MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI O‘ZBEK FILOLOGIYASI YO'NALISHI 315-GURUH TALABASI SHERBOYEVA MUYASSARNING
“DIALEKTOLOGIK AMALIYOT” ishi
Amaliyot rahbari : Ubaydullayev Alisher
1.Shevasi o‘rganilayotgan aholining yashash joyi haqida umumiy ma’lumot, aholining milliy tarkibi,ularda o‘zbeklarning nisbiy miqdori, aholi punkti atrofidagi sheva vakillari, boshqa millat vakillari haqida ma’lumot.
Biz Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining talabalari mana ikkinchi kursni ham tamomlab yozgi ta`tilni boshlab oldik. Biz ikkinchi kurs davomida turli qiziqarli va ajoyib fanlarni o`rgandik. Ikkinchi kurs davomida biz qiziqarli fanlardan biri dialektologiya, ya`ni shevalar haqidagi fanni juda qiziqish bilan o`rgandik. Ustozimiz tomonidan berilgan yozgi amaliy mashg`ulotimiz esa bu fan haqidagi bilimlarimizni yanada boyitib, mustahkamlashga, o`zimiz yashab turgan hudud shevasini o`rganishga xizmat qiladi. Men bu amaliy mashg`ulotni boshlashga astoydil kirishdim. Ustozlarimiz bergan bilimlari orqali o`z yashab turgan hududimiz haqida ma`lumotlar to`pladim . Bular bilan sizlarni ham tanishtirib o`taman.
Men, Sherboyeva Muyassar Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida yashayman. Men o‘z Dialektologik amaliyot ishimni ham o’zim yashayotgan viloyatim shevasini o‘rganish ustida olib bordim. Bu joylar anchagina keng hududni qamrab olgan. Uning hududida yuzdan ortiq qishloqlar mavjud.
1. Shevaning o‘zbek shevalari tasnifidagi o‘rni.
.Tumanimiz aholisining asosini qipchoq vakillari tashkil etadi. Bu sheva vakillarining tub aholi shevasiga ta`siri sezilmaydi. Lekin tuman aholisi o`ziga xos shevada gaplashmayadi. Adabiy tilga deyarli yaqin. To‘g‘ri, ayrim hududlarda “j” lovchi sheva vakillari ham yashaydi
Shevamizning grammatik xususiyatlari quydagilardan iborat:
1.So`z boshidagi y tovushi o`rniga j aytiladi.
Masalan: yo`l –jo`l, yur – jur.
2.Ko`pincha so`z oxiridagi g` tovushi o`rniga v tovushi ishlatiladi.
Masalan:sog`aman – sovaman , tog`- tov .
3.So`z oxiridagi q undoshi ba`zi so`zlarda nutqda talaffuz qilinmaydi, tushib qoladi: quruq –quri.
4.Ko`pincha so`z boshida o tovushini o`rniga a (old qatͻr ) unli ishlatiladi:
olma –alma , olov – alov.
5.Asosan orqa qator unlilar , ba`zan old qator unlilar ham ishlatiladi:
Ana ,aya so`zlarida old qator a unlisi ishlatilsa αnor so`zida orqa qator unlilar ishlatiladi.
6.Hozirgi zamon qo`shimchasining -yapti shakli ishlatiladi: kelyapti , boryapti, ketayapti, chopayapti, uxlayapti.
7. B tovushi o`rniga p ishlatiladi : borip kelay, opkelay.
8. Tushum kelishigining –di , -ti variantlari ishlatiladi: ukamdi, gapti.
9. Qaratqich kelishigi o`rniga tushum kelishigi ishlatiladi: ukamni kitobi , byimni guli.
10. Jo`nalish kelishigining -a varianti ham ishlatiladi : byima , dadama, ukamma.
11. Shevamizda - LAR qo`shimchasi hurmat ma`nosida ishlatiladi: Dadam aytdilar, Bovam keldilar .
12.Chiqish kelishigining - dan , - tan , -nan variantlari qo`llanadi.
Masalan : ishtan , uydan , kimnan .
13. Bazan e unlisi o`rniga i unlisi ishlatiladi : ergashmoq –irgashmoq , erta- irta, kecha-kicha.
14. Bazan r undoshi o`rniga l undoshi ham ishlatiladi : devor – devol.
15. Bazan p undoshi o`rniga v undoshi talaffuz qilinadi :
Topib bermoq - tovib bermoq .
16. Ch undoshi o`rniga sh ishlatiladi : uchta - ushta .
17. S undoshi o`rniga ch ishlatiladi : soch – choch.
18. Qator kelgan bm undoshlari pp tarzida talaffuz qilinadi:boribman – borippan .
19. B undoshi o`rniga m : bundan – mundan , bunday –munday , buni – muni .
20. Shevamizda singarmonizm hodisasi uchraydi: ona- ana .
21.Sandhi hodisasi ham uchraydi : hayron bo`ldim –hayrom bo`llim.
22. Ikkilamchi cho`ziqlik : shahar – sha:r .
23. Spirantizatsiya hodisasi : sabzi –sovzi, og’zi-ovzi.
24. Eliziya hodisasi : o`ta olmadi – o`tolmadi, bo`lar ekan –bo`laykan , olib ke – opke , Solix aka -Soli aka , Abdusattor – Absattar .
25. Reduksiya : tiriklay – tirilay , nasiya - nasya .
Do'stlaringiz bilan baham: |