Shevada qo‘llanuvchi oziq-ovqat nomlari, ularga tegishli so‘z va iboralar:
Ͻvqat[Ovqat – taomning umumiy nomi]. Apam shirin ovqat qilardila, mazasi og‘izda qolardi. (Apam širin ovqat qilardila.)
Lövya[Loviya – ovsatga solinadigan mahsulot nomi] . Loviya mahsuloti solib qilinadigan sho‘rva – taom turi. Lovyali ovqatla shirin bo’ladi.( Lövyali ɔvqatla širin böladi.)
Majiz[Mayiz] Uzumning quritilgan ko‘rinishi(holati)ni mayiz deb atalish ghammaga tushunarli. Shu mayiz non bilan yeyilganda uning kaloriyasi kuchli bo‘lgani uchun ovqat o‘rnida qorinni to‘ydiradi. Mayiz qonni ko`paytiradi (Majiz qɔnni köpaytiradi).
Misallas[Musallas] . Musallas uzumning suvidan ko‘zalarga solingan holda, og‘zi yopiladi va ma'lum muddatdan so‘ngra ochib, ichish mumkinligi aniqlanadi va ichib istemol qilish boshlanadi. Misallas uzimdan qilinadi (Misallas uzimdan qil nәd).
Navot[Novvot] Novvot shakarning qiyom qilinganidan to‘plangan va qotirilgan mahsulot turi sanaladi. Novvot yurakka malham bo‘ladi-ya. Navotrang uzimim bor (Navotrang uzimim bɔr).
Palov[Palov – milliy taom] Ba'zan palov so‘zi o‘rnida osh so‘zi qo‘llanadi, ammo osh so‘zi boshqa ovqatlar uchun ham qo‘llanilgani uchun palov so‘zi Kitob shevasida faolroq ishlatiladi. .
Šula // šavla[Shula – taom nomi]. Xuddi palov singari masalliqlar solib tayyorlanadi, lekin unga ko‘proq suv solingani uchun, palovdan ko‘ra sal bo‘shroq (suyuqqa yaqin holatda) bo‘ladi. Sal kutib tursangiz yaxshigina shula tayyorlab berardim-a...
Qajnatma[Qaynatma sho’rva, taom nomi].Qozonga suv, go‘sht va sabzi, piyoz, ba'zan qalampir ham solingan holda qaynatiladigan taom turi.
Manti[Manti – taom nomi]. Go‘sht, piyoz maydalanib xamirga solinib, uning bir qanchasi mantiqozonda suv qaynatilgan holda pishiriladi.
Qallama [Qallama – qatlama]. Xamirga yog‘ solib, rosa pishitilgandan so‘ng, doira shakllariga keltirilib, yog‘da, ba'zan tandirda pishirib olinadigan non turi qallama deyiladi.
Patir [Patir – non turi]. Bu ham qallamaga o‘xshab tayyorlanadi va tandirda pishirib olinadi.Unga sut, yog‘, go‘sht, kadi va olma solib ham pishirish odati qishlog‘imizda uchraydi. Yog‘li patir yaxshi, sutli patir undan-da yaxshiroq bo‘ladi-ya...
Pijova [Piyova - taom turi]. Bu ovqat turi xuddi sho‘rva kabi pishiriladi, ammo go‘shti bo‘lmaydi, bo‘lganda ham juda kam bo‘ladi.
Širvirič[Shirvirich – taom nomi]. Bu taom guruch solinib qaynatiladi, suv sal kamaygach, shakar solinib, kosalarga suzib kelinadi va istemol qilinadi. Shirvirich yaxshi-yu, tagiga tortgani taъmini buzadi-da.
Do'stlaringiz bilan baham: |