Diktant ikki do‘st



Download 0,5 Mb.
bet8/31
Sana21.12.2022
Hajmi0,5 Mb.
#892967
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
Bog'liq
IIV AKADEKIK LITSEY DIKTANT 2019

Aqlli bola
Bir kuni kechasi ot ustida borayotgan Alisherni uyqu bosib, ko‘ziga qum tiqila boshladi. Kunduz kuni salqin bir buloq bo‘yida chodir tikib, hamma orom olgan paytda, Alisher bir- ikki bola bilan sahrodagi katta kaltakesaklarni quvib, juda charchadi. Mana endi yarim kechada uyqu bosib, boshi garang bo‘lib qoldi. Kichkina chavandozning egar ustida uxlab qolganini sezgan ot esa yurishini sekinlatib orqada qolib ketdi. Tong payti Alisherning oti nimanidir hurkib ketib, uni yiqitib yubordi. U qayerdaligini bilmay hayron bo‘lib o‘tirdi. Nihoyat, hushi o‘ziga kelgach, bepoyon cho‘lda bir o‘zi qolganini ko‘rib, juda qo‘rqdi. Alisher otasidan, Iroq viloyati kun botish tomonda, Hirot - kun chiqishda, degan gapni eshitgan edi. Aqlli bola kun yorishib kelayotgan tomonga qarab yurib ketdi
Insonning eng qudratli boyligi
Inson o‘z aql-idroki, bilimi bilan barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tishga qodir. Bilim insonlarni barcha yomon, yaramas ishlardan tiyib turadi. Bilim egalari hamisha elda aziz bo‘lganlar va hurmat qozonganlar. Mamlakat ishiga nafi tegadigan kishilar avvalo bilimli va donishmand kishilardir. Jahonda bilimdan ulug, bilimdan aziz narsa yo‘q. Insoniyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shadigan bilimli kishilar hozir olimlar deb ataladilar. Olimlar tabiat va jamiyat bilan bog‘liq hodisalarni o‘rganadigan, ulardan xulosa chiqaradigan va qonuniyatlarni aniqlab, o‘zidan keyingi avlodlarga yetkazadigan insonlardir. Ularning mehnati bilan bebaho fikrlar xazinasi bo‘lmish kitoblar dunyoga kelgan. Qadimgi vaqtda esa olimlar donishmandlar deb atalib, ular bir necha sohalar bilan shug‘ullanganlar. Shunday qomusiy sharq olimlaridan Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniylarning yaratgan asarlari jahon ilm xazinasining poydevorlari hisoblanadi. Barcha kashfiyotlar, insoniyat erishgan yutuqlar va hozirgi taraqqiyot olimlarining mehnati natijasidir.
(130 so‘z ,,O‘zbek tili’’ darsligi)
Ilm xosiyati haqida
Hadisi sharif va islomning boshqa muqaddas kitoblarida ilm ezgulik, poklik, insonlarni turli ofatlardan asrovchi vosita sifatida qaraladi. Ilm – bu hikmat, poklik ramzi, ilmsizlik jaholatdir, deb uqtiriladi.
Ilm - imon-e’tiqoddir va ular egizak sanaladi. Har qanday ilmli kishi esa o‘z bilimiga amal qilgan holda odamlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, maslahat bermog‘i lozim. Ilm-u hikmatlar o‘tkinchi bir narsa emas, u uzoq yillar insonlar bilan birga yashaydi.
Hikmatlarda ilmli kishi mevali daraxtga o‘xshatiladi. Ilm kishilarni odillik va odamiylikka undaydi. Suv yer chanqog‘ini qondirganidek, ilm ham kishilarga ezgulik, yaxshilik keltiradi.
Ilm va hikmat o‘rganmoq mo‘min kishining yuksak fazilatidir. Chunki ilm-kishilarga tayanch, rahnamo, zeb-u ziynat.
Ilm - sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘iz damlarda yo‘ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qayg‘uli onlarda madadkor.
(115 so‘z. “Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur”)
Sumalak
Sumalak – xushxo‘r va tansiq taom. Sumalak tayyorlash uchun bug‘doy tozalanib, sovuq suv bilan yuviladi. So‘ng uch kun ivitib qo‘yiladi. Bug‘doy nish urgach, toza taxta ustiga 1-1,5 santimetr qalinlikda yoyilib, quyosh tushmaydigan joyga qo‘yiladi. Bug‘doy unib chiqqunga qadar har kuni ertalab suv sepib turiladi. Bug‘doy maysasi igna bo‘yi bo‘lgach, maysa qiymalanadi, ustidan suv quyib aralashtiriladi, sharbati dokadan suzib olinadi. Shu tariqa sharbati uch marta olinadi. Qozonda paxta yog‘i dog‘lanadi, yoqqa un va birinchi suzilgan sharbat aralashtiriladi va baland olovda qaynatiladi. So‘ngra, ikkinchi, uchinchi suzilgan sharbat quyilib, baland olovda qaynatish davom ettiriladi. Sumalak tagiga olmasligi uchun qozonga 15-20 ta yong‘oq yoki silliq toshchalar yuvib solinadi va beto‘xtov kovlab turiladi. Sumalak 10-12 soat qaynashi lozim. Sumalak pishgach, qozonning olovi olinib, 2-3 soat davomida dimlab qo‘yiladi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish