‘sish sur’atiga bo‘linadi. Yoki har bir keyingi davr darajasini 100% ga bo‘lib, bitta davr pastga tushirib yoziladi.
Demak, 1% qo‘shimcha o‘sishning mutlaq miqdorini hisoblash uchun zanjirsimon mutlaq o‘sish (kamayish) darajasini zanjirsimon qo‘shimcha o‘sish (kamayish) sur’atiga bo‘lish kerak.
Yuqorida bayon qilingan usullar asosida dinamika qatorlarining tahliliy ko‘rsatkichlarini hisoblash tartibini «A» regionda 2000-2005-yillarda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot misolida ko‘rib chiqamiz (11-jadval).
11-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |