Buxoro Davlat Universiteti Tarix va Madaniy Me'ros fakulteti 1-kurs talabasi



Download 11,52 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi11,52 Kb.
#416715
Bog'liq
Xolmatov Sabriddin.docx


Buxoro Davlat Universiteti
Tarix va Madaniy Me'ros fakulteti 1-kurs talabasi
𝐗𝐨𝐥𝐦𝐚𝐭𝐨𝐯 𝐒𝐚𝐛𝐫𝐢𝐝𝐝𝐢𝐧ning
ARXEOLOGIYA va ETNALOGIYA fanidan yozgan;

O'zbekiston- Insoniyat Sivilizatsiyasining Qadimgi O'choqlaridan Biri.


Reja:
1) Vatanimiz qadimdan odamzod yashab kelayotgan o'lka.
2) Ibtidoiy jamiyat va uning davrlari.
Ibtidoiy jamiyat va uning davrlari Insoniyat qadim-qadimdan o‘z davriga xos turmush tarziga, moddiy va ma’naviy madaniyatga, ya’ni ma’lum darajadagi sivilizatsiyaga ega bo'lgan. Davrlar o‘tishi natijasida, insoniyat sivilizatsiyasi darajasi o‘sib, rivojlanib, takomillashib borgan. Bu jarayon odamlarning mehnat qilish usuli, qanchalik darajada moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish va ko'paytirib borishi bilan bog'liq kechgan.U yoki bu sivilizatsiya haqida so‘z borganda insoniyatning yashash uchun kurashi, tinimsiz mehnati, ma’naviyat va ma’rifatga intilishi tufayli o‘zi uchun yaratgan jismoniy va madaniy qulayliklari - ov va mehnat qurollari, kiyim-bosh, uy-joy va oilaviy munosabatlari, ishlab chiqarish usullari, maishiy xizmat vositalari, ijtimoiy ongi va ma’naviy dunyosi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-huquqiy munosabatlari darajasi asosida tavsiflanadigan ma’lum bir tarixiy davrtushuniladi. Masalan, Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi, Antik Yevropa sivilizatsiyasi, Islom sivilizatsiyasi, Xristian sivilizatsiyasi, hozirgi zamon sivilizatsiyasi kabi tushunchalarda insonlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayoti, turmush tarzi, axloqi, bilim saviyasi, mehnat qurollari va hokazo jihatlari mujassamlashgan bo'ladi. Har bir mintaqada sivilizatsiya davriy nuqtayi nazardan ertaroq yoki kechroq, o ‘ziga xos shaklda shakllanib, rivojlanib borgan. Tarixiy, ilmiy tadqiqotlar bizning Vatanimiz - O'zbekiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o‘choqlaridan biri ekanligidan dalolat bermoqda.XX asrning birinchi yarmidan boshlab arxeolog olim V.L.Vyatkin boshliq gurUh Samarqand, Xorazm va Termizda, M.E.Masson boshliq arxeologlar guruhi Ohangaron vodiysida, A.A.Potapov Farg‘ona vodiysida qidiruv va qazish ishlari olib bordilar. 30-40— yillarda O'zbekiston, Moskva va Leningrad olimlari hamkorligida bir necha arxeologik ekspeditsiyalar tashkil etildi. Termiz ekspeditsiyasiga M.E.Masson, Xorazm ekspeditsiyasiga S.P.Tolstov, Zarafshon ekspeditsiyasiga A.Yu.Yakubovskiy rahbarlik qildilar. Bular tomonidan nafaqat O'zbekiston, balki butun Markaziy Osiyoning qadimgi larixini, ajdodlarimizning ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi turmush tarziga oid qator qimmatli asarlar yaratilgan. Bular orasida V.M.Massonning "S trana tisyachi gorodov" ( M .,"N au k a", 1966), A.P.Okladnikovning "Paleolit i mezolit Sredney Azii Srednyaya Aziya v epoxu kamnya i bronzi" ( M.-L.,1966), S.P.Tolstovning "Drevniy Xorezm. Opit istoriko-arxeologicheskogo issledovaniya" (М., 1948), V.A.Shishkinning "Afrasiab - sokrovishchnitsa drevney kulturi" (Т.,«Fan», 1966), "Arxetekturniye pamyatniki Buxari" (Т., 1936) va boshqa asarlar bor.Jamiyatshunos va tabiatshunos olimlar yer sharida hayotning paydo bo‘lishi, odamlaming vujudga kelishi muammolari ustida uzoq yillardan beri tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Bu haqda diniy va dunyoviy ta’limotlar, rivoyatlar mavjud.Xristian dini: « Odamzod