Gul shaydosi Orif otaning-ku, erta-yu kech chakkasida rayhon. Tong pallasida bir dastasini doppi tagidan qistirib olganicha, yostiqqa bosh qoyadi-yu, rayhonni yoniga tashlaydi. Hidi kelib turmasa ishidan yanglisharmish, uyqusi qocharmish. Orif ota gullar tarifini hikoya qilguday bolsa, hamsuhbatining ogzini ochirib qoyadi. Bitta rayhonning necha turini sanab, biridan birining farqini aytib beradi. Uning nazarida, gullar ichida, nainki gullar, jamiki nabodot olamida rayhondek xushboyi yoqmish. Huda-behudaga solib, qurimaydi. Dimogingni chog qilsa, oshingni xushtam qiladi. (115 сўз, Rahmat Fayziy)
Vijdon
Vijdon – bu kishining kundalik faoliyati,qilmishi,fe`l-atvori uchun oila, jamoat,jamiyat va Vatan oldida ma`naviy mas`uliyat his etishidir. Shu yuksak axloqiy tushuncha shaxsni ijobiy xatti –harakatlarga undab va shunga moyil qilib, oz faoliyatiga ozi baho berishga olib keladi. Vijdonli kishi nohaq, adolatsiz ishlardan gazabga keladi, bularga qarshilik bildiradi; oz faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib, xursand bolsa, yomon tomonlaridan norozi bolib, ruhan eziladi, ya`ni vijdon azobiga uchraydi. Vijdon- tugma xislat deyuvchilar ham bor. Vijdon kishilarning yashab turgan sharoitiga, olgan ta`lim tarbiyasiga bogliq , deb hisoblovchilar ham mavjud. Biz ozimizning turmush tajribamizda aslida vijdonsiz kimsaning voyaga yetib, oqimishli, katta odam bolib yetishganidan keyin vijdonli bolib qolganini uchratmadik. Vijdon kop yoki oz bilimlilikka, boy yoki kambagal bolishlikka, oddiy yoki mashhurlikka bogliq emas.
(120 ta soz)
Ota-ona oltin qanot
Jahonning hamma xalqlari kabi ozbek xalqi ham qadim-qadimdan ota-onani olamda eng ulug, eng motabar, eng muqaddas zot deb biladi va oz dunyoqarashida, yozma va ogzaki adabiyotida, san`atda, kundalik muomalasida, ibratli sozlarida ota-onaning farzand uchun qanchalar qadr-qimmatli, mehribon, madadkor, ma`naviy tayanch ekanligini qayd etadi.
Ularni umrbod e`zozlash, izzat-hurmat qilish, qadriga yetish, boshiga kotarib yurish, ularning gapini yerda qoldirmaslik, aytganini qilish, nasihatlariga quloq solish, dilini ogritmaslik, la`nat-u qargishiga qolmaslik, aksincha, yaxshilik qilib, oq sutini oqlab, ularni rozi qilib, olqish-u duosiga sazovor bolish, ularning boshlagan ishlarini, an`analarini davom ettirish nihoyatda zarur, eng muqaddas burch ekanligi qayta-qayta uqtiriladi. Buyuk shoirimiz Navoiy bu haqda shunday deganlar:
Boshni fido ayla ato qoshiga,
Jismni qil sadqa ano boshiga.
Tun-kuningga ylagali nur fosh,
Birisin oy ayla, birisin quyosh.
(127 ta soz. Hikmatnoma kitobidan)
Do'stlaringiz bilan baham: |