Men yashayotgan hudud shevasi haqida qisqacha malumot:
Men Qashqadaryo viloyati Guzor tumanidagi avgonbog qishlogida yashayman. Men oz Dialektologik amaliyot ishimni ham ozim yashayotgan tumanim va tug`ilib o`sgan qishlog`imda olib bordim. amaliyot davomida ozim yashayotgan qishloq va unga qoshni hududlar shevasini organishga sheva leksikasidan namunalar toplashga harakat qildim. tumanimiz anchagina keng hududni qamrab olgan. Uning hududida yuzdan ortiq qishloqlar mavjud.
Aholisi asosan, ozbeklar; shuningdek boshqa millat vakillari ham mavjud. Tumanda bir qancha zavod va ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Asosiy mashg'ulot, qishloq xojaligiga ixtisoslashgan. Qishloq xojaligining yetakchi tarmogi bogdorchilik va dehqonchilik, shuningdek, gallachilik, chorvachilik, pillachilik ham rivojlangan.
Men to ozbek dialektologiyasi fanidan amaliyot otamagunimcha nafaqat qishlogimiz balki tumanimiz aholisini ham qipchoq vakillari tashkil etadi deb oylar edim. Amaliyotdan sozng ustozim f.f.d. T. Enazarovning korsatmalari va tushuntirishlaridan song qishlogimiz shevasi qarluq-chigil-uygur lahjasiga mansubligini anglab yetdim
Avgonbog shevasi adabiy tilga deyarli yaqin. Togri, ayrim hududlarda “j” lovchi sheva vakillari ham yashaydi, ammo bu tumanimizning qipchoq lahjasiga mansub ekanligini tola isbotlay olmaydi. Tumaimizda , xususan, qishlogim, Avgonbog shevasida qarluq lahjasiga xos xususiyatlar yetakchilik qiladi. Quyida mana shu xususiyatlar haqida toxtalamiz
Avgonbog qishlogi shevasiga xos bolgan fonetik xususiyatlar
a) Assimilatsiya hodisasisining har ikkla turi keng uchraydi:
regressev assimilatsiya: tuzsiz —tussiz;
progressev assimilatsiya: ishga- iŝkä, bizni —bizdi;
b)So`z oxiridagi q undoshi ba`zi so`zlarda nutqda talaffuz qilinmaydi, tushib qoladi: quruq —quri;
d)Ko`pincha so`z boshida o tovushini o`rniga a (old qat r ) unli ishlatiladi: ͻolma —alma , olov — alov;
e)Asosan orqa qator unlilar , ba`zan old qator unlilar ham ishlatiladi: Ana ,aya so`zlarida old qator a unlisi ishlatilsa αnor so`zida orqa qator unlilar ishlatiladi;
f)B tovushi o`rniga p ishlatiladi : borip kelay, opkelay;
g)Bazan e unlisi o`rniga i unlisi ishlatiladi : ergashmoq —irgashmoq , erta- irta, kecha-kicha;
h)Metateza hodisasi : devor — devol;
i) Bazan p undoshi o`rniga v undoshi talaffuz qilinadi :Topib bermoq - tovib bermoq;
j)Ch undoshi o`rniga sh ishlatiladi : uchta — ushta;
k)S undoshi o`rniga ch ishlatiladi : soch — choch;
l)Qator kelgan bm undoshlari pp tarzida talaffuz qilinadi:boribman — borippan;
m)B undoshi o`rniga m : bundan — mundan , bunday —munday , buni — muni;
n)Shevamizda labial singarmonizm hodisasi uchraydi: ona- ana;
o)Sandhi hodisasi ham uchraydi : hayron bo`ldim —hayrom bo`llim;
p)Ikkilamchi cho`ziqlik : shahar — sha:r;
q)Spirantizatsiya hodisasi : sabzi —sovzi, ogzi-ovzi;
r) Eliziya hodisasi : o`ta olmadi — o`tolmadi, bo`lar ekan —bo`laykan , olib ke — opke , Solix aka -Soli aka , Abdusattor — Absattar;
s) Reduksiya : tiriklay — tirilay , nasiya — nasya.
Do'stlaringiz bilan baham: |