xudo tomonidan bundan 7 ming yil burun qizil loydan yaratildi, dastlabki odamlar Adam va Yevadan tug‘ilgan»,- deb ta’riflaydi. Islom dini odamning Alloh tomonidan tuproqdan yaratilib, unga jon kiritilgani, dastlabki odamlar Odam Ato va Momo Havo bo‘lganligi haqida to‘xtalib, ularning qachon yaratilganligini Allohdan o‘zga hech kim bilmaydi, bu yolg'iz ungagina ayon degan, g‘oyani ilgari suradi.Yunon olimi Arastu odamning paydo bo‘lishini yerda hayotning paydo boMishi va rivojlanishi jarayoni bilan bog‘lab tushuntiradi. «Odamzod oddiydan murakkabga, hayvonot olamidan odamzod dunyosiga o‘sib chiqdi»,- deb ta’kidlaydi. Jeyms Manboddo «odam oliy turdagi maymunsimon odamdan vujudga kelgan» degan g'oyani ilgari suradi.Ingliz olimi Charlz Darvin yevropalik arxeologlarning Gibraltar qoyasi, G erm aniyaning N eandertal vodiysi va Avstriyadagi tadqiqotlarning natijalarini tahlil qilib, odamlarning ajdodlari daraxtda yuruvchi eng oliy turdagi maymunsimon odamlar (driopiteklar) bo‘lganligi haqidagi evolyutsion nazariyani ilgari suradi. U har qanday maymundan odam paydo bo'lmasligini, odamlarning ajdodlari bo Imish driopiteklar allaqachon o'lib ketganligini ta’kidlaydi.Shuningdek, odam har doim, hamma vaqt ongli bo'lgan, odam Olloh tomonidan yaratilmagan, maymundan odam paydo bo'lishi mumkin emas, odam boshqa sayyoralardan kelgan degan rivoyatlar ham bor. Demak, sayyoramizda odamzodning qachon va qanday paydo bolgani haqida aniq, uzil-kesil fikr yo‘q deyish mumkin, bu muammoligicha qolmoqda. Turli ixtisosdagi olimlar tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar uzoq o'tmishning sirli jarayonlariga yanada teranroq nazar tashlashga, kamtarona bilimlarimizni yanada oydinlashtirishga ko'maklashib boraveradi.
Olimlarning ibtidoiy jamiyat tarixini o'rganishga doir tadqiqotlari insoniyatning ibtidoiy to‘da va jamoa davri ko‘pgina mintaqalarda, jum ladan, bizning o'lkamiz hududida deyarli bir-biriga o‘xshash bo'lganligini, bir-biriga o‘xshash bosqichlarni bosib o'tganligini ko‘rsatadi. Ibtidoiy jamiyat odamlarining yashash tarzi, jismoniy va aqliy tuzilishi, ular tomonidan yasalgan mehnat qurollarining turi va materialiga ko‘ra bir qancha davrlarga bo‘linadi. Arxeologlaming Afrika va Yava orolida olib borgan tadqiqotlari Olimlarning ibtidoiy jamiyat tarixini o'rganishga doir tadqiqotlari insoniyatning ibtidoiy to‘da va jamoa davri ko‘pgina mintaqalarda, jum ladan, bizning o'lkamiz hududida deyarli bir-biriga o ‘xshash bo'lganligini, bir-biriga o‘xshash bosqichlarni bosib o'tganligini ko‘rsatadi.Ibtidoiy jamiyat odamlarining yashash tarzi, jismoniy va aqliy tuzilishi, ular tomonidan yasalgan mehnat qurollarining turi va materialiga ko‘ra bir qancha davrlarga bo‘linadi. Arxeologlaming Afrika va Yava orolida olib borgan tadqiqotlari sayyoramizda odamlar 3-2,5 million yillardan beri yashab kelayotganligini ko'rsatadi. Taxminan ana shu davrdan boshlangan ibtidoiy jamiyat mehnat qurollari toshdan yasalgani sababli paleolit (grekcha "palayos" - qadimgi, "litos" -tosh degan ma’noni bildiradi) - qadimgi tosh davri deb ataladi. Paleolit davri o‘z navbatida uch bosqichdan - ilk paleolit, o‘rta paleolit va so‘nggi paleolitdan iborat.Ilk paleolit bundan 3-2,5 million yillardan 100- ming yilliklargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Arxeologlar ilk paleolit davrida taxminan 700-300 ming yillar ilgari bo'lib o‘tgan Shel1 vasayyoramizda odamlar 3-2,5 million yillardan beri yashab kelayotganligini ko'rsatadi. Taxminan ana shu davrdan boshlangan ibtidoiy jamiyat mehnat qurollari