Ona allasi
Musiqa hayratli va takrorlanmas hodisa. Bu bizning tuygularimizni junbushga keltiradi, tolqinlantirib, kongillarimizga huzur beradi, kotarinkilik bagishlaydi, ezgulikka undaydi, ma`naviy boyitadi. Musiqaning mudom yashashi uchun tabiiy sharoit va ehtiyoj mavjud. Ajdodlar tomonidan toplangan musiqaviy san`atlar muntazam ravishda boyib, takomillashib boradi. Mana shu jarayonda bola ilk qadamlaridanoq hayotbaxsh musiqadan bahramand boladi. Ona allasini ham san`atning musiqiy-hayotiy shakllari silsilasiga kiritish mumkin.
Alla bolani uxlatish uchungina moljallangan oddiy qoshiq emas. U ona va bola orasidagi umumiy, asrlar davomida saqlangan maxsus munosabatlar uchundir. Ona allasi shaklini olgan bu munosabatlar onadan bolaga otmishdagi ajdodlar donishmandligining otishiga, bolaning hayotga tabiiy kirib kelishiga imkon yaratadi, uni tarbiyalaydi.
Ona allasi faqat onaga xos bolgan hissiy noziklikni ifodalaydi hamda qalbining tub-tubidan chiqib keladi. Ona butun vujudi, ruhiyati bilan sugorilgan ohanglar vositasida ozining eng muqaddas, eng ezgu tuygularini, orzu-istaklarini farzandiga yetkazadi, ana shu asnoda uni tarbiyalaydi.
Vatan tarixi
Har bir viloyatda yoki qishloqda tariximiz zarvaraqlariga oltin harflar ila bitilsa arzigulik kashfiyotlar yashirin . Bular odob va odatimizda, tabiatimizda yashaydi .
Rahmatlik bobom aytgan edilar: Forobiy Toshkentga kelganida Beshyogochdagi madrasada tahsil olgan ekan .
Abdulla Avloniy uning ruhini shod etib, xuddi osha yerga oz maktabini qurdi .
Chirchiq daryosi toshib, Forobiy kitob mutolaa qilgan kutubxona binosi buzilganda bir hafta suvda kitob oqqan ekan. Osha kitoblarni kim oqigan ?
Qadimshunoslar uzoq Surxondaryodagi Dalvarzintepadan Budda haykalini topishibdi. Budda dini hukmron bolmish Yaponiya ziyolilari esa hayratda qolishibdi. Endi esa osha yapon olimlari ozbek arxeologlari bilan hamkorlikda Dalvarzintepani organishmoqda.
Budda dini bizning sarhadlarimizga qaysi yol bilan tarqalgani-yu u Yaponiyaga qanday borib qolganini aniqlashmoqda. Sarhadimizda qanday qonunlar kashf qilingan yoki hukm surgan bolsa, osha odatimizda qolgan desam ishonasizmi? (117 soz)
Vaqting ketdi baxting ketdi
Insonning hamma vaqti ham ish, oqish bilan band bolavermaydi. Aytaylik, ota-onaga qarashish, darsda bolish, darsga tayyorlanish, maktab yoki boshqa muassasalarda, jamoat ishlarida qatnashish bilan bir qatorda orada bosh vaqt ham boladi. Ana shu bosh vaqtdan unumli, maqsadli foydalana bilish, uni bekorga ketkazmaslik ham oqilona ishlardandir. Ammo, ayrim bolalar bosh vaqtlaridan togri foydalanmaydilar. Eng noyob boylik — bo‘sh vaqtini behudaga o‘tkazib, bir-birlari bilan gaplashib o‘tirish, arzimagan mayda-chuyda narsalar ustida bahslashish, ko‘cha-ko‘yda sanqib yurish bilan kun o‘tkazuvchi bolalarni ko‘rib afsuslanasan, kishi. Жismoniy va aqliy yetuk inson bo‘lib yetishuvida bo‘sh vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, undan oqilona foydalana bilish muhimдир. Dono xalqimizning: «Vaqtning qadriga yet», «Vaqting ketdi — baxting ketdi» deyishi xuddi ana shu bo‘sh vaqtni qadrlay olish, undan unumli foydalanishni ko‘zda tutib aytilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |