Tilni bilgan elni biladi
Nutq eng katta boylikdir. Inson nutqi, gapira olishi bilan ulugdir. Barcha asrlarda xalqlarni bir-biriga boglaydigan, yaqinlashtiradigan asosiy vosita til bolgan. Ayrim tillar hatto xalqlar ortasida koprik vazifasini otagan. Shuning uchun Til bilgan el biladi deydilar.
Hikoya qilishlaricha, kunlardan bir kun ulug vazir va shoir Alisher Navoiy Samarqand shahrida bir-biri bilan tortishib savdo qilayotgan ikki insonga duch kelib qolibdi. Ular bir-biriga baqirar, biri se desa, ikkinchisi uch derdi. Atrofdagi odamlar esa Narxini tushirma deb, ularni yanada urishtirar edi. Navoiy ularning oldiga yaqin keldi va har ikkoviga oz tilida gapirib tushuntirdi. Ey, odamlar! Axir ikkovingiz ham bir xil narxni aytyapsiz-ku. Tojik tilidagi se ozbek tilidagi uch degani-ku!. Barcha odamlar xaxolab kulib yuborishibdi. Shuning uchun odamlar hamisha bir-birini tushunishi, ahil va inoq yashashi uchun bir-birlarining tillarini organishga harakat qilib keladilar. Boshqa tillarni bilish har bir bilimli kishining korkidir.
(140 soz. Oz-oz organib dono bolur)
Belbog
Osha paytlar juda yosh bola edim. Kozimda ot chaqnab turardi. Oyindan boshqa tashvishim yoq edi. Bazi narsalarga aqlim ham yetardi. Bir kuni onam chaqirib qoldi. Qollarida nimadir bor edi. Qand bolsa kerak. Yoq. Boshqa narsa ekan. Borganimdan song uni belimga boglab qoydilar. Onamdan buni nima ekanligini soradim. Bu belbog seniki. Otangda ham bor, bobongda ham bor, uning bobosida ham bolgan. Baxting shunda, belbogingni yecha korma! dedilar onam. Shu-shu bu belbog menga aziz bolib qoldi. Uni hech kimga ishonmadim. Chang-dog tegmasin deb asradim. Iplari sokilmasin, deb juda juda hushyor boldim. Yoshim ulgaygan sari uni ham yaxshi koraverdim. Birovga berishni xayolimga ham keltirmadim. Endi u orim, nomusim, gururimga aylangandi. Unda otamning qollari, onamning nurli siymosi, yaqinlarimning tafti bor. Ajdodlarimining boylari bor unda. Shukur, belbogim orim, faxrim, bor-budim ozimda. Belbogimdagi Vatan degan yozuvni kozlarimga surtaman.
(133 soz. Behzod Fazliddin, Hikoyalar)
Kuz
Boston qishlogida ogir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi. Chor-atrof yaproqlarning mungli shivir-shiviriga toldi. Qishloqni halqaday orab oqayotgan anhor birdan tiniqlashdi. Telba tolqinlar endi jilovlanib, yuvosh tortib qoldi.
Odamlar qishdan chochiganday, shosha-pisha harakatga tushdilar. Kimdir chorbogidan otin arraladi, kimdir qoshnisining bog ishlariga hasharga chiqdi.
Hamma yagona bir tashvish kuz tashvishi bilan turib, kuz tashvishi bilan turib, kuz tashvishi bilan yotadigan boldi.
Faqat bitta hovlida qishloq chekkasidagi shundoqqina anhor yoqasida joylashgan hovlida sukunat hukm surar, faqat bir kishi oz tashvishi bilan band edi.
Alimardon oz ovozidan chochib uygonib ketdi. Anchagacha qayerda yotganini bilolmay, kozlarini katta-katta ochgancha shiftga tikilib qoldi. Azoyi badani ot bolib yonar, peshonasini muzday ter bosgan, bir tutam sochi ter aralash qoshlariga yopishib qolgan edi.
(116 soz. Otkir Hoshimov)
Do'stlaringiz bilan baham: |