toshdan yasalgani sababli paleolit (grekcha "palayos" - qadimgi, "litos" -tosh degan ma’noni bildiradi) - qadimgi tosh davri deb ataladi. Paleolit davri o‘z navbatida uch bosqichdan - ilk paleolit, o‘rta paleolit va so‘nggi paleolitdan iborat.Ilk paleolit bundan 3-2,5 million yillardan 100- ming yilliklargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Arxeologlar ilk paleolit davrida taxminan 700-300 ming yillar ilgari bo'lib o‘tgan Shel va taxminan 300-100 ming yillar ilgari bo'lib o'tgan Ashel davri bo'lganligini ham ta’kidlaydilar. O'rtapaleolit bosqichi bundan 100-40 ming yillar awalgi davrdir. Arxeologiyada bu davr Mustye2 madaniyati deb ham yuritiladi. So'nggi paleolit bosqichi miloddan taxminan 40-12 ming yillar oldingi davrdir.Ibtidoiy jamiyatning ikkinchi davri mezolit yunoncha "mezos" - o‘rta, "litos" - tosh degan ma’noni bildiradi - o'rta tosh davri deyiladi va u miloddan awalgi 12 minginchi yillardan milloddan awalgi 7 ming yillikkacha davom etadi. Odamlarning paleolit va mezolit bosqichlaridagi termachilik va ovchilikka asoslangan turmush tarzi tabiatdagi tayyor narsalarni o'zlashtirish, iste’mol qilish xo‘jaligi deb ham ataladi.Mezolit davrida tarixiy taraqqiyotning notekis rivojlanish qonuni amal qila boshlaydi. Negaki, sayyoramizning turli mintaqalaridagi tabiiy iqlim sharoiti turlicha bo'lganligi sababli ayni bir vaqtning o‘zida yashash uchun qulay iqlim sharoitlari mavjud bo'lgan hududlarda rivojlanish tezroq, noqulay hududlarda sekinroq borganligi kuzatiladi. Uchinchi davr Neolit(yunoncha "neos" - yangi, "litos" tosh degan ma’noni bildiradi)-yangi tosh davri bo'lib, unga miloddan awalgi 6- 4- ming yillik kiradi.Neolit davri odamlarning dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik orqali iste’mol qilinadigan mahsulotlarni o‘zlari yaratishga asoslangan turmush tarzi ishlab chiqarish xo‘jaligi shakllangan bosqich deb ham ataladi.To‘rtinchi davr eneolit, ya’ni misdan qurollar yasash o'zlashtirilgani uchun mis-tosh davri deyiladi, u miloddan awalgi 4- ming yillikda yuz beradi.Besbinchi davr bronza, ya’ni mis va qalay qotishmasidan mehnat qurollari yasash o'zlashtirilgan davr bo'lib, miloddan awalgi 3-2 minginchi yillarni o'z ichiga oladi.Miloddan awalgi bir minginchi yillar boshlarida temirdan turli qurollar va asbob-uskunalar yasashnini o'zlashtirilishi natijasida temir asri boshlanadi. Ibtidoiy jamiyat davrlarining xronologik yillari taxminan belgilangan bo'lib, ma’lum bir davr ayrim mintaqada oldinroq, boshqasida keyinroq boshlanishi va tugallanishi mumkin, albatta. Tarixiy tadqiqotlar kishilik jamiyatining neolit va undan keyingi davrlarga o'tishi zamon nuqtayi nazaridan sayyoramizning turli mintaqalarida har xil vaqtlarda sodir bo‘lib, keyingi davr oldingilaridan qisqaroq bo‘lib borganligidan guvohlik beradi. Bu jarayonni zamon va makonda tarixiy rivojlanish sur’atlarining jadallashish qonuni bilan izohlash mumkin bo'ladi.

Test
1) Xristian dini: « Odamzod xudo tomonidan bundan nechchi ming yil burun qizil loydan yaratildi, dastlabki odamlar Adam va Yevadan tug‘ilgan»,- deb ta’riflaydi.?


A) 8 ming yil
B) 6ming yil
C) 7 ming yil
D) 5 ming yil.

2)Arxeolog olimlarning Afrika va Yava orolida olib borgan tadqiqotlari sayyoramizda odamlar necha million yillardan beri yashab kelayotganligini ko'rsatadi. .?


A) 4-3,5 million yil
B) 5-4,5 million yil
C) 2-1,5 million yil
D) 3-2,5 milliin yil.
3) Paleolit davri nechta bosqichdan iborat.?
A) 2 ta
B) 3 ta
C) 4 ta
D) 5 ta.
Download 11,